Kirish II. Asosiy qism Reja



Yüklə 80,81 Kb.
səhifə2/7
tarix28.04.2023
ölçüsü80,81 Kb.
#104434
1   2   3   4   5   6   7
ARIPOVA MAVJUDA PEDAGOGIK TA\'LIM JARAYONIDA O\'QITUVCHINING ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHI

Asosiy maqsadi Ushbu muammoni hal qilishda o'quv jarayonini takomillashtirish, yagona o'quv muhitini yaratish, ta'lim sifatini oshirish kiradi. Buning uchun sizga kerak:
Turli fan sohalarini birlashtirish;
Fanlarni o'qitishning an'anaviy tizimini modernizatsiya qilish;
Ta'lim resurslarini jamlash;
O'qituvchi tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalarini o'zlashtirish;
Talabalarga yo'naltirilgan o'qishni tashkil etish;
O'qituvchi va talaba o'rtasida, o'qituvchilar o'rtasida ijodiy almashinuv.
Yuqoridagi fikrlar, mening fikrimcha, ushbu tadqiqotni zamonaviy ilm-fan va Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi.Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi:manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash;
jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish. O‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlarni o‘zlashtirishni hamda ta'lim oluvchining o‘rganilgan materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qo‘llash ta'lim jarayonini tashkil kilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq o‘quv jarayonini an'anaviy qo‘llanadigan sxemadan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. O‘qitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta'lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e'tibor karatiladi.
O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi.Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha ta'lim jarayonida o‘zining munosib o‘rnini egallagan, bu ma'noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas. O‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta'lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta'minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir.O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta'minlaydi. Bunda individual sur'atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi.Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma'lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, o‘quvchilardan yanada faol bo‘lishni talab etadi. Aynan, shu nuqtai nazardan kompyuter ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi.O‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta'rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanganligi, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish orqali resurslarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirilishiga imkoniyatning mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish;
• ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo‘llash;
• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.

Axborot ta'lim muhiti (ATM) – bu o‘rganuvchi, o‘rgatuvchi (o‘qituvchi) va axborot texnologiyalari vositalari o‘rtasidagi o‘quv axborotli xatti – harakatlar jarayoni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beruvchi shart – sharoitlari majmuasi hamda muayyan o‘quv kursi bo‘yicha predmetli mazmuni muhiti komponentlari (kompyuterga ulashuvchi turli xil o‘quv, namoyish qiluvchi jihozlar, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv ko‘rgazmali va boshqalar) jamlangan sharoitda o‘rganuvchining (o‘rgatuvchining ham) faol bilish faoliyatini shakllantirish jarayonidir.


ATM ning maqsadi: shaxsning ijodiy tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirish asosida ta'lum oluvchilarga bilimlarni mustaqil egallash va ularni sifatli o‘zlashtirish uchun shart – sharoit yaratish hamda o‘qitish natijalarini tahlil qilishni avtomatlashtirishni ta'minlash58.O‘qitishning elektron vositalari. O‘qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zaro ta'siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi59.Darsni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish o‘qituvchi va ta'lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.
Xususan, boshlang‘ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida o‘qitish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
O‘qituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi; yaqqol tasvirlar natijasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi; O‘quvchilarning ish tartibini tez o‘zlashtirishini ta'minlaydi; Fanga oid nazariy ma'lumotlar ko‘rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko‘rinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada talabalarda ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi;
Kompyuter ekranida sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘quvchi ko‘rib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi. O’quvchi sezgi organlari yordamida monitorda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki monitorda ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi. U dastavval hissiy bilish orqali ekrandagi hodisa va voqealarni (bir necha bor kuzatib) bir – biridan alohida holda o‘z ongida aks ettiradi. Shu sababli narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni nazardan chetda qoldiradi. Masalan ekranda biror predmetning, geometrik chizmalarning, yoki hodisalarning namoyish etilishi bilan o‘quvchi ushbu tasvirlarning mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Boshqa hodisalarning yuzaga kelish jarayonlari, kechishi, boshqa predmetlar bilan aloqadorligi kabilar bilan tushuntirilganda, va bir necha bor kuzatganidan so‘ng, hissiy bilishdan aqliy bilishga o‘tib, masalaning mohiyatiga e'tibor bera boshlaydi.O‘quvchining ekranda sodir bo‘layotgan voqea, hodisalarni tahlil etish va sintez qilishi juda muhim ahamiyatga ega. Analiz va sintez o‘quvchining bilish jarayonini tezlatadi. Analiz – sintez murakkab ob'ektlarni oddiy elementlarga, muhim va nomuhimlarga, voqea va hodisalarni turkumlarga ajratish shartlaridan biridir. Tahlil etishdan asosiy maqsad qism (element) larni butun (shakl, jism) ning unsurlari sifatida bilish, ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, namoyish qilinayotgan material qanchalik sodda, tushunarli bo‘lmasin, hayot bilan uzviy bog‘lab tushuntirilmasa, materialni esda saqlab qolish va o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga xizmat qilmasligi mumkin.Ma'lumki, kompyuter axborotlarni kiritish, to‘plash va ular ustida turli xil arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish xamda ularni taxlil etish uchun mo’ljallangan.


Axborot oqimlari bilan ishlash.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo‘shilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida rivojlanish ketayotganligi uchun axborotlar almashuvi masalasi tug‘ildi.Insoniyat jamiyati ba'zi bir murakkab masalalarni yechish, odamlarni ma'lum bir jamoaga to‘plashni talab etadi. Bu maqsadda mukammalroq tizimlar inson muloqotining o‘rnini bosa olmaydi, lekin axborot texnologiyalari ular ishtirokining samarasini oshirishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi.Inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va ta'lim jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo‘lgan 20-asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanlikni, samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va roli juda muhim.Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma'lumotlarni ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarda bilimlarga barqaror qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo‘r berish o‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi.Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanadilar. Chunki kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo‘r berishdan xalos qiladi.
Bunda ta'lim jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi hisoblangan o‘qituvchi roli muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi yuqoridagi kamchiliklarni keltirib chiqarmaydi, balki ana shu imkoniyatlarning ijobiy tomonlarini topa olish va samarali foydalana olish imkoniyatlarini yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi har bir o‘quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O‘quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo‘lsada yo‘qolishi, og‘ir oqibatlarni vujudga keltiradi. Jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi bevosida pedagogning vazifalarini aniqlab olish va bajarilishining ta'minlanishiga bog‘liq.
Axborot, uni olish vositalari va o‘qitish dasturlariga boy. Bunday o‘quv muhitida o‘qituvchining roli qanday?
Birinchidan, an'anaviy o‘qitishdagi o‘qituvchining bilim berish vazifasi o‘rniga o‘quv jarayonini boshqarish, o‘quv dasturlarining barcha bosqichlarida o‘quvchiga maslahat berish, uning bilimi sifatini nazorat qilish vazifasi yuzaga keladi.
Ikkinchidan, tarbiyalash vazifasi. Ta'lim bu - professional va shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi murakkab va ko‘p qirrali jarayon. Shaxsni tarbiyalash jarayonidagi «jonli» muloqot insoniyat jamiyatining mavjudligi asosidir.
Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogning asosiy vazifalari.
Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan – yangi vazifalarni yuklamoqda. Ushbu tarmoqni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo‘lib, talimda axborot texnalogiyalarini qo‘llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:
- axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;
- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;
- sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari;
- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari;
- o‘quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo‘llay olish;
- universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni;
- axborotni modellashtirish asoslari;
- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi;
- global internet kompyuter tarmog‘idan foydalanish;
- o‘quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo‘llash;
- o‘quv jarayonida elektron pochtadan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
- diskka yozilishi mo‘ljallangan o‘quv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab chiqish.
- mustaqil ishlash, o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to‘plamini ishlab chiqish.
- bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o‘tkazish.
- materialni chuqur o‘rganish uchun manbalar ro‘yxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqish.
- telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular ro‘yxatini tayyorlash.
o‘quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash.
- o‘qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha taklif berish.
- nazorat ishlarini o‘tkazish.
Ta'kidlash joizki, ta'lim va tarbiya elektron resurslar pedagoglar imkoniyatlarini oshiruvchi vosita bo‘lib xizmat kiladi, lekin ular pedagog o‘rnini bosa olmasligi tabiiy.
Kompyuter va kishilarning birgalikdagi faoliyatida kishilar ehtiyoji o‘z aksini topadi. Bunda ushbu jarayonning boshqaruvchisi bo‘lgan pedagog ta'lim oluvchi maqsadlarini ma'lum bir asosda yo‘naltirib boradi. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro‘y beradi.
Bu jarayon esa ta'lim oluvchi va kompyuter o‘rtasida o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi o‘z vazifalarining bir qismini kompyuter zimmasiga yuklaydi, ammo, boshqaruvchilik rolini o‘zida saqlab qoladi. “Teskari aloqa” turlarini ham belgilab boradi. Ya'ni kompyuterda natijalarning qayd qilib borilishi, nazoratlarning olib borilishi va shu asosda o‘quvchilarning bilimini nazorat qilib borishi kabilar.Texnologiyalar takomillashib borgani sari o‘qituvchining roli ta'lim jarayonini boshqarish bo‘lib qoladi. Lekin bu holat o‘qituvchining ta'limdagi o‘rnini hech kamaytirmaydi va uni chetga surib chiqarmaydi. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi vazifasini tubdan o‘zgartiradi. An'anaviy ta'limda o‘qituvchining vazifasi axborot berish (mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash va h.k.) bo‘lsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanganda bu vazifalarni kompyuter bajaradi (o‘quv materiali kompyuter xotirasiga yoki SD disklarga kiritilgan bo‘ladi), o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchining anglash faoliyatini boshqarish, o‘quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan darslarning o‘ziga xosliklari mavjud va quyidagilardan iborat:
- o‘quv materiallari alohida – alohida bo‘laklarga (bloklarga) bo‘linadi.;
- o‘quv jarayoni ham ketma –ket olib boriladi. O‘quv materiali ma'lum bo‘laklarda fikr yuritib o‘zlashtirishga moslashtiriladi;
- o‘quvchining o‘zlashtirishdagi har bir harakati nazoratga olinib, monitoring yo‘lga qo‘yiladi.
- o‘quv – vazifani bajarib bo‘lishi bilan o‘quvchini o‘zlashtirish uchun navbatdagi vazifa berib boriladi. Shu tariqa bosqichma – bosqich o‘zlashtirishga muhit yaratilib boriladi.

- vazifalarni bajarishda o‘quvchi noto‘g‘ri javob qilsa, o‘sha zahotiyoq yordam ko‘rsatiladi.


- bunday tashkil etilgan darslarda har bir o‘quvchi alohida – alohida mustaqil ish yuritadi, shu asosda har bir o‘quvchi o‘z imkoniyat darajasida o‘quv materiali va mazmunini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi
- masalaning yana bir jihati shundaki, berilgan mavzu materiali mazmuni, bajariladigan natijalar o‘quvchiga ham, o‘qituvchiga ham ayon bo‘ladi.61Ta'lim jarayoniga kompyuter texnikasining kirib kelishi ta'lim mazmunini yanada boyitdi. Xususan, “Masofaviy ta'lim”, “Media ta'lim”, “Internet forum” va boshqalar. Bunda eng asosiy e'tibor ta'lim oluvchilarning mustaqil ta'lim olishlariga qaratiladi. Ushbu jarayonda esa o‘quvchilarning ta'limga bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv – biluv motivlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida darslarning sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi: o‘quv dasturining sifatli shakllantirilganligi;
kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari; shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan o‘zlashtirib olish malakalarining shakllanishi
Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak: ta'lim oluvchilarda o‘quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi,
Kompyuter bilan o‘zaro muloqot jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichi;
O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;
Erishilgan yutuq va natijalarini o‘zini – o‘zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi; Nazorat bosqichi; O‘zini – o‘zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko‘ra o‘quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.Ta'limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tashkil etilgan darslardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Uning o‘quv-tarbiyaviy jihatlari:
- o‘qituvchi o‘quvchi bilimining hajmi va to‘g‘riligini emas, balki anglanganlik darajasini hisobga oladi;
- hozirjavobligi va bilimni amaliyotga tatbiq qila olish darajasini tekshirish;
- o‘quvchi javoblariga uning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatib taqriz berish;
- ayrim o‘quvchilarning bilimini tekshirishda butun sinfning faol ishtiroki.
- kompyuter vositalarini qo‘llashning yana bir muhim jihati jamoaviy tadqiqot xarakgeriga ega bo‘lgan innovatsion metodlardan foydalanishdir. Bu metodlar o‘quvchining mustaqil ijodiy faoliyatida muammolar yechimini izlash va mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Bunday darslarda o‘quvchilarga «ijodiy ish» berish mumkin. Bu ularning bilimni chuqur egallaganliklarini namoyish etish imkonini beradi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilarga multimedia yordamga keladi. Bu vazifani bajarishda musiqa, video, rasmlardan foydalanish ularning o‘tilgan mavzuni qanday eshitish va ko‘rishlarini namoyon etadi.
O‘quv jarayonida o‘qitishning texnik vositalaridan faol foydalanilishiga qaramasdan, ular yordamchi didaktik vosita hisoblanadi. An'anaviy ta'limda o‘qituvchi bilim beruvchi sifatida asosiy rol o‘ynaydi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti axborot uzatishning asosi hisoblanadi. O‘qitishning o‘qituvchi va o‘quvchining muloqotiga asoslangan an'anaviy usullaridan foydalanish texnika qanchalik mukammal bo‘lmasin, faoliyat to‘g‘ri tashkil etilmasa yaxshi natija bermaydi. Albatta, bunday muloqotning axborot bilan to‘yinganligi va pedagogik-psixologik jihatdan o‘quvchiga mosligi jarayonda ishlatilayotgan texnik vositalar darajasiga bog‘liq.Kompyuter o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qilish bilan birga, o‘quv jarayonining bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Bunda ma'lumotlarni saqlash uchun uning xotirasi va qayta ishlash uchun multimedia vositalari bor. Shu bilan birga, turli ma'lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyati mavjud. Shu sababli o‘quvchi tarmoq orqali istagan ma'lumotini olishi mumkin.O‘quv materiallarining gipermatnli strukturaga ega ekanligi jadal o‘qitishga imkon yaratadi.Eng avvalo, bu o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari hisobiga o‘quv jarayonini optimallashtirish, uning sifati va samarasini oshirish imkoniyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. O‘qish jarayonida kompyuter vositalaridan foydalanish natijasida o‘quvchi birlamchi ma'lumotni o‘qituvchidan emas, balki kompyuter vositalaridan oladi. O‘quvchi u yoki bu predmetni shu yo‘l bilan o‘rganishi mumkin. Bunda o‘quvchining bilim olishiga juda keng imkoniyatlar ochiladi. Mustaqil o‘rganish jarayonida u cheklanmagan hajmda axborot olishi va doimo turli axborot manbalari bilan maslahatlashib turishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuter o‘z-o‘zini sinash imkoniyatini yaratadi, bu o‘quvchining ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. O‘quv jarayonida kompyuter vositalaridan foydalanish ushbu jarayonning jadallashuvining asosi hamdir.Shunday kilib, kompyuter vositalari yordamida olib boriladigan dars an'anaviy darsdan o‘quv jarayonini tashkil etish va unda ishlatiladigan metodlar bilan ham farqlanadi. O‘qish jarayoni o‘quvchining mustaqil bilim olishiga asoslanadi. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida ishtirok etuvchi sub'ektlarning munosabatini va o‘qituvchining jarayondagi rolini aniqlaydi.Axborot texnalogiyalari, kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.Shuning uchun ham axborot texnologiyalari, kompyuter asosida darslarda qiziqish, o‘zini-o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.

Yüklə 80,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin