Kirish I bob. O’simliklardan olinadigan tolali gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalari



Yüklə 52,84 Kb.
səhifə6/8
tarix25.01.2023
ölçüsü52,84 Kb.
#80826
1   2   3   4   5   6   7   8
«O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi.

2.2. «O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusiga oid metodik ishlanma namunasi(pedagogik va axborot texnologiyalari misolida

Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar o`simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar , ularning xususiyatlari.


Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga o`simliklardan olinadigan tolalar , ulardan tayyorlangan gazlamalarning ishlatilishi va xususiyatlari haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga atrofimizni o`rab turgan ona tabiatni bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarga tolalar va gazlamalarning tarkibi haqidagi bilimlarini kengaytirish.

Darsning jihozi: tabiiy tolalar, ulardan tayyorlangan gazlamalar va kiyimlardan namunalar, albomlar va boshqa turli ko`rgazmalar.
Darsning turi: nazariy.
Darsda qo’llaniladigan usullar: hikoya, tushuntirish, suhbat, ko`rgazmalilik.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, davomatni aniqlash.

  1. O’tilgan mavzuni so`rash:

Kiyimlar qanday gazlamalardan, ya’ni materiallardan tayyorlanadi ?
Bunday gazlamalarqanday hosil qilinishini bilasizmi ?
Tollar haqida nimalarni bilasiz ?
Yangi mavzuni bayon qilish: O`quvchilar ! biz bugungi darsimizdan boshlab gazlamalarga ishlov berish texnologiyasiga oid mashg`ulotlarni o`tamiz. Unda biz gazlamalarning olinishi va ulardan turli kiyimlar tayyorlanishi, kiyimlarni tuzatish va saqlash, shuningdek pazandachilikka oid ayrim ishlarni o`rganamiz. Ma’lumki, har bir inson o`ziga xos kiyim kiyadi. Kiyimlar bizni tabiatning turli ta’sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga kiyim insonning madaniyatini, ma’naviyatini ko`rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kiyimlar odatda gazlamalardan tikiladi. Barcha gazlamalar tollaradan to`qiladi. Yuqorida aytilgandek inson hayotida gazlamalar va utikilgan kiyimlar muhim ahamiyati kasb etadi. Chunki kiyimlar insonni issiq va sovuqdan, kuchki yorug`likdan himoya qilib, organism haroratining mo`tadil bo`lishiga yordam beradi.Gazlamalar tabiiy va sun’iy tolalardan to`qilgan bo`ladi. Tabiiy tolalardan to`qilgan gazlamalar ikki guruhga bo`linadi. A) o`simliklardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar. B) hayvonlardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar.O`simliklardan olingan tolalarga paxta hamda zig`ir kiradi.Paxta o`simligi issiq o`lkalarda asosan Amerika Qo`shma Shtatalari, Hitoy, Hindiston, Braziliya va O`zbekistonda yetishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o`rta tolali bo`ladi.

Yüklə 52,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin