Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-rasm. Talabalaarning universitet rivojiga hissa qo‘shish uchun qilayotgan ishlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə23/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
m dissertatsiya

2.5-rasm. Talabalaarning universitet rivojiga hissa qo‘shish uchun qilayotgan ishlari 76
Aksariyat hollarda talabalar o‘zlari ta’lim olayotgan oliy dargoh dan, o‘zlari oliy dargoh uchun qilayotgan mehnatlaridan ko‘ra ko‘proq narsa talab qilishadi. Bu dunyoning barcha, hattoki ko‘zga ko‘ringan oliygohlarda ham uchraydigan tabiiy holardir. Diagramma natijalariga qaraydigan bo‘lsak, natijalardan eng yuqori ko‘rsatkich namunali talaba bo‘lish bilan chegaralanmoqda. Ya’ni o‘z vaqtida darsga kelish, oliygoh talablaridan chiqmagan holda kiyinish, va tartib saqlash. Bu aslida talabaning o‘z hohishi bilan qilinuvchi ish emas balki uning vazifasidir. Natijadan ma’lumki talabalarning aksariyat qismi o‘z vazifalarini yaxshi bilmaydi, yoki tartibli bo‘lishni vazifa hisoblamaydi. So‘rovnomada ishtirok etgan ishtirokchilarning 37% namunali talaba bo‘lishga intilish bilangina cheklanmoqda. Ilmiy maqolalar yozish va ularni nashr etish, sport musobaqalaridagi ishtiroklar kabi javoblar bir hil 16% ni tashkil etmoqda. Bu yetarlicha yaxshi ko‘rsatkich emas. Biz bilamizki, ilmiy maqolalarning nashr etilishi universitet uchun o‘ta muhim hisoblanadi, va talabalarning har qaysisi hech bo‘lmaganda yiliga bir dona ilmiy maqola chiqarishi lozim. Shu bilan bir qatorda, 10% talaba chet tili sertifkatiga egaligini ta’kidlagan bo‘lsa, bu umuman yaxshi natija emas sababi sso‘ngi yillarda aynan chet tilini o‘qitishga bo‘lgan e’tibor ancha oshgan. Aynan talabalar orasida chet tili sertifikatini olish holati ko‘pchilikni tashkil etishi kerak edi. Afsuski qolgan 10% talaba esa hech nima qilmaganligini va qilmoqchi ham emasligi ta’kidlab o‘tgan, bu kabi ko‘rsatkich talabalar bilan yetarlicha muloqotning yo‘qligi, va balki yetarlicha mativatsion harakat yoki ruhning yo‘lga qo‘yilmaganligida deyish mumkin. Oliy ta’lim dargohi bahaybat diplom zavodi imidjini o‘zgartirgan holda, talabalarning holati kerak bo‘lsa yashash tarzida katta o‘rin egallashi vat a’sir etishi lozim.
II bob uchun xulosa
II bob 1 – bo‘limida marketing faoliyati startegik rejalashtirish metodi asnosida SWOT tahlil amalga oshrildi. Tahlil jarayonlarida talab etiluvchi ma’lumotlarning aksariyat qismi marketing bo‘limida o‘talgan amaliyot davrida erishilgan bo‘lsa, qolgan qismi so‘rovnoma natijalari va internet tarmoqlaridan olingan ma’lumotlardir. SWOT tahlili natijasida Termiz davlat universitetining kuchli tomoni bu uning viloyatda yuqori reytinga egaligi va uzoq yillik tajribasi deb topilgan bo‘lsa. Oliygohning kuchsiz tomoni bu uning zamonaviy kasbli mehnat resurslarini yetishtirmayotganligi va oliygohdagi imtihon jarayonlarining yetarlicha tartibga solinmagani deb tan olindi. Oliygoh tahdid deb hududda yangi oliygohlar faoliyati boshlanishi deb qarasa, moliyaviy mustaqillikka erishishi va hukumatning har tomonlama yordamlarini imkoniyat deb qaralmoqda.
2-bo‘limda Marketing Mix orqali deyarli barcha metod ko‘rib chiqildi. Talabalarning holati, o‘qituvchilar soni, hodimlar sonini aniqlab olish bilan bir qatorda. Qarorlar yordamida talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar ya’ni kontrakt pulining 2022-2023 o‘quv yili uchun o‘zgarmasligi va yangi yotoqxonalarning qurilishi o‘rganildi.
3-bo‘limda to‘liqligicha talabalar va saralangan ishtirokchilardan olingan so‘rovnomalar natijalari taqqoslandi. Ularning fikrlari muvofiqligi, Kendall muvofiklik koeffitsientida hisoblandi va natijalar taqdim etildi. Tanqidiy fikrlar berildi. Oldingi bo‘limlarda aniqlangan muammolarga qaytadan nazar tashlandi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin