Kirish i-bob “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyati


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish



Yüklə 52,15 Kb.
səhifə7/11
tarix31.03.2023
ölçüsü52,15 Kb.
#91997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kur ishi chirshanba kun

6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
24. Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.
25. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi.
26. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
27. Maktabgacha ta’lim tashkiloti “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli o‘yin hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida belgilab beriladi.
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u erdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bolalar qisqa muddat (kuniga 3-4 soat) bo‘ladigan guruh;
qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);
to‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruh.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda bo‘lish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
31. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
32. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
33. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.

Yüklə 52,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin