Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti sifatida Termiz Davlat universiteti kafedrasi, Termiz san’at kolleji, o’quv qo’llanmalar, darsliklar, ilmiy risolalar, maqolalardan iborat.
Kurs ishining predmeti. Qadimdan bizga ayonki o’zbek xalq musiqa ijodi uzoq o’tmishga borib taqaladi, uning qay tariqa vujudga kelishi qay tariqa bugungi kunga yetib kelganligi, kimlar o’zlarining hissalarini qo’shganligi va kelajakda uni yanada ommaga yetkazib berish va rivojlantirish, madaniy merosimiz bo’lmish chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik aytimlarini saqlab qolish, asrash, targ’ib qilish, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar mah kamasi qarorlari, shuningdek – tarixiy an’analarimizni saqlab qolish nizomi va dasturlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Mazkur kurs ishida O’zbek xalq musiqa tarixi va uni ijro qilib kelgan dehqonlarimiz, uni ijro qilgan cholg’ularda asosan qadimda o’zimizning oddiy xalqimiz orqali bizga og’izdan og’izga o’tib kelgan. O’zbek xalq og’zaki ijodi oddiy xirgoya qilib yurish orqali bizgacha yetib kelgan
Dehqonchilik aytimlari
O‘zbek xalqi o‘z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, xilma-xil musiqa janrlari hamda boy tasvir vositalari bilan bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bundan tarixiy manbalar, boy va betakror qadimiy obidalar xabar beradi.O‘zbek xalq musiqasi yillar davomida o‘rganilib kelinmoqda.Masalan, o‘zbek musiqa merosini to‘plash va nota vositasida nashr etilishida V.M.Uspenskiy, Yunus Rajabiy, Ilyos Akbarov, M.Yusupovlarning mehnatlari beqiyosdir.O‘zbek xalq musiqasini yozib olish va qayta ishlash, ilmiynazariy tadqiqot o‘tkazishda mutaxassis olimlar, jumladan, etnomusiqashunoslar – F.Karomatov, R.Abdullayev, S.Begmatov, O.Matyoqubovlarning olib borgan etnografik ekspeditsiya xizmatlari katta.
O‘zbek musiqa madaniyati ikki qatlamga bo‘linadi:
1. Xalq musiqasi.
2. Og‘zaki an’anadagi professional musiqa.
O‘zbek musiqa merosining ko‘rsatib o‘tilgan har ikkala qatlami asrlar davomida og‘zaki an’ana tarzida, ya’ni nota yozuvlarisiz, og‘zaki ijod etish, og‘zaki o‘rganish va ijro etish orqali yetib keldi. Olimlar musiqa merosining ana shu tabiatini inobatga olgan holda xalq musiqasi folklorining bir turi , aniqrog‘i –xalq og‘zaki ijodi sifatida ta’riflaydilar va unga nisbatan «musiqiy folklor» tushunchasini qo‘llaydilar. Folklor namunalari jonli ijro sharoitida yaratiladi, rivojlanadi, tarqaladi.Xalq musiqasida har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning fikri, orzuumidlari, ularning turmushi va axloqi gavdalanadi. O‘zbek xalq musiqasi mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o‘rnining xilma-xilligi tufayli ikki guruhga bo‘linadi:
1. Ma’lum vaqt yoki ma’lum sharoitdagina ijro etiladigan kuy–aytimlar: oilaviy marosim, mehnat qo‘shiqlari, mavsumiy marosim kuy-qo‘shiqlari, diniy navolar hamda turli tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg‘u kuylari.
2. Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, ya’ni barcha joyda ijro etiladigan kuy va qo‘shiqlar: o‘zbek xalq musiqa janrlari: qo‘shiq, ashula, yalla, lapar, qarsak (turli xil) va shunga o‘xshash turli cholg‘u kuylari. (Barcha ko‘rinishdagi xalq janrlariga izoh beriladi.)Xalq musiqasi tarkibiy sinkretik san’atdir. Bunda so‘z, kuy va o‘yin mujassamlashgan. Chunki musiqiy folklorda xalq xattiharakati, xususan, mehnat jarayoni, urf-odatlarga boy marosimlarni o‘tkazish uchun ko‘rsatib o‘tilgan uch unsur (so‘z, kuy, raqs) muntazam ravishda bir-biriga aloqadorligida ko‘rinadi va bu holat sayil va boshqa oilaviy bayram tantanalarida ijro etiladi.Demak, so‘z, kuy va raqs mushtarak holatlarini bir so‘z bilan bayon etish maqsadida olimlar «aytim» atamasidan foydalanganlar. «Aytim» – bu musiqiy folklorning hozir bo‘lish shakllaridan biridir.Xalq musiqasida «aytim» iborasi bilan birga unga ma’nodosh «kuylash» iborasi ham ko‘p qo‘llaniladi. Xalq aytimlari keng omma orasida mashhur bo‘lib, bu turdagi ijro jamoa va yakka tartibdagi ijrochilar tomonidan aytiladi.Xalq musiqasida «aytim» iborasi bilan birga unga ma’nodosh «kuylash» iborasi ham ko‘p qo‘llaniladi. Xalq aytimlari keng omma orasida mashhur bo‘lib, bu turdagi ijro jamoa va yakka tartibdagi ijrochilar tomonidan aytiladi.ehqonchilik aytimlari bu asosan dehqon bobolarimiz tomondan ijro qilingan kuy va qo’shiqlar hisoblanadi. Ular asosan ular bo’sh qolgan vaqtlarda va ishlash paytida aytiladigan qo’shiqlar bo’lgan. Bu kuy va qo’shiqlar og’izdan og’izga o’tib hozirgi kunlarga yetib kelgan. Bu kuy va qo’shiqlarning, aytimlarning aniq muallifi yo’q. shuning uchun bu xalq og’zaki ijodi hisoblanadi. alq og’zaki ijodida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, mavsumiy va mehnat marosim qo’shiqlari va yana bir necha tur ijro qo’shiqlar ham mavjud.O‘zbek xalqi boy, o‘ziga xos ko‘p qatlam va seruslub musiqa merosiga ega.