1. Davlatning tashqi savdo tadbirlarida qatnashishi: eksport tovarlarini subsidiya qilish, tovarlar sotib olishning davlat tizimi.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning subsidiya va kompensatsiya choralari bo‘yicha kelishuviga o‘ziga xos, ya‘ni bo‘lak korxona yoki korxonalar guruhiga beriladigan subsidiya tushunchasi kiritilgan edi.
Agar import tovari davlat subsidiyasi bilan ishlab chiqarilgani aniqlansa, importchi mamlakat qat‘iy belgilagan rasm-rusumlarga ko‘ra olib kelingan tovarga badal bojini qo‘yishga haqi bo‘ladi, bunda milliy va import tovarlari bozorda bir xil mavqeda bo‘ladi. Badal bojining miqdori davlat subsidiyasi miqdoriga qarab belgilanadi. yevropa Ittifoqi qonunchiligi davlat tomonidan subsidiya qilishning barcha ko‘rinishini insofsiz raqobat turiga kiritadi va ushbu qonunlarga rioya qilishni nazorat etish maqsadida raqobat qoidalarini buzganligi uchun uchinchi mamlakatlar korxonalariga jarima solish huquqiga ega bo‘lgan yeI komissiyasiga topshiriladi.
2. Importning bojxona va ma’muriy rasmiyatchiliklari: antidemping bojlari, bojxona qiymatini baholash usullari, tovarni yetkazib berishda zarur bo’lgan hujjatlarga qo’yiladigan talab.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning tarifi bo‘yicha demping – bir mamlakat mahsulotining ikkinchi mamlakat bozorida, o‘sha mahsulot milliy ishlab chiqaruvchilarga ziyon keltirishi, yangi milliy mahsulot ishlab chiqarishni sezilarli darajada sekinlatishi, "o‘rtacha baho" dan past bahoda sotilishidir. "O‘rtacha baho" dan kam deganda jahondagi bahodan kam yoki shu mahsulot eksportchi mamlakatda sotilayotgan bahosidan past baho tushuniladi.
3. Iste’molchilar xavfsizligi, sanitariya me’yorlari bilan bog’liq o’lchov va talablar, o’rash-qadoqlashga bo’lgan talablar.
Hozirgi paytda ekologik xavfsizlikni ta‘minlash bilan bog‘liq chegaralashla kuchaymokda. Bular:
- tarkibida xavfli moddalar, belgilangan chegaradan ortiq bo‘lgan
mahsulotlarni import qilishni taqiqlash;
- o‘rab-joylangan va ishlatib bo‘lingan materiallarni qayta qabul qilish bo‘yicha majburiyatlar; - ekologik soliqlar va boshqalar.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) ning kelishuvlaridan biri sanitar va fitosanitar choralar bo‘yicha qabul qilingan. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘z fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida choralar ko‘rish huquqiga egadirlar. Namunalarning standartlarini umumlashtirish bilan Xalqaro standartlar tashkiloti, Xalqaro elektro-texnika komissiyasi, O‘lchov va og‘irliklar xalqaro tashkiloti, qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti va boshqalar shug‘ullanadilar.
4. eksport va importni miqdoriy va valyutaviy jihatdan cheklashlar.
Miqdoriy cheklashlar - to‘g‘ridan–to‘g‘ri import va eksportni cheklashga qaratilgan chegaralardir. Zamonaviy savdo-siyosiy amaliyotida miqdoriy cheklashlarning ikki asosiy turi qo‘llanadi. Bular: kontinentlashtirish va litsenziyali tartib. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) miqdoriy cheklashlardan kamsitadigan tarzda foydalanishni, ya‘ni faqat qaysidir bir mamlakatlardan olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llashni taqiqlaydi. Agar miqdoriy cheklashlar barcha mamlakatlarga teng darajada qo‘llanilmasa, u holda kamsitiladigan deb hisoblanadi. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) miqdoriy cheklashlar ma‘lum bir mamlakatlarga nisbatan faqat to‘lov muvozanatini tenglashga erishish maqsadida va davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan qo‘llashgagina ruxsat beradi.
Jahon bozorida raqobat ko‘rashining kuchayishiga sabab bo‘ladigan eksportchi o‘ziga nisbatan "ixtiyoriy" miqdoriy cheklashlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
5. GATT tasnifi bo’yicha tarifdan tashqari cheklashlarning beshinchi guruhi
- to’lovlar strukturasi bilan bog’liq cheklashlardir: import depozitlari–importchi bank tomonidan keyingi to‘lovlar uchun kafolat sifatida qo‘yiladigan mablag‘lar bo‘lib, bu pul vositalarini to‘xtatishga olib keladi; soliqlar va soliq imtiyozlari o‘z ta‘siriga ko‘ra bojxona bojlariga o‘xshashdir, lekin bojlar xalqaro darajada tartibga solinadi va davlatlar bu bilan hisoblashishiga majburdirlar. Soliqlar faqat milliy darajada tartibga solinadi, qo‘shimcha qiymat solig‘i, aktsizlar va boshqalar - bu davlatning ichki ishidir. Ba‘zan bojxona hududini kesib o‘tayotgan tovarlar bahosidagi soliq 50% ni tashqil etadi. Soliq solish qoidaga ko‘ra tovar ishlab chiqarilgan mamlakatda yoki jo‘natilayotgan mamlakatda amalga oshiriladi. Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish maqsadida davlatlar o‘zaro ikki tomonlama bitim tuzadilar.
GATT bitimlari orasida tovarlar bahosi, ularni ishlab chiqarish va eksport qilishga davlat tomonidan bir qancha cheklashlar qo‘yiladigan ba‘zi tovarlar bilan jahon savdosi bo‘yicha bitimlar muhimdir. Masalan, sut mahsulotlari va mol go‘shti bilan savdo qilish. Urugvay raundidagi muzokaralar natijasida spirtli ichimliklarning ba‘zi turlari, qurilish va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ofis jihozlari, o‘yinchoqlar va farmatsevtik tovarlarga bo‘lgan bojlar yo‘q qilindi.
Urugvay raundida savdo munosabatlarini tartibga solishning yangi shartnoma-huquqiy tizimini yaratish to‘g‘risidagi va GATTning barcha asosiy bitim va tamoyillarini o‘zida saqlagan yangi tashkilot - Umumjahon savdo tashkiloti (UST) tashqil etilishi to‘g‘risida bitim qabul qilindi, shuning uchun ham adabiyotlarda ko‘p hollarda Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) UST deb yoziladi.
Shunday qilib, savdoning xalqaro qoidalariga rioya qilishni nazorat etish va tashqi savdo aloqalarini tartibga solishning kuchaytirilishi an‘analariga rioya qilinmokda.
Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish rejimini aniqlash va mamlakatning halqaro mehnat taqsimotida ishtirokini optimallashtirish bo‘yicha davlat va uning organlarining maqsadga yo‘nalitirilgan faoliyatini ko‘zda tutadi. TIS ning asosiy tashqil etuvchilari qo‘yidagilar: tashqi savdo siyosati (eksport va import siyosatini o‘z ichiga oladi), chet el investitsiyalarini jalb qilish va xorijda ilmiy kapital qo‘yilmalarni tartibga solish sohasidagi siyosat, valyuta siyosati.
Bundan tashqari TIS alohida davlat va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarning geografik muvofiqligi bo‘yicha muhim masalalarni hal qilishni ko‘zda tutadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat aynan TIS yordamida aniqlanadi va tartibga solinadi. mamlakatlarida samarali TISni shakllntirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan aniqlash zarur. Bunda TIS da Markaziy o‘rinni tashqi iqtisodiy faoliyatni qatnashchilarining xulqini iqtisodiy - huquqiy tartibga solish egallaydi. U umummilliy manfaatlarga javob berishi lozim. Ichki bozorda xorijiy raqobatni tartibga solishda mamlakat bojxona qonunchiligi bazasidagi bojxona tarifi asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu mamlakatga halqaro savdo-siqtisodiy tizimga umum qabo‘l qilingan qoidalar bo‘yicha integartsiyalashuviga imkon yaratib, Umumjahon savdo tashkilotiga yo‘l ochadi. Bunda murakkab inqiroz sharoitida milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga kirishi bosqichma-bosqishlab chiqarish bo‘lishi zarur. Shuning uchun mamlakatlarining avvalambor qo‘yidagi amoyillarga asoslanib kuriladi:
- davlatning tarmoq va mintaqalar rivojlanish siyosatini ishlab chiquvchi shakllantiruvchi roli, unga asosan mamlakatning TIS, shu bilan birga bojxona instrumentlari va chet el investitsiyalari rejimini shakllantiriladi.;
- turli mamlakatlar firmalarning TIS ni doimiy, o‘zoq muddatli aloqalarga hamda tashqi bozorlarni saqlab turish va kengaytirishga yo‘naltirish;
- TIS ning hukumat tarmoqlari, vakolatxonalari, hamda o‘rtasida aniq taqsimlanishi;
- TIS - mamlakat tashqi siyosatining tarkibiy qismi.
Bu bog‘liklik iqtisodiy diplomatiya sohasida ko‘proq namoyon bo‘lib, u asosan savdo jarayoniga xizmat qiladi. SHuning uchun mamlakat eksporterlar uchun jahon bozorida qulay sharoitlar yaratish mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatning markaziy masalalardan biri bo‘lishi lozim. Zamonaviy tashqi iqtisodiy siyosatini ko‘rib chiqib, birinchi navbatda uning qo‘yidagi vazifalariga e'tibor qaratish lozim:
- xorijiy mamlakatlar va ularning savdo - iqtisodiy guruhlari, tashkilot va ittifoqi bilan bo‘ladigan munosabatlarda qulay savdo - siyosiy rejimga erishish, mavjud diskriminatsion cheklashlarni bartaraf etish;
- milliy korxonalarga jahonning mashina va uskuna, texnologiya va axborot, kapitallar, mineral xom ashyo resusrlari, transport kommunikatsiya bozorlariga murojaat etish imkoniyatini ta'minlash. Bunda mamlakat korxonalari mahsulotini transmilliy kompaniyalar tomonidan nazorat qilinadigan bozorlarda ilgari surilishi uchun siyosiy, moliyaviy, axboot ko‘magini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega;
- kreditor-mamlakatlar, halqaro tashklotlar va MDX mamlakatlari qarzdorlari bilan munosabatlarda valyuta - moliyaviy muammolarni o‘zoq muddatga tartibga solish;
- mamlakatimiz tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish. Jahon tajribasida TISni tartibga solishning ikki modeli mavjud. Birinchi model - eksportga, ikkinchi model mavjud.
Birinchi model
- eksportga, ikkinchi esa- import o‘rnini boshiga yo‘naltirilgan. Birinchi modelga avvalambor AQSH, ikkinchi jahon urushidan so‘ng-g‘arbiy yevropa mamlakatlari, YAponiya, ulardan keyin - yangi industrial davlatlar amal qilishdi. MDX mamlakatlarining jahon iqtisodiyotiga integratsiyasida samarali strategiya bo‘lib iqtisodiyotni eksportni faol o‘sishiga yo‘naltirilgan qayta qurish hisoblanadi. Jahon tajribasi ko‘rsatganidek, TIS samaradorligini asosi va iqtisodiy xavfsizlik sharti bo‘lib eksport salohiyatini rivojlantirish va milliy eksportlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. MDX mamlakatlari uchun bu ayniqsa muhim, negaki eksportni rivojlantirish orqali savdo balansining ijobiy saldosini saklab solishga erishish va tashqi qarzorlikni qoplash mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarilishining xalqaro tajribasi hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qo‘llanilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishdagi yangilik – davlatning roliga yondashishidadir. Bu yangi yondashuv davlatning ahamiyatini asoslaydigan tamoyillar, TIFni tartibga solishning vazifalari, mazmuni va ularning o‘zaro nisbati tubdan o‘zgartirmoqda. TIFni davlat tomonidan boshqarishning asosiy vazifasi – uning qonunchilik asoslarini yaratish, TIFning barcha ko‘rinish va shakllarini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashqiliy sharoitlarni yaratish va uning foydaliligini oshirishdir. Hozirda davlatning TIF sub‘ektlari tomonidan mavjud qonunchilikka rioya qilinishi va milliy xavfsizlikni ta‘minlashni nazorat qilish vazifasi mustahkamlanmoqda.
TIFni davlat tomonidan boshqarishning tamoyillari "Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida gi va "Tashqi avdo to’g’risidagi" qonunlarda ko‘rsatilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
- TIF qatnashchilarining tengligi va ularning kamsitilmasligi;
-TIF qatnashchilari huquq va manfaatlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishi;
- davlat va uning organlari korxonalar tashqi savdo faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo‘yish;
TIFni davlat tomonidan boshqarish uni moliyaviy, valyuta, kredit, bojxona- tarif va tarifdan tashqari tartibga solish, eksport nazoratini ta‘minlashni, tovarlarni olib kirish va olib ketish munosabati bilan sertifikatsiyalash sohasidagi siyosatini belgilab olishdan iborat. Bunday boshqarishning barcha yo‘nalishlari amalagi qonunchilikka asoslanadi.
Davlatning eng muhim vazifalaridan biri tashqi iqtisodiy faoliyat va u asosida tashqi iqtisodiy siyosatning boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qiladigan qoidasini ishlab chiqishdir.
Davlat tomonidan boshqarish (tartibga solish)ning maqsadi-barcha darajadagi foydali tashqi iqtisodiy faoliyatni ta‘minlovchi huquqiy iqtisodiy va tashqiliy sharoitlarni yaratishdir. Bu bosqichda eksportni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan strategik maqsadni amalga oshirish uchun sharoit yaratish zarur: eksport qilinadigan mahsulot sifatini yaratish, eksportning tovar va geografik strukturasini takomillashtirish kerak.
Xalqaro amaliyotga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z strategik maqsadlarga erishishiga yordam beradigan tashqi savdo sohasidagi masalalarni yechishi zarur. Bunda, birinchidan, Respublikaning Umumjahon Savdo Tashkilotiga kirishi to‘g‘risida boradi, ya‘ni O‘zbekistonning har kanday mamlakat bilan ikki tomonlama tashqi savdo siyosati borasida UST tizimlarida savdo bahslarini ko‘rib chiqish imkoniyatlari, O‘zbekiston tovarlariga miqdoriy cheklashlar kiritish jarayonini murakkablashtirish, qarshi talablarni kelishish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni beruvchi ko‘p tomonlama siyosatga aylandi.
Ikkinchidan, bu xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro savdoni erkinlashtirish, manfaatdor mamlakatlar orasidagi savdo oqimining tuzilishi va o‘zgarishi masalalarini savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar darajasida yechishdir.
O‘zbekiston va yeI orasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zbek tovarlarining yeIga a‘zo mamalakatlar bozorlariga kirishiga yordam beradi, uning asosida O‘zbekiston va bir qancha yevropa mamlakatlari o‘rtasida milliy buyumlarni GFR xududiga kiritishning sharoitlari to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Uchinchidan, tashqi siyosat sohasidagi vazifa mintaqaviy guruhlarga a‘zo mamlakatlarning kollektiv protektsionizmga qarshi turish imkonini beruvchi savdo-siyosiy birlashmalar tuzishdir. Ikki tomonlama soliq solishni istisno qilish va kapital kiritishni himoya qilish, TIF qatnashchilarining konsultatsiyasi va xabardorligi bo‘yicha o‘zbek savdo vakolatxonalari hamda davlat organlari va
ijtimoiy birlashmalar masalalari bo‘yicha tuzilgan bitimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Savdo-iqtisodiy munosabatlar sohasida islohotlar erkin savdo mintaqasini shakllantirish jarayoni va Bojxona ittifoqini yaratish jarayonida amalga oshiriladi.
1993 yil dekabrida a‘zo davlatlar korxona va sohalarining ishlab chiqarish hamkorligini qo‘llab quvvatlashning umumiy sharoitlari va tuzilishi to‘g‘risidagi bitim katta ahamiyatga egadir.
Unga ko‘ra quyidagilar ishlab chiqarish hamkorligi va ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish darajasidagi tovar va xizmatlar olib borilishida qo‘llanilmaydi:
- olib kirish va olib chiqish bojlari;
- soliqlar;
- aktsizlar;
- miqdoriy cheklamalar.
TIF davlat tomonidan boshqarilishini faqat qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni emas, balki milliy manfaatlarga rioya qilishni nazorat etish iqtisodiy xavsizlik ta‘minlanishini bildiradi.
Evropa Iqtisodiy komissiyasining 1997 yil 27 maydagi qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan yeIga a‘zo-mamlakatlarda temir va po‘latdan cheksiz quvurlarning olib kirilishiga vaqtinchalik dempingga qarshi bojlar o‘rnatildi. Boj miqdori juda baland, bojxona qiymatining 32,9% ni tashqil etadi.
Valyutani tartibga solish - davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida TIF qatnashchilariga ta‘sir qilishning ko‘rinishlaridan biridir. Bu ta‘sir O‘zbekiston Respublikasining "Valyuta operatsiyalarining tartibga solish va valyuta na zor ati t o’g ’r is ida" gi qonuni asosida amalga oshiriladi.
Tashqi savdoni valyutani tartibga solishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri – bu valyuta tushumlarining bir qismini milliy valyuta evaziga sotish majburiyatidir. "Valyuta cheklamalari" deb atalmish vositalar valyuta jihatidan tartibga solish usullaridir: valyuta operatsiyalarining davlat tomonidan nazorat qilinishi, valyuta operatsiyalarini vakolatli banklarda jamlash, kapitalni olib chiqishni cheklash va boshqalar.
Eksportni rivojlantirishning davlat dasturida O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning zamonaviy boskichdagi tashqi iqtisodiy aloka va xususiyatlarning milliy xossalari inobatga olingan jaxon amaliyotidan foydalanilgan. Bu dasturga kura milliy iqtisodni jaxon iqtisodiga kirib borishini tartibga solish eksportni kengaytirish va uning tuzilishini takomillashtirish import tizimini mukammallashtirish, hamda xar xil kurinishdagi kushma tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit bilan ta‘minlashga karatilgan iqtisodiy, tashqiliy - xuquqiy siyosiy xarakterga ega bulgan choralar majmuasini uz ichiga oladi.
Eksportni ragbatlantirishning iqtisodiy choralari kredit berish, sugurta, davlat kafolati berishlarni uz ichiga oladi. SHuni ta‘kidlash kerakki bu choralar avvalo vatan mashina texnik eksportining eng yaxshi jaxon namunalari darajasidagi, yukori ishlov berilgan tovarlar ishlab chikaruvchi korxonalarning korxonalarni ragbatlantirishga karatiladi. Davlat dasturiga kura birinchi ragbatlantirish choralari kurilgan ob‘ektlar orasida ishlab chiqarish xamkorligining: tovarni tayyorlash, yigish, boshqa tovarlarga moslash; kayta ishlash va tovarlarga ishlov berish; ularni kayta tiklash va tartibga solishni uz ichiga oladigan, tovarlarni ta‘mirlash; maxsulotni ishlab chiqarish va kayta ishlashga yordam beradigan ba‘zi tovarlardan foydalanish kabi turlari ajratilgan.
Eksportga moliyaviy yordam berish kuyidagi choralarni uz ichiga oladi:
- Respublika xukumatining moliya vazirligi orkali eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarish va tashkilotlarni aylanma vositalar bilan ta‘minlash uchun vakil qilingan banklarni jalb etish buyicha kafolat majburiyatlarini berilishi;
- tijorat va siyosiy xatarlardan eksporterlar himoyasini ta‘minlash uchun davlat kafolat va majburiyatlarni berish va eksport kreditlarini sugurta qilish;
- eksport ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun jixozlar sotib olish (loyixalarni uzini koplash muddatiga karab uzoq muddatli kreditlar); respublikada ishlab chikarilmaydigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni uz ichiga olgan uzoq jarayonli eksport maxsulotini ishlab chiqarishni kreditlash; - 180 kundan oshik muddatli tijorat kreditlash asosida eksport tashuvini mablag‘ bilan ta‘minlovchi banklarga davlat kafolatlarini berish; - xalqaro savdoda katnashishni kreditlash buyicha davlat kafolatlari bilan ta‘minlash;
- tashqi bozorlarni uzlashtirish buyicha operatsiyalarni sugurta qilish;
Soliq ragbatlantirishining sanoati rivojlangan mamalakatlarda qabul qilingan xar xil turlariga muhim axamiyat beriladi.
Eksportga yunaltirilgan, eksport va ishlab chiqarishning kullab kuvvatlash choralaridan biri - investitsiya loyixalarini lizingdan foydalanib mablag‘ bilan aralash - davlat tijorat ta‘minlashidir.
Eksportni ragbatlantirish choralari kuyidagilarni uz ichiga oladi:
- ishbilarmonlar doiralarini eksportni ragbatlantirish buyicha kushma tadbirlar utkazishga keng jalb etish;
- davlat organlarining eksportning faol xarakati va xorijdagi vatan tadbirkorlari mafaatlarini himoya qilish borasidagi faol ishini tashqil etish;
- milliy eksport tovarlari reklamasini takomillashtirish;
- kurgazma yarmarka ixtisoslashtirilgan simpozium va konferentsiyalar tashqil etish;
- TIF sohasidagi ilmiy tadkikodlar utkazish;
- malakali kadrlar tayyorlash.
TIF rivojida davlat byudjeti mablag‘lari xisobiga ta‘minlanadigan tashqi savdo axborotining yagona tizimini yaratish katta rol uynaydi. Davlat organlari (DBK(GTK) MVES(TIAV)) hamda maxsus xizmatlar tomonidan olib boriladigan maslaxat ishlarini olib borilishi xam eksport operatsiyalarini faol olib borish uchun zarur sharoitdir.
Eksportni davlat tomonidan tartibga solish va yangicha yondashish va uni qo’llab quvvatlashning ishlab chikilgan amaliy choralar natijasida tashqi iqtisodiy kompleksi potentsiali usmokda, tashqi bozorda O‘zbekistonning mavkei mustaxkamlamokda.
O’zbekiston Respublikasi diplomatik aloqalar o’rnatgan davlatlarning ro’yxati
Avstraliya - Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida xatlar almashinuvi.
Xitoy Xalq Respublikasi - Toshkent shahrida imzolangan qo’shma kommyunike.
Vetnam Sotsialistik Respublikasi - Toshkent shahrida imzolangan qo’shma kommyunike.
Misr Arab Respublikasi - Toshkent shahrida imzolangan qo’shma kommyunike.
Mug’uliston - Toshkent shahrida imzolangan protokol.
Daniya qirolligi Notalar almashinuvi.
Yaponiya - Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida xatlar almashinuvi.
Korea Respublikasi Moskva shahrida imzolangan protkol.
Korea Xalq Demokratik Respublikasi -Toshkent shahrida imzolangan qo’shma Respublikasi kommyunike.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida xatlar almashinuvi.
Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidentlar o’rtasida xatlar almashinuvi.
Saudiya Arabistoni Qirolligi Toshkent shahrida imzolangan protokol.
Malayziya Notalar almashinuvi .
Isroil Davlati Notalatr almashinuvi.
Finlandiya Respublikasi Xelsinki shahrida imzolangan protokol.
Fransiya Respublikasi Toshkent shahrida imzolangan protokol.
Vengriya Respublikasi Budapesht shahrida imzolangan protokol.
Turkiya Respublikasi Toshkent shahrida imzolangan protokol.
Germaniya Federativ Respublikasi Notalar almashinuvi.
Belgiya Qirolligi Bryussel shahrida imzolangan shartnoma.
Gretsiya Respublikasi Notalar almashinuvi.
Meksika Qo’shma Shtatlari, Moskva shahrida imzolangan protokol.
Ispaniya Qirolligi , Moskva shahrida imzolangan kommyunike.
Hindiston Respublikasi Toshkent shahrida imzolangan protokol.
Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida xatlar almashinuvi.
Yangi Zelandiya Notalar almashinuvi.
Rossiya Federatsiyasi Kiyev shahrida imzolangan protokol.
Italiya Respublikasi Moskva shahrida imzolangan protokol.
Avstriya Respublikasi Vena shahrida imzolangan qo’shma kommyunike.
Kanada Notalar almashinuvi.
Shvetsiya Qirolligi Toshkent shahrida imzolangan Bitim.
Filippin Respublikasi Notalar almashinuvi.
O’mon Sultonligi Moskva shahrida imzolangan qo’shma kommyunike.
Suriya Arab Respublikasi Toshkent shahrida imzolangan Bitim
Tailand Qirolligi Notalar almashinuvi.
Shvetsariya Konfederatsiyasi Xatlar almashinuvi.
Eron Islom Respublikasi Ashhobod shahrida imzolangan protokol.
Pokiston Islom Respublikasi Ashhobod shahrida imzolangan protokol.
Yaman Respublikasi Toshkent shahridagi qo’shma bayonot
Bahrayn Qirolligi Toshkent shahrida imzolangan qo’shma kommyunike.
Lyuksemburg Buyuk Gersogligi Notalar almashinuvi.
Norvegiya Qirolligi Notalar almashinuvi.
Indoneziya Respublikasi Jakarta shahrida imzolangan qo’shma kommyunike.
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Moskva shahrida imzolangan protokol.
Litva Respublikasi Notalar almashinuvi.
Portugaliya Respublikasi Notalar almashinuvi.
Janubiy Afrika Respublikasi Notalar almashinuvi.
Ukraina Kiyev shahrida imzolangan protocol.
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki barcha iatisodiy jarayonlarning zaminida inson manfaatlari hamda uni ta'minlanishi turadi.
Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, ularni turli usullar, vositalar orqali qondirishga harakat qiladi. Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak, uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz mumkin:
1) o’zlashtiruvchi va 2) ishlab chiqaruvchi.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridanto’g’ri o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar.
Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi insonlar tabiat ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar.
Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi.
Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish aoliyatining natijasi ijtimoiy mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.
Ishlab chiqarish.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Bu jarayondan ishlab chiqarish omillari o’zaro birikib, insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlar yaratiladi.
Iqtisodchilar ishlab chiqarishda uch marta yirik inqilob yuz bergan va u muvofiq tarzda iqtisodiy taraqqiyotda uch marta yangi davrni boshlab berganini e’tirof etadilar. Bunda o’ziga xos boshlang’ich nuqta rivojlangan industrial (sanoat) ishlab chiqarishning vujudga kelishi bo’lib u markaziy o’rinni egallaydi, undan so’ng: industrial ishlab chiqarishga qadar bo’lgan davr, ya’ni toindustrial va postindustrial (lotincha post - keyin) davrlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishning industrial rivojlanishga qadar bo’lgan (toindustrial) bosqichi quyidagi xususiyatlarga ega:
— iqtisodiyotning dastlabki sferasi — qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi;
— aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band;
— asosan qo’l mehnatiga tayanadi;
— mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi;
— aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos.
Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya) ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi. Yer shari aholisining ko’payishi, ehtiyojlarning o’sishi, ularni qondirish yo’llarini qidirishga majbur qildi. Bu oxir-oqibat sanoat to’ntarishiga olib keldiki, u Angliyada XVIII asrning 60-yillarida boshlanib, AQShda XIX asrning 50—60- yillarida yakunlandi. Qo’l mehnati mashinalar zimmasiga yuklatildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidenti Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2003.
2. «CHexiya, Estoniya, Kipr, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Sloveniya va Slovakiya Respublikalarining Evropa Ittifoqiga qo‘shilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan, Evropa Hamjamiyatlari hamda ularga a‘zo davlatlar, ikkinchi tomondan, o‘rtasida SHerikchilik va Hamkorlik to‘g‘risida gi Bitim Bayonnomasini (Bryussel, 2004 yil 30 aprel) ratifikatsiya qilish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2005 yil 18 may.
3. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risidagi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y.
4. O‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari to‘g‘risida gi
Qonuni. 1998 y.
5. O‘zbekiston Respublikasining Xorijiy investorlar huquqlari himoyasi kafolatlari va choralari to‘g‘risida gi Qonuni. 1998 y.
6. O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to‘g‘risida gi Qonuni. 2000 y.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
Asosiy adabiyotlar
1. Nazarova G.G. va b. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlari. T.:TDIU, 2007.
2. SHodiev R.X. Jahon iqtisodiyoti . – T.: G‘ofur G‘ulom , 2005.-
3. Alimov A., Hamedov I. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T., 2004.
4. Vahobov A. va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlari: Darslik. – T.: «SHarq», 2003.
5. G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.:«Moliya», 2003.
Foydalanilgan saytlar:
1. www.ziyonet.uz
2. www.arxiv.uz
3. www.aim.uz
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |