Mundarija
Kirish…………………………………………………………………….
I. Modellashtirish obyektining tavsifi
1.1. Quritish jarayoni texnologik tizimi ………………………………
1.2.Gazlarni qattiq aralashmalardan tozalash jarayonlari turlari……...
II. Obyektning matematik modelini ishlab chiqish
2.1. Matematik tavsifni ishlab chiqish………………………………..
2.2. Merfi metodi orqali jarayon modelini hisoblash…………………
2.3. Hisob-grafik natijalari…………………………………………….
Xulosa…………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……………………………………….
Kirish Matematik modellashtirish usuli jarayon tadqiqotining asosiy qismini, qimmat turuvchi va ko‘p hollarda amalga oshirish qiyin bo‘lgan tajribalarsiz uning matematik modelida amalga oshirishga imkon beradi. Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada o‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini belgilaydi. Shuning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish va yangilarini loyihalashda asosiy e’tibor texnologik va konstruktiv parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi. Matematik tavsif tuzish ko‘nikmalariga ega bo’lish modellarini bilish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassis, muhandis hamda operatorlarga samarali va foydali bo’lishi mumkin.
Matematik model orqali obyektning xossalarini o‘rganish matematik modellash deb tushuniladi. Jarayon o‘tishi optimal sharoitlarini aniqlash, matematik model asosida uni boshqarish va obyektga natijalarini olib o‘tish uning maqsadidir. Matematik model tushunchasi matematik modellash usulining asosiy tushunchasidir.
Matematik modelni qurilishida real hodisa soddalashtiriladi, sxemalashtiriladi va olingan sxema hodisalar murakkabligiga bog‘liq holda u yoki boshqa matematik apparat yordamida tavsiflanadi. Tadqiqotning muvaffaqiyatliligi va olingan natijalaming ahamiyatliligi modelda o‘rganilayotgan jarayonning xarakterli xislatlarini hisobga to‘g‘ri olishga bog‘liq. Jarayonga ta’sir qiluvchi barcha eng muhim omillar modelda hisobga olingan bo‘lishi va shu bilan birga u ko‘plab kichik ikkinchi darajali omillar bilan ketma-ket boMmasligi kerak, ulami hisobga olish faqat matematik tahlilni murakkablashtiradi va tadqiqotni o‘ta tiqilinch yoki umuman amalga oshmaydigan qilib qo‘yadi.