Kirish Mavzuning dolzarbligi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə2/9
tarix02.02.2023
ölçüsü76,5 Kb.
#82398
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xorazmshoh davlati haqida. Xorazmshohlar davrida ijtimoiy va iqt

Kurs ishining maqsad va vazifalari
Markaziy Osiyoning Anushtegin -Xorazmshohlar davridagi iqtisodiy siyosiy ahvolini yoritish va taxlil etish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Mazkur maqsadni amalga oshirish o’z navbatida quydagi vazifalarni belgilab olindi:

  • Anushtegin-Xorazmshohlar davlatining tashkil topish jarayonini yoritish;

  • Davlatning boshqaruv tizimini taxlil etish;

  • Xorazmshohlar va Qoraxitoylar o’rtasidagi munosabatlarni yoritish;

  • Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini taxlil etish;

  • Xorazmshohlar davlatining madaniy taraqqiyot darajasini ko’rsatish;

  • Xorazmshohlar davlati inqrozi sabablarini taxlil etish;

  • Mo’g’ullar istilosining Markaziy Osiyo iqtisodiy hayotiga ta’sirini

ko’rsatish;
Kurs ishining ob’ekti Markaziy Osiyoning Anushtegin -Xorazmshohlar davlat.
Mavzuning nazariy va metodologik asoslari;
Ushbu mavzuni yoritishda bugungi kunda tarixchi olimlar oldiga qo'ygan talablar asosida kelib chiqib, mavzuni haqqoniy, ob’ektiv yoritishga harakat qilindi. Shuningdek, mavzuning nazariy asosi solishtirish, qiyosiy taxlil, davrlashtirish, analiz va turli tarixiy uslublardan foydalanilgan holda yoritildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati Kurs ishidan Oliy va o'rta maxsus ta’limda mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi.
Kurs ishi Kirish, 2 bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.

1.Xorazmshohlar davlati tarixi.
Xorazmshohlar davlati qadimgi davrdan 13 asr o’rtalariga qadar Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrig’iylar, ma’muniylar, oltintoshlar, anushtiginiylar). Xorazmshohlar davlatini xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bulsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13 asr boshlarida shim.da Kaspiy dengizining shim.sohillari, jan.da Xindukush tog’lari, sharqda Qashqargacha yetgan. Arxeologik ma’lumotlar Ko’zaliqir, Qo’yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a Kat qalьalarini poytaxt shahar bo’lgan shahar deb taxmin kilishga imkon beradi. Yozma manbalar Kat qal’asini afrig’iylar sulolasi vakillarining so’ngi qarorgohi bo’lganligini tasdiqlasa, Gurganj (Kuhna Urganch) sh. ma’muniylar va anushteginiylar sulolasining poytaxti bo’lgan. Abu Rayxon Beruniy ma’lumotlariga qaraganda, xorazmshoh unvonini olgan dastlabki sulola siyovushiylar hisoblanadi. Mil. av. 8-a.da shakllangan Qadimgi Xorazm (q. Xorazm) davlatida axomaniylar va undan keyingi afrig’iylar sulolasi asoschisi Afrig’gacha (305 y.) bo’lgan Xorazmshohlar davlati haqida to’la va aniq ma’lumotlar yo’k. Beruniy bu haqda: “Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazimda podshohlik qilishlaridan tarix oldlar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, Turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurg’uzgan edi”, deb yozgan. Kayxusrav bilan Afrig’ davri oralig’ida “xorazmshoh” unvoniga sazovor bo’lgan shohlardan bizga Kayxusrav (taxm. mil. av. 1200—1140 y.), Saksafar (taxm. mil. av. 519—517 y.), rasman (taxm. mil, av. 329—320 y.), Xusrav (taxm. Mil. av. 320 y.) nomlari ma’lum. Bu davrlarga oid arxeologik manbalar Xorazmshohlar davlatida suniy sug’orishga asoslangan dehqonchilik, savdo-sotiq ancha rivojlanganidan darak beradi. 1938—40, 1954—56 va 1965—75 y.lardagi arxeologik-etnografik ekspeditsiyalar natijasida o’rganilgan yodgorliklardan topilgan moddiy-madaniy topilmalar Xorazmda ilm-fan, san’at, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlanganidan darak beradi. Bu yodgorliklarning yuqori qatlamlari va hozirgacha saqlanib qolgan qismlarning ko’pchiligi asosan, afrig’iylar sulolasi davrida qurilgan.
3-a.da Xorazm hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bo’lib olgan bir nechta hokimliklar vujudga kelgan. Tuproqqal’a saroyi zallarining birida boshiga toj kiygan va qo’lida burgut ushlagan podsho haykalining topilishi, shuningdek, Anqaqal’a yaqinida ham boshida toj, qo’lida burgut ushlagan kishi rasmi solingan tanganing topilishi va shu joyda earb qilinganligi mahalliy sulola hokimiyati o’rnatilganligidan guvohlik beradi. Topilgan tangalarda lotin alifbosidagi “S” harfiga o’xshash siyovushiylar tamg’asining borligi, bu sulola siyovushiylar avlodidan bo’lishi mumkinligini kzrsatadi. Mil. 3- a. o’rtalarida Kushon podsholigidagina emas, balki butun o’rta Sharqda katta siyosiy o’zgarishlar ro’y beradi. Kushonlar sulolasi bilan bir vaqtda arshakiylarning hukmronligi yemirilai. Xorazmda kushonlar bilan kurash va ichki siyosiy larzalar qudratli mahalliy sulolani vujudga keltiradi. Bu sulola o’z tangalarini zarb qiladi va shaharlarda o’zlariga saroylar quradi. Shunday qilib, 3-a.da Xorazmda kushonlar bilan kuraщda g’olib chiqqan siyosiy guruh — afrig’iylar sulolasiga asos solinadi.
Xorazm eftaliylar (5-a.ning 2- yarmida — 6-a.ning o’rtalari) davrida ham, turklar (6-a.ning 2- yarmi — 7- a.ning 1—yarmi) davrida ham o’zining siyosiy mustaqqilligini saqlab qoldi.
Vizantiyalik tarixchi Menandr, Xorazm 6-a.iing 60-y.larida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borilganligi to’g’risida to’liq bo’lmagan ma’lumot beradi.
Arab manbalarida Xorazmning arab lashkarboshilari Salim ibi Ziyod va Umaviya ibn Abdulloh tomonidan ikki marta buysundirilganligi to’g’risida gapiriladi. Aslini olganda bu yerlarga ham Movarounnahr shaharlariga nisbatan qilinganidek, talon-toroj yurishlari uyushtirilib turilgan. Faqat 8-a. Boshidagina Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi qo’shinlar Xorazmni uzil-kesil bosib oldilar. Qutayba xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini yaratgan va saqlab kelgan olimlarni qirib yuboradi va quvg’in qiladi. Shuning uchun ham, arablargacha bo’lgan Xorazmshohlar davlati tarixiga oid yetarli yozma manbalar uchramaydi.
Arablarning shafqatsiz zulmi va quvginiga uchragan xorazmshohning ukasi Xurzod tarafdorlaridan bir guruhi Bulon boshchiligida 712 y.dan 730 y.gacha Xazar xoqonligi hududlariga ko’chib, mustahkam o’rnashib, bu yerda ular armiya, davlatni boshqarish ishlarini o’z qo’llariga oldilar. Ular harbiy mavqelarini mustahkamlab Kavkazda arablar egallagan yerlarga xavf sola boshlaydidar.
Bu davrda Urganch voliysi va Xorazmshohlar davlati xalifalikka to’g’ridan-to’g’ri buysunib, har qaysisi alohida-alohida xiroj to’lab turishgan. Xorazmshohlar davlati hukmdorlari o’z mavqelarini mustahkamlash uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirishgan. 751 y. xorazmshoh Shaushfirning elchilari Xitoyga kelganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Kuchli larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazmshohlar davlati 9— 10-a.larda Arab xalifaligining yemirilishi tufayli ketma ket O’rta Osiyo va Sharqiy Eronda paydo bo’lgan yirik mustaqil davlatlar tohiriylar, safforiylor va somoniylar qo’l ostida bo’lgan.
Tarixiy va arxeologak ma’lumotlarga qaraganda 10-a. oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlana boshlaydi. Bunga shaharlarning o’sishi dalil bo’la oladi. Agar, Tabariy 712 y.da Xorazmda uchta shahar bo’lganligini ko’rsatib o’tsa, Istaxriy 10-a. boshlarida Xorazmda shaharlar soni o’ntaga yettanligini ko’rsatadi. 985 y.larda esa, Maqdisiyning yozishicha, Xorazmdagi shaharlarning soni o’ttiz ikkitaga yetgan. Arxeolog qazilma vaqtida topilgan kulolchilik mahsulotlari bu shaharlarda hunarmandchilik tez rivojlanganligidan darak beradi. Arab manbalariga qaraganda 10— 11-a.larda Xorazm yirik savdo markaziga aylangan. Xorazm savdogarlari, hoz. Qozog’iston va Turkmaniston o’rnidagi dashtlarda yashovchi aholi bilan Volga bo’yidagi Xazariya va Bulg’or podsholigi hamda Sharqiy Yevropadagi slavyan olami bilan keng ko’lamda savdo ayirboshlash ishlarini olib borgan. Shar. Yevropa savdoning o’sishi natijasida Xorazmshohlar davlatining shimm.-g’arb tomonidan eng chekka istehkomi bo’lgan Urganch Xorazmda bu savdoning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan markaziga aylangan. “Hudud ul-olam” muallifining tarificha, “Gurganch” qad. zamonda Xorazm mulklari jumlasiga kirgan shahar bo’lib, uning alohida podshosi bor. Shahar podshosining “Gurganch miri” deb ataydilar. Uning alohida bo’lib ajralib chiqishini — mamlakatning iqtisodiy jihatdan gurullab o’sishi, Volga bo’yi bilan bo’lgan savdo aloqalarining rivojlanishi hamda siyosiy tarixiy sharoit bilan bog’langan holda tushunish mumkin.
10-a.ga oid yozma manbalarda qayd qilinishicha xorazmliklar qo’shnilari o’g’uzlar bilan muvaffaqiyatli jang qilib turgan. Xorazmliklar Xazar xoqonligida muhim rolь o’ynaganlar, xoqon qo’shinlaridagi asosiy qism ulardan iborat bo’lgan. 992 y. somoniy Nuh ibn Nasr o’z poytaxti Buxorodan maxrum bo’lib, Amul (Chorjo’y) ga qochadi va shu yerdan turib istilochilarga qarshy kurashni uyushtirmoqchi bo’ladi. Xorazmning ikkala hokimi unga yordamga keladi. Nuh ularning ko’rsatgan yordami uchun Xurosondagi ikkita yirik mulkini taqdim qiladi: xorazmshoh Abu Abdulloh Muhammadga Obivardni, Urganch amiri Ma’mun ibn Muhammadga Niso sh.ini beradi. V. V. Bartolьd ko’rsatib o’tganidek, Nuh Xurosonning itoatsiz hokimi Abu Aliga qarama-qarshi shunday ish qilgan edi. Shunisi qiziqki Abu Ali Nisoni hech qanday qarshiliksiz Ma’munga topshiradi, lekin Abu Abdulloh yuborgan vakillarini Obivardga kiritishdan bosh tortadi. Gardiziyning hikoya qilishicha, isyonkor Abu Ali 995 y. bahorida Nuhning vassali va lashkarboshisi sifatida harakat qilgan Sabukteginning lashkarlaridan yengilgach, dastlab Rayga qochadi, so’ngra Nishopurga qaytishga harakat qiladi. Sabuktigining o’g’li Mahmudning qo’liga tushadi va uncha katta bo’lmagan guruh bilan Xorazmga Ma’munning panohiga qochadi. Lekin uni xorazmshohning askarlari ushlab oladilar va Katga keltiradilar. Bu voqeani ikki Xorazm davlati o’rtassdagi kurashning uzil kesil barham topishiga bahona bo’ladi. Ma’munning qo’shini Katni ishg’ol qilgan va ozod qilingan Abu Alini, Ma’mun Urganchda tantana bilan kutib olgan. Asir olingan sunggi afrig’iy ham shu yerga keltirilgan. Ma’mun o’zining azaliy dushmanini qatl qilishga buyuradi. Xorazmning ikkala qismini o’z hokimiyati ostida birlashtirib, xorazmshoh unvonini oladi.
Shu tariqa 995 y.da afrig’iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Shu davrdan boshlab Gurganchj (Ko’hna Urganch) Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo’lib kelgan. Ma’muniylar sulolasida 3 ta shoh davlat hokimiyatini boshqargan. Ma’mun ibn Muhammad (995—997), Ali ibn Ma’muv (997—999), Ma’mun ibn Ma’mun (999—1017). 10-a. oxiri — 11- a. boshlarida O’rta Osiyodagi og’ir siyosiy vaziyatga qaramasdan qisqa vaqt xukmronlik qilgan ma’muniylar sulolasi Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdi.
Maьmuriy jihatdan bu davdat viloyatlarga, viloyatlar esa, shahar va qishloqlarga ajratilib boshqarilgan. Ular davrida Xorazmda davlat boshqaruvining ancha takomillashgan tizimi vujudga keldi. Xorazmshoh davlatning oliy hukmdori, hokimi mutlaq hisoblangan. Gurganchda shoh saroyi qoshida markaziy boshqarma — devonxona tashkil etilib, uning tarkibida ziroat, savdo tijorat, moliya, soliq ishlari shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash harbiy ishlar va boshqa davlat ahamiyatiga ega vazifalar bilan shug’ullanadigan mahkamalar bo’lan. Saroyning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik lavozimi bo’lib, u xujayibuzruk (bosh xo’ja) unvoniga ega bo’lgan. U levonxona ishlariga javob bergan, katta safar paytida podsho nomidan davlatni idora qilgan.
Ma’muniylar davrida Xorazmshohlar davlatida ilm-fan, madaniyat ravnaq topib, Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil qilindi. Unda xizmat qilgan buyuk qomusiy olimlar, allomalar uzlarining ajoyib kashfiyotlari va asarlari bilan Xorazmshohlar davlati ning mavqeini o’z davri va keyingi davrlar uchun yuksak darajaga ko’tardilar. Viroq bu madaniy yuksalish uzoq davom etmali. 1017 y.da Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt etildi. Shu bilan ma’muniylar sulolasiga chek kqo’yildi. Mahmud G’aznaviy o’z sarkardalaridan biri Oltintoshni xorazmshoh lavozimiga tayinlaydi. Oltintoshlar sulolasidan ham 3 ta xorazmshoh hukmronlik qilgan. Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan Saljuq turklari bilan g’aznaviylar o’rtasida nizo chiqib, 1040 y.da Dandanakon sh. yonida ular o’rtasida qattiq janglar bo’lib, Saljuq turklari g’olib chiqadilar. Ular g’aznaviylar mulkini qo’lga kiritib, Xorazmni ham qaram qiladilar. Oltintoshlar sulolasining so’ngga vakillari saljuqiylar qo’lida turli lavozimlarda xizmat qilganlar, lekan ularga xorazmshoh unvoni beralmagan.
Xorazmni 1040 y.dan Saljuq sultonlari tomonidan tayinlangan hokimlar boshqargan. Ana shunday turk hokimlaridan biri anushteginiylar sulolasi asoschisi Anushtegin Garchoi (1077—97) edi. 1097 y.da Anushtegin vafotidan keyin Xuroson noibi Dodbek Habashiy uning o’g’li Qutbiddin Muhammad (1097-1127)ni Xorazm noibi qilib tayinlab, unga xorazmshoh unvonini beradi. Qutbiddin Muhammadning adolatli va sadoqatli xizmati evaziga Sulton Sanjar (1118—57) uning o’g’li Otsiz (1127— 56)ni Xorazm taxtiga tayiilaydi. Dastlab, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan Otsiz 1130-y.lar oxirlarida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, mustaqil Xorazmshohlar davlatini tuzishga harakat qilib, uning bilan tinimsiz urush olib boradi. Otsiz vafotidan keyin taxtga o’tirgan El Arslon (1156—72) mahalliy hokimlar va qoraxitoylarga qarshi kurash olib bordi. Uning vorislari Sultonshoh Muhammad (1172) va Alouddin Takash (1172—1200) hokimiyat uchuv 1193 y.ga qadar o’zaro kurash olib bordilar. Takash o’z vorisi Muhammad Xorazmshohga (1200—20) markazlashgan mustahkam davlat va tashqiliy jixatdan qudratli qo’shinni meros qoldirgan bo’lsa, uning o’z so’zlari bilan aytganda, o’g’li Jaloliddin Manguberdi (1220—31)ga parokanda saltanatni meros qilib qoldirdi. 1231 y. da Jaloliddin Manguberdi vafoti bilan xorazmshoh unvoni hamda saltanatni boshqargan sulolalar ham yakun topaxi. Sulton Shohruxning Xorazmdagi noibi amir Shohmalik (1413—26) umrining oxirigacha Xorazmshoh unvonini o’zida saqlagan. ShIuningdek, uning o’g’li Nasriddin Sulton Ibrohimga ham meros tariqasida xorazmshoh unvoni o’tgan. U Abul xayrxon tomonidan Xorazmdan quvilganiga qadar xorazmshoh deb atalgan. Bundan keyingi Xorazm hukmdorlaridan hech biri bu unvonga ega bo’lmagan.
12—13-a. boshlari Xorazm davlatchiligining rivojlanishida muhim bosqich byldi. Bu davrda Xorazmda anushteginiylar sulolasidan chiqqan hukmdorlar Otsiz, Takash va Sulton Muhammad Xorazmshohlar mamlakatni boshqarishning yanada mukammal tizimi, tartiboti va uslublarini yaratganlar. Saltanatniig eng oliy lavozimi vazirlik bo’lib, ular Sadr, Xo’jayibuzruk va Nizomulmulk (mulkning tayanchi) unvonlari bilan yuritilgan. Vazir faqat oliy hukkdor oldida hisobdor bo’lgan. Saltanatning barcha amaldorlari va harbiy boshliqlar ham vazirga itoat qilganlar, uving oldida hisobdor bo’lganlar.
Sulton Muhammad Xorazmshoh o’z podsholigining so’ngida saroyda yana bir oliy mahkam a ya’ni vakillar Kengashi nomi bilan yuritilgan davlat Kengashi ta’sis etad i. Kengash ishida oliy hukmdordan boshqa yana tajribali, bilimli 6 ta vakil ishtirok etadi. Davlat kengashida eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qarorlar ko’pchilik ovoz bilan qabul qilingan. Xorazmshohlar davlatida ulug’ hojib, amir oxur, amir shikor, mutasarrif, toshtdor, qissador, davlatdor,farrosh, amir ul-alam kabi yuqori lavozimlar ham bo’lgan.
Xorazmshohlar davlatida davlat hokimiyati markazlashgan va takomillashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lgan. Mahalliy va markaziy hokimiyatning keng vakolatli mahkamalari yordamida mamlakat idora qilingan. Davlatning mahalliy hokimiyat organlari markaziy hokimiyatning kuchli nazorati ostida bo’lgan.
Katta hududda markazlashgan yirik siyosiy birlikning vujudga kelishi tufayli davdatning siyosiy mavqeyi ortdi, unda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, shaharlar yuksaldi. Xo’jalikning turli sohalaridagi o’sish umumiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun omil bo’ldi. Poytaxt Gurganch yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Shaharlar rivoji uchun savdo, ayniqsa, xalqaro savdo muhim o’rin tuggan. Xorazm davlatining savdo karvonlari nafaqat o’z hududi bo’ylabgina emas, balki undan tashqariga, jan.da Hindistonga g’arbda Arabiston va Yevropaga qatnagan.
Xorazmshohlar davlati tarklbiga kiritilgan hududlardagi bir qancha shaharlarda ilm-ma’rifat, madaniyat yuksaldi. Movarounnahr, Xuroson, Fors, Ozarbayjon va Iroq o’lkalari o’rtasida madaniy aloqalar kuchaydi. Ushbu davrning taniqli olimlari jumlasiga Rashididdin Votvot, Ismoil Isfahoniy, Tohir Faryobiy, Abulfayz Axsikatiy, Sayfuddin Buxoriy, Abulmajid Ja diy, Ali Ismoil Jurjoniy, Ali Xorazmiy, Abul Hasan Xorazmiy, Najib Bakron, Mahmud al-Chag’miniy, Fariduddin Attor, shayx Najmiddin Kubro, Muhammad Axsi katiy, Abdulloh ar-Roziy, Mahmud Samaraqandiy, Ma’sud Xo’jandny, Mahmud Zamaxshariy, Abdulkarim as-Sam’oniy va b.ni kiritish mumkin. Ularning ijodiga nazar tashlar ekanmiz, o’sha davrda ilm-fan ham tabiiy, ijtimoiy sohalar bo’yicha rivojlanganini ko’ramiz.
Xorazmda hukmronlik qilgan sulolalar davri tarixi O’rta Osiyo xalqlari davlatchiligi va madaniyati tarixining ajralmas qismi hisobdanadi.



Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin