2.2-jadval Surxondaryo viloyatida 2017 yildan boshlab faoliyat yuritayotgan davlat universitetlari55
№
Oliy ta’lim muassasalari nomi
Faoliyati boshlangan sana
1
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali
2017-yil 21-yanvar
2
Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali
2017-yil 20-aprel
3
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali
2017-yil 29-iyun
4
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
2018-yil 1-fevral
5
Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institute
2020-2021 o‘quv yilidan
Oliy ta’lim dargohlarining viloyat hududida faoliyat ko‘rsatib boshlashi talabalarga tanlov imkoniyatini yaratish bilan bir qatorda oliy ta’lim xizmatlar bozorida sog’lom raqobatni vujutga keltirdi. Termiz davlat universiteti endi faqatgina ta’lim berish ya’ni dars jarayonlarigagina emas balki hududga abiturientlar tanlovi nuqtai nazaridan e’tiborni tortishga va boshqa universitetlar orasida har tomonlama reytingda ustun kelish uchun kuchli marketing strategiyasini tuzmoqligi va uni yo‘lga qo‘ymoqligi zarur.
Davlat oliy ta’lim dargohlari uchun yana bir tahdid bu nodavlat universitetlarning ta’lim bozoriga kirib kelishidir. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 30.12.2022 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda litsenziya olgan nodavlat ta’lim muassasalarining soni 72 tani ko‘rsatmoqda56.
Oliy ta’lim dargohlarining ko‘payishi bu har tomonlama yaxshi holat, ammo erkin raqbatning yaratilishi hududdagi oliy ta’lim dargohlarining o‘z ustilarida yaxshiroq ishlashiga, raqobat bozorida kuchli startegiyani targ’ib etishga turtki beradi. Surxondaryoda ham hususiy oliygohlarning kirib kelishi, ayniqsa kirib kelish jarayonida o‘qituvchilarga va talabalarga katta vadalar, yaxshiroq sharoitlar kabi vadalarning berilishi, ularga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirdi. Ayniqsa, hususiy oliygohlarda oylik maoshning davlat oliygohlariga qaraganda sezilarli darajada yuqoriligi davlat oliygohlarining sifatli, yuqori reytingli kadrlarini yo‘qotish ehtimolini kuchaytiradi. Bu esa davlat oliygohlarining moliyaviy tomonlama ham raqobatbardosh strategiyani qo‘llashi kerakligini ko‘rsatadi.