Kirish Mavzuning dolzarbligi


Ikkinchi Ingliz – Afg`on urushi va uning oqibatlari



Yüklə 55,06 Kb.
səhifə4/4
tarix08.05.2023
ölçüsü55,06 Kb.
#109871
1   2   3   4
afgon

2.2. Ikkinchi Ingliz – Afg`on urushi va uning oqibatlari.
Buyuk Britaniya hukumati 1838-1842-yilgi birinchi ingliz-afg‘on urushidagi sharmandali magMubiyatni unutib, 1878-yil yana afg‘on davlatiga nisbatan urush boshladi. 1878-yil noyabrida Hindistonda turgan inglizlar qo‘shini uch yo‘nalishda Afg'oniston tomon yo‘lga chiqdi. General S.Broun boshchiligidagi 16 ming nafar harbiydan iborat birinchi guruh Peshovar shahridan Xaybar dovoni tomonga qarab yo‘lga tushgan bo‘lsa, general F.Roberts boshchiligidagi 6,5 ming nafar harbiydan iborat ikkinchi guruh Koxatdan Xost shahriga qarab yo‘lgatushdi. D.Styuart boshchiligidagi 13 ming nafar harbiydan iborat uchinchi guruh janubiy yo‘nalishda harakat qilib, Kvetta shahridan Bolan dovoni orqali o‘tib, Qandahor shahrini egallash uchun yo‘lga chiqdi49. Xaybar dovoniga yetib kelgan ingliz qo‘shini bilan afg‘on qabilalarining ko‘ngilli qo‘shini o‘rtasida dastlabki to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Garchi ushbu to‘qnashuvda afg‘onlar yengilgan bo‘lishsa-da, ularning son jihatdan bir necha barobar ustun dushmanga qarshi mardonavor harakatlari butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. General F.Roberts boshchiligidagi qo‘shin ham tog‘li hududlarda afg‘onlarning kuchli qarshiligiga duch keldi va yuzma-yuz jangda muvaffaqiyat qozona olmagan inglizlar harbiy hiyla orqali afg‘onlarni mag‘lub etdilar va Xost shahrini egalladilar. Shundan so‘ng darhol Kobul tomonga yo‘lga tushmoqchi bo‘lgan general F.Roberts afg‘on zaminining ba’zi qiyinchiliklari tufayli o‘z harakatini sekinlashtirishga majbur bo‘ldi. Ingliz qo‘shinlarining afg‘on zaminiga bostirib kirganidan so‘ng amir Sheralixon mazkur bosqinchilik urushini qoralab ingliz ma’murlariga murojaat qildi hamda Peterburg shahriga borib, ingliz hukumatining bosqinchilik xatti-harakatlari muhokama qilinadigan Xalqaro konferensiya chaqirish rejasi borligini ma’lum qildi. Sheralixonning fikricha, Peterburgda chaqirilishi lozim bo`lgan Xalqaro konferensiya inglizlami Afg‘onistonni tark etishga majbur qilishi lozim edi. Sheralixon o‘zining asosiy kuchlarini mamlakatning markaziy qismida ushlab turadi va inglizlarga zarba berish muddatini poylaydi. U, hatto Qandahor shahri himoyachilariga ham inglizlarga qarshilik ko‘rsatmaslik haqida buyruq beradi va 1879-yilning 8-yanvarida inglizlar Qandahomi jangsiz egallaydilar. Afg‘onistonning sharqi va janubini egallagan inglizlar poytaxt Kobulga qarab yurish boshlaydilar va bir qator qabila yetakchilari hamda yuqori lavozimdagi amaldorlami katta pul evaziga o‘z tomonlariga og‘dirib oladilar. Mushkul vaziyatda qolgan hamua inglizlarning bosqinchilik xatti-harakatlari muhokama qilinadigan Xalqaro konferensiya chaqirish istagidan qaytmagan amir Sherali 1878-yil dekabrida taxtni o‘g‘li Yoqubxonga topshirib, rus podshosi huzuriga borish uchun mamlakat shimoliga qarab yo‘lga chiqadi. Biroq, Rossiya imperiyasi nomidan Sheralixon bilan yozishmalar olib borgan Turkiston general-gubematori fon Kaufman (1867-1881) Rossiya va Buyuk Britaniya munosabatlarini chigallashtirmaslik maqsadida Sheralixonni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi. Shundan so‘ng orzuumidlari puchga chiqqan Sheralixon kasallanib, 1879-yilning fevralida Mozori Sharif shahrida vafot etadi. Taxtga o‘tirgan Yoqubxon inglizlar yordamida o‘z hokimiyatini mustahkamlamoqchi bo‘ladi va 1879-yil bahoridan mamlakat bo‘ylab inglizlarga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatish bo‘yicha farmoyish beradi. Shu yilning 26-may kuni esa inglizlar Yoqubxon bilan Gandamak shartnomasini imzolaydilar. Gandamak shartnomasiga ko‘ra, Afg‘oniston Buyuk Britaniyaga qaram bo’lgan vassal davlatga aylandi. Afg‘on davlati mustaqil ravishda tashqi siyosat yuritish hamda chet davlatlar bilan munosabatlar olib borish huquqidan mahrum etildi. Afg‘on davlatining chet davlatlar bilan munosabatlari faqatgina Britaniyaning Hindistondagi ma’muriyati orqali olib borilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, Yoqubxon inglizlaming bir qator hududlar, jumladan Xaybar dovonini nazorat qilish huquqini tan oldi. Inglizlar o‘z navbatida afg‘on hukmdoriga har yili 600 ming rupiy miqdorda ko‘mak berishga va’da beradilar hamda ushbu mablag‘ning qay tarzda sarflanayotganligini nazorat qilish uchun Kobulda doimiy faoliyat yuritadigan ingliz rezidenti faoliyat yuritishiga erishdilar. 1879-yil iyulida ingliz rezidenti etib tayinlangan Lui Kavanyari Kobulga yetib keladi. L.Kavanyari Yoqubxon amaldorlari tomonidan xurmat-ehtirom bilan kutib olinsa-da, unga nisbatan xalqning qahr g‘azabi to‘lib turganligi yaqqol namoyon bo‘lib turar edi. Shu tariqa ikkinchi ingliz-afg‘on urishining dastlabki bosqichi tugadi. Ushbu bosqichda afg‘onlar uyushqoqlik bilan harakat qilmaganliklari bois, garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar-da, inglizlaming muvaffaqiyatini ham mustahkam va ishonchli deb bo‘lmas edi. Inglizlar o‘zlarining yengil g‘alabalaridan mag‘rurlanib, butkul beparvolikka berildilar. Hatto, ingliz missiyasi rahbari L.Kavanyari har kuni kechki payt Kobul bo‘ylab sayrga chiqar va bu holat tabiiy ravishda mahalliy aholining inglizlarga nisbatan qahrug‘azabini yanada oshirar edi. L.Kavanyari tomonidan afg‘on davlati ichki ishlariga ko'plab aralashish holatlari bir qator mahalliy amaldorlaming inglizlar yuritayotgan siyosatga nisbatan noroziligi paydo bo‘lishiga olib keldi. Xalqning qahru-g‘azabi oshib borayotganligi xususida inglizlar qo‘lida qo‘g‘irchoq hukmdor bo‘lib turgan Yoqubxon ham 1879-yil avgusti davomida L.Kavanyarini bir necha bor ogohlantiradi. Biroq, ingliz rezidenti bunday holatga e’tibor bermay o‘sha yilning 2- sentabrida Hindistondagi ingliz mustamlakachilik ma’muriyatiga afg‘on zaminida hamma ishlar joyidaligi to‘g‘risida ma’lumotnoma jo ‘natadi. 3-sentabr kuniyoq Kobulda ommaviy qo‘zg‘olon boshlandi. Bunga ko‘p vaqtdan buyon maosh olmagan afg‘on harbiylarining noroziligi bois uyushtirilgan namoyish hamda ushbu norozilikni inglizlar tomonidan qurol kuchi vositasida bostirilishga intilishi sabab bo‘ldi. Ingliz rezidenti L.Kavanyari ushbu namoyishni bostirish maqsadida birinchi bo‘lib o‘zi afg‘on askarlariga qarata o‘q uzadi va shu bilan ikki tomon o‘rtasida qurolli to'qnashuv ro‘y beradi. Afg‘on askarlariga Kobul aholisi ham qo‘shiladi va ingliz rezidenturasi binosi egallanib, barcha inglizlar, shu jumladan missiya rahbari L.Kavanyari ham o‘ldiriladi. Afg‘on hukmdori Yoqubxon garchi ikki ming nafardan ortiq yaxshi qurollangan harbiy bo‘linmaga ega bo‘lsa-da, ingliz missiyasining qirg‘iniga qarshi hech bir chora qo‘llay olmaydi va faqat qo‘zg‘olonchilami yaxshi gap hamda iltimoslar bilan yo’ldan qaytarmoqchi bo‘ladi. Biroq, afg‘on hukmdorining ushbu harakati hech bir naf bermaydi. Qo‘rqib ketgan Yoqubxon o‘sha kuni kechki payt Hindiston vise-qiroli nomiga xat yo’llab, Kobulda ro‘y bergan qirg‘in haqida inglizlami ogoh etadi. Kobuldagi qo‘zg‘olon xabari butun mamlakat bo‘ylab tarqaladi va Afg‘onistonning turli burchaklarida ushbu voqeani qo‘llab-quvvatlab, ko‘ngilli ravishda qo‘zg‘olonga qo‘shilganlar soni orta boshlaydi. 1879-yilning 5-sentabrida Hindistondagi ingliz ma’muriyati Afg‘onistonga general F.Roberts rahbarligida yirik jazo otryadini jo ‘natadi. General F.Roberts yetakchiligidagi kuchlaming poytaxt Kobulga yaqinlashayotganidan xabar topgan amir Yoqubxon o‘z yaqinlari bilan F.Roberts huzuriga qochib boradi va inglizlar lageridan panoh topadi. Xalq qo‘zg‘oloni qatnashchilari orasida yagona yetakchining yo‘qligi bois, poytaxt mudofaasi yaxshi tashkil etilmaydi va yaxshi qurollangan hamda son jihatdan ustun bo‘lgan ingliz armiyasi o‘sha yilning 14-oktabrida yana Kobulni egallaydi. Inglizlar qo‘zg‘olonchilardan, ayniqsa Kobul shahri aholisidan ayovsiz o‘choladilar va shahardagi asosiy binolar butkul vayron etiladi. Shu bilan birga, amir Yoqubxon ingliz rezidenturasining qirg‘in etilishining oldini ololmaganlikda ayblanadi va 1879-yilning oktabrida inglizlar tomonidan rasman taxtdan tushirilgan deb e’lon qilinadi hamda inglizlar panohida umrbod yashash uchun Hindistonga jo'natiladi.Bu bilan inglizlar Afg‘onistonda boshqaruvni o‘z qo‘llariga olishni va o‘zlarining mustamlakachilik maqsadlarini yanada kengaytirmoqchi bo‘lganliklarini anglash mumkin. Garchi Kobul egallanib, afg‘on xalqi qattiq jazoga mahkum etilgan bo‘lsa ham, ommaviy xalq harakati to‘xtamadi. Afg‘onistondagi yuqoridagi kabi hokimiyatsizlik va boshboshdoqliklardan sobiq afg‘on hukmdori Muhammad Afzalxonning o‘g‘li Abdurahmonxon yaxshigina xabardor bo‘lib turar edi. Amakisi amir Sheralixon bilan hokimiyat uchun kurashda mag‘lubiyatga uchragan Abdurahmonxon qochqinlikda Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan Samarqand va Toshkent shaharlarida istiqomat qilar va afg‘on taxti uchun bo’lgan da’vosidan voz kechmagan edi. 1879-yilning oxirida Toshkentdan yo‘lga chiqqan Abdurahmonxon Chor hukumatidan yashirincha Amudaryoni kechib o‘tadi va afg‘on xalqini ingliz bosqinchilariga qarshi muqaddas urush olib borishga chaqiradi. 1880-yilning boshida dastlab Badaxshonda muvaffaqiyatga erishgan Abdurahmonxon, keyinchalik Toluqon va Qunduz shaharlarini ham egallaydi hamda 1880-yilning mart oyiga kelib butun Afg‘on Turkistonini, ya’ni Shimoliy Afg‘onistonni qo‘l ostiga oladi. Abdurahmonxon mamlakat shimolini zabt etgan bo‘lsa-da, inglizlar bilan yuzma-yuz to‘qnashuvdan o‘zini tiyar hamda imkoni bo‘lsa ular bilan afg‘on taxti masalasida muzokaralar olib borish niyati ham yo‘q emas edi. Shu bilan birga, inglizlar Afg‘onistonni bir necha mayda bo‘laklarga bo‘lish va o‘zlariga bo‘ysunuvchi bir necha kichik mulklami vujudga keltirish orqali butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratlariga olish bo‘yicha ham muayyan ishlami olib bordilar. Jumladan, 1880-yilda Hindiston vise-qiroli lord Litton tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, Afg‘oniston hududida bir necha mayda hokimliklar yaratilishi va ushbu tuzilmalar Buyuk Britaniya protektorati ostida bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Bunday yondashuv mustamlakachilik siyosatini yuritishda qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” aqidasiga mos kelardi. Mustamlakachi inglizlar uchun ham butun Afg‘oniston hududini nazoratda ushlab turish borgan sayin mushkullashib borar, afg‘on qabilalarining tinimsiz qo‘zg‘olonlarini bostirish katta kuch, mablag‘ hamda vaqmi talab etar edi. Shu bois inglizlar mamlakatda obro‘-e’tibori oshayotgan va mamlakatning janubiy hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan Abdurahmonxon bilan kelishish va uni afg‘on taxtiga o‘tkazish bo‘yicha muzokaralami boshlab yubordi. Ular Abdurahmonxonni taxtga o‘tkazib, uni o‘z nazoratlarida ushlash va afg‘on davlatni Abdurahmonxon orqali boshqarishni ko‘zlagan edilar. Inglizlaming bunday siyosatini yurgizishiga va yuqoridagi xulosaga kelishiga 1880-yilda Angliyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari hamda ushbu saylov natijalariga ko‘ra, hokimiyatni Dizraeli (1874-1880) yetakchiligidagi konservatorlardan Gladston (1880-1885) yetakchiligidagi liberallarga o‘tishi ham turtki berdi. Konservatorlaming Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizligini tanqid qilgan liberallar afg‘on taxtiga o‘zlariga xayrixoh munosabatda bo‘ladigan hukmdoming kelishiga qarshilik bildirmadilar va ulaming qarashicha Abdurahmonxon aynan shunday hukmdor bo‘lishi mumkin edi. Afg‘ onistondagi vaziyatni diqqat ila kuzatib turgan podsho Rossiyasini inglizlaming muvaffaqiyatsizligi birmuncha qanoatlantirar va poshdo hukumatini shunday vaziyatdan foydalanishga undar edi. Afg‘on amiri Yoqubxonning ag‘darilishidan so‘ng yuzaga kelgan tanqis vaziyat, inglizlarga qarshi xalq qo‘zg‘olonining boshlanishi hamda inglizlaming butun Afg‘oniston hududini nazorat qila olmasligi Rossiya imperiyasini hech bo‘lmaganda O‘rta Osiyodagi mustamlakalar bilan chegaradosh Afg‘on Turkistonida mustaqil afg‘on davlati barpo etilishini qo‘llab-quvvatlashga yoki butun Afg‘oniston hududida inglizlardan mustaqil hukmdoming hokimiyatga kelishiga ko‘mak berishga undar edi. Chunki, podsho Rossiyasi uchun mustaqil afg‘on davlatining mavjud bo‘lishi va shu orqali o’rta Osiyodagi mustamlakalaming ingliz mustamlakalari bilan bevosita chegaradosh bo‘lishini oldini olish o‘ta muhim ahamiyatga ega masalalardan biri edi. Shu sababli ham, Rossiya imperiyasi hukumati o‘z mulklarida istiqomat qilib kelgan Abdurahmonxonni Afg‘onistonga qochib o‘tishiga “ko‘z yumdi” va bunga imkoniyat yaratib berdi. Abdurahmonxonning Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritish bo‘yicha qisqa muddatdagi muvaffaqiyatlari ham inglizlami shoshirib qo‘ydi. Abdurahmonxonning mamlakat shimolidagi muvaffaqiyatli harakatlaridan so‘ng, mamlakat janubida ham uning obro‘-e’tibori kun sayin oshib borayotganligi inglizlaming haqiqiy xavotiriga sabab bo‘lib, mustamlakachilami hokimiyat masalasida Abdurahmonxon bilan imkoni boricha tezroq kelishib olishga majbur etdi. 1880-yilning iyulida Abdurahmonxon va inglizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Angliya hukumati Abdurahmonxonni Kobul amiri sifatida tan oldi. Shundan so‘ng taxtga o‘tirgan amir Abdurahmon (1880-190l)ning hukmronligi boshlandi va u o‘z bobosi amir Do‘st Muhammadxon singari o‘ziga amir rutbasini oldi. Amir Abdurahmonga katta miqdorda qurolyarog‘ va har yil yirik miqdorda moddiy mablag‘ ajratishni o‘z zimmasiga olgan inglizlar Abdurahmonning 1879-yilgi Gandamak shartnomasini bekor qilish talabiga ham rozi bo‘lishga majbur bo‘ldilar. Inglizlaming Kobulda muayyan miqdordagi harbiy bo‘linma bilan doimiy ravishda faoliyat yuritadigan rezidentning bo‘lishiga oid talablariga javoban amir Abdurahmon bunday holat yana afg‘on xalqining qahru-g‘azabini qo‘zg‘ashi mumkinligi va shu bois, o‘zi hamda Hindistondagi Britaniya ma’muriyati o‘rtasidagi munosabatlarda vositachilik qilishi uchun musulmon bo‘lgan hind amaldorlaridan foydalanish taklifini bildirdi. Shu bilan birga, amir Abdurahmon inglizlaming Afg‘oniston uchun og‘ir bo‘lgan bir qator shartlarini qabul qildi. Jumladan, Gandamak shartnomasida bo‘lganidek, yana Afg‘oniston tashqi dunyodan uzib qo‘yildi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum qilindi. Afg‘onistonning tashqi dunyo va boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan diplomatik aloqalari Hindistondagi Britaniya ma’muriyati orqali olib borilishi lozim edi. Shuningdek, amir Abdurahmon bir qator hududlar (Kurram, Pishin va Sibi)ning inglizlar qo‘l ostiga o‘tganligini tan oldi hamda Xaybar va shu kabi bir qator muhim tog‘li dovonlami inglizlar nazoratiga berilishiga rozi bo‘ldi53. Inglizlar yuqoridagi shartlari qatorida yana Afg‘onistondagi ingliz qo‘shinining mamlakatdan xavfsiz chiqib ketishini ta’minlab berish masalasini ham Abdurahmonxon oldiga qo‘ydilar va bu bilan afg‘on xalqidan yana imkoni boricha qasos olishga urindilar. Mustamlakachilaming maqsadi mamlakat janubidagi muhim strategik shahar - Qandahomi afg‘on davlatidan ajratib olish va o‘z mulklariga aylantirish edi. Afg‘onistonni parchalash bo‘yicha siyosatiga sobiq amir Yoqubxonning vorisi Ayubxon qarshi chiqdi va Qandahomi mustamlakachilardan qaytarib olish bo‘yicha muqaddas umsh e’lon qildi. O‘sha paytda Hirotni egallab turgan Ayubxon Qandahorga yurish boshladi. 1880-yilning 27-iyulida Ayubxon yetakchiligidagi afg‘on jangchilari hamda general Berrouz boshchiligidagi ingliz armiyasi o‘rtasida Qandahordan 55 kilometr uzoqlikdagi Mayvand qishlog‘i yaqinida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Jangda mardlarcha kurashgan afg‘onlar uyushgan ingliz armiyasini mag‘lub etdi va inglizlaming qolgan qutgan qismi Qandahorga chekinishga majbur bo‘ldi. Mayvand jangi inglizlaming “afg‘onlar faqat partizanlik urushi olib bora oladi va hech qachon dushman bilan ochiq jang maydonida jang qilishga yuragi dov bermaydi”, degan gapiga munosib javob bo‘ldi. Mayvand jangidagi mag‘lubiyatdan so‘ng sarosimaga tushgan inglizlar Qandahordagi ingliz gamizoniga yordam berish uchun shoshilinch choralami ko‘rdilar va Kobuldan general F.Roberts boshchiligidagi kuchli ingliz qo‘shini qisqa muddatda Qandahorga yetib keldi. Ayubxonning Qandahomi qamal qilish bo‘yicha sa’yharakatlari naf bermadi. Chunki uning qo‘shini saflari Mayvand jangida berilgan qurbonlar tufayli siyraklashgan va aksincha, inglizlaming mavqei esa yangi kuchlar evaziga birmuncha kuchaygan edi. Qandahor qamali hech bir samara bermagach, Ayubxon o‘z qo‘shini bilan Hirotga qaytadi va Hirot xalqi uni dushmanni mag‘lub etgan g‘olib hukmdor sifatida qarshi oldi. Inglizlaming qanday bo‘lmasin Qandahomi o‘z nazoratlarida tutib turish bo‘yicha harakatlari samarasiz tugadi va bu harakat katta mablag‘ hamda qurbonlami talab qilar edi. Shu sababli, ingliz hukumati Qandahor shahri va uning atrofini ham amir Abdurahmonga topshirishga qaror qildi. 1881-yilning aprelida butun ingliz gamizoni Qandahor shahridan olib chiqib ketildi va shahar amir Abdurahmonning vakillariga topshirildi. Shu tariqa ikki yarim yildan ortiq vaqt mobaynida davom etgan ikkinchi ingliz-afg‘on umshi tugadi. Bu safar ham afg‘on zaminiga bostirib kirgan inglizlaming 40 ming kishilik qo‘shini muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1881-yilda chekinishga majbur bo‘ldi. Mazkur umshdan so‘ng Afg‘oniston o‘z ichki siyosatini mustaqil amalga oshirsa-da, davlatning tashqi siyosati to‘laqonli ravishda Buyuk Britaniya nazorati ostida edi.


\
Yüklə 55,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin