Kirish Mavzuning dolzarbligi


Ingliz-Afg’on urushi davrida siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat



Yüklə 55,06 Kb.
səhifə3/4
tarix08.05.2023
ölçüsü55,06 Kb.
#109871
1   2   3   4
afgon

1.2 Ingliz-Afg’on urushi davrida siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat.
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatni anglagan Afg‘oniston amiri Do‘st Muhammadxon XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Buyuk Britaniyaning kuchli mavqeini hisobga olgan holda, ingliz ma’muriyati bilan yaqinlashish siyosatini olib bora boshladi. Amiming bunday xatti-harakatiga Eronning Hirot shahrini bosib olish bo‘yicha faol siyosati turtki bergan edi. Eronning Hirot shahrini bosib olish bo‘yicha harakatlariga to‘sqinlik qilish maqsadida inglizlar bilan o‘zaro kelishilgan holda harakat qilish uchun Do‘st Muhammadxon 1855-yilda o‘g‘li G‘ulom Haydarxonni Peshovar shahriga jo ‘natadi. O‘zaro muzokaralarda ingliz tomonidan Ost-Indiya kompaniyasining Panjobdagi bosh vakolatli ma’muri Lourens ishtirok etdi va natijada 1855-yilning 30-martida 3 banddan iborat ingliz-afg‘on shartnomasi imzolanadi. Mazkur shartnomaning birinchi bandida Ost-lndiya kompaniyasi hamda Do‘st Muhammadxon va uning vorislari o'rtasida tinchlik va do‘stlik o‘matilganligi belgilab qo‘yildi. Shartnomaning ikkinchi va uchinchi bandlari tomonlar bir-birlarining hududiy yaxlitligini hurmat qilishlari, Do‘st Muhammadxon va uning vorislari Ost-lndiya kompaniyasining “dushmanlariga dushman, do‘stlariga do‘st” bo'lishlari (inglizlar aksincha, o‘zlariga nisbatan bunday majburiyatni olmaydilar), 1849-yilda inglizlar tomonidan bosib olingan ba’zi afg‘on qabilalari yashaydigan hududlar (shuningdek, Peshovar shahrHdan voz kechish kabi shartlar qo‘yilgan edi48. 1855-yilgi ingliz-afg'on shartnomasi natijasida inglizlar Do‘st Muhammadxonning tashqi siyosiy faoliyati ustidan to‘la nazorat o‘matishga intilishgan bo‘lsa, amirning Qandahor shahriga nisbatan huquqini ham e’tirof etadilar hamda amir tomonidan ushbu shahami o‘z mulklariga qo‘shib olinishiga e’tiroz bildirmasliklarini ma’lum qiladilar. Natijada, Do‘st Muhammadxonning ikkinchi hukmronligi davri boshlanganidan beri afg‘on davlati tarkibiga kirmay kelayotgan Qandahorga amir qo‘shinlari 1855-yil noyabrida yurish qilib, shahami egallaydi va Qandahor Do‘st Muhammadxon mulklariga qo‘shib olinadi. 1856-yil oktabrida Hirot shahrining Eron tomonidan bosib olinishi Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida urush kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va Eronning bosqinchilik harakatlari inglizlami Do‘st Muhammadxon bilan yanada yaqin munosabatlar olib borishga undaydi. Ingliz-eron urushida qisqa muddatda g‘alaba qozongan inglizlar Eronni Hirot shahridan butkul voz kechishga hamda ushbu shaharga nisbatan kelgusida hech qachon da’vo qilmaslikka majbur etadilar. Biroq, ingliz hukumati Eron qo‘shinlaridan ozod etilgan Hirot shahrini Do'st Muhammadxon qo‘l ostiga topshirishga shoshilmadi. Inglizlar uchun Hirot bir betaraf va kuchsiz mahalliy hukmdor qo‘l ostida bo‘lgani hamda Buyuk Britaniyaning 0 ‘rta Osiyoga kirib borish bo‘yicha kelgusi rejalari uchun muhim rol o‘ynaydigan shahar bo‘lib qolishi lozim edi. Amir Do‘st Muhammadxon va Ost-Indiya kompaniyasi o‘rtasida 1857-yil yanvarida yana bir ingliz-afg‘on shartnomasi imzolanadi. Mazmuniga ko ra harbiy masalalar aks etgan mazkur shartnomada Do‘st Muhammadxon va uning vorislari Ost-Indiya kompaniyasining “dushmanlariga dushman, do‘stlariga do‘st” bo‘- lishlari yana bir bor ta’kidlab o‘tildi hamda amirga ingliz hukumati har oyda 100 ming rupiy to‘lab turishini ma’lum qildi. Mazkur mablag‘ hisobiga amir o‘z qo‘shinini 18 ming nafarga ko‘paytirishi va Eron tomonidan tug‘iladigan tahdidga tayyor bo‘lib turishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, amirning Eron bilan bo‘ladigan munosabatlari Kobulda faoliyat olib boradigan maxsus ingliz ma’murining nazorati ostida olib borilishi ta’kidlab qo‘yildi. Garchi Hirot shahri Eron qo‘shinlaridan tozalangan va u yerga inglizlaming Teylor boshchiligidagi missiyasi yuborilgan bo‘lsada, Hirotni Eronning ta’sir doirasidan chiqarib olish mushkul vazifa edi. Bunga 1857-yilda Hindistonda boshlanib ketgan yirik xalq qo‘zg‘oloni ham xalaqit berardi. Mazkur qo‘zg‘olonni bostirish uchun katta xarajatlami sarf etgan inglizlar Hirot shahriga nisbatan o‘z e’tiborlarini biroz susaytirdilar. Buning natijasida Eron shohining ushbu shahardagi ta’siri kengaya bordi. Eron shohining Hirotdagi ta’siriga chek qo‘yish maqsadida ingliz ma’muriyati nihoyat 1862-yilda ushbu shahami amir Do‘st Muhammadxon qo‘l ostidagi mulklarga qo‘shib olinishiga ijozat berdi. Do‘st Muhammadxon qo‘shini 10 oylik qamaldan so‘ng 1863-yil may oyida Hirotni egallaydi. Yana bir yirik siyosiyiqtisodiy markazni qo‘shib olish bilan mamlakatni birlashtirish yo‘lida katta qadam tashlangan bo‘lsa-da, bu uzoqqa cho‘zilmaydi. 1863-yil iyunida amir Do‘st Muhammadxon Hirotda vafot etadi. Do‘st Muhammadxonning nisbatan uzoq muddatli hukmronligi Afg‘oniston tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi va shu sababli afg‘on xalqi tomonidan u “Amir-i Kabir” ya’ni “Ulug‘ Amir” deb atalib kelinadi. Inglizlaming bosqinchilik harakatlari amir Do‘st Muhammadxonni tashvishga soldi va u bunga qarshi zarba berishda Rossiya va Erondan yordam olishga umid bog‘lab, ular bilan diplomatik aloqalar o‘matishga intildi. Biroq, Rossiya Yaqin Sharq masalalari bilan band bo‘lganligi bois Afg‘oniston masalasida Angliyaga yon bosdi va Afg‘oniston bilan diplomatik aloqalar o‘matishni paysalga soldi. Ingliz qo‘shini Kobulga tomon o‘z yurishini davom ettirdi va 1839-yil iyulida G‘azna shahrini va avgustda Kobulni egalladi. Inglizlar tomonidan bir qator qabila yetakchilari va saroy ayonlarining sotib olinishi natijasida amir Do‘st Muhammadxon bosqinchilarga qarshi aytarli qarshilik ham ko‘rsata olmadi va mamlakat shimoliga chekindi. Uning mamlakat shimolidagi o‘zbek va tojik bekliklari qo‘shini hamda Buxoro amiri Nasrullo (1826-1860) ko‘magida inglizlarga qarshilik ko‘rsatish rejasi ham amalga oshmadi. Shundan so‘ng umidsiz qolgan amir Do‘st Muhammadxon 1840-yil noyabrida Kobulga kelib inglizlarga taslim bo‘ladi va bosqinchilar uni oilasi bilan Hindistonga jo‘natadilar. Biroq, 1841-yilning bahoridan bosqinchilarga qarshi butun mamlakat bo‘ylab ommaviy ravishda xalq qo‘zg‘oloni alangalanib ketadi. Bunga ajnabiylaming boshboshdoqliklari, turmush tarzining yomonlashuvi, shoh tomonidan ingliz armiyasi ta’minoti uchun soliqlaming haddan ziyod oshirilishi, narx-navoning bir necha barobarga qimmatlashib ketganligi, shuningdek, 1840-1841-yilgi qurg'oqchilik sabab bo‘ldi. 1841-yilning 2-noyabrida Kobulda ommaviy qo‘zg‘olon boshlanadi va poytaxt qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o'tadi. Qo‘zg‘olon davomida inglizlaming Afg‘onistondagi yuqori lavozimdagi ma’muri Iskandar Byorns o‘ldiriladi. Bu vaqtda qo‘zg‘olonga amir Do‘st Muhammadxonning o‘g‘illaridan biri Akbarxon boshchilik qila boshlaydi. Butun mamlakatdan poytaxtga yangi kuchlar kelib qo zg‘olonchilar saflariga qo‘shila boshlaydi. Afg‘on xalqidan bunday shiddatl harakatni kutmagan bosqinchilar butkul harakatsiz bo‘lib qoladilar. Shujoulmulk yonida “keng vakolatlarga ega vazir” lavozimini egallagan ingliz ma’muri Maknoten qo‘zg‘olonchilar bilan kelishishga harakat qiladi. Bundan maqsad vaqtni cho‘zish va Hindistondan yangi ingliz kuchlari kelishini kutish edi. Ammo, uning ushbu sa’y-harakatlari samara bermaydi va qo‘zg‘olonchilaming talabi bilan 1841-yil 11-dekabrda ingliz qo‘shinini afg‘on zaminidan olib chiqib ketish bo‘yicha kelishuv imzolanadi. Akbarxon hamda inglizlar rahbari Maknoten o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yakkama-yakka uchrashuv chog‘ida Maknoten Akbarxonni oMdirmoqchi bo‘ladi. Biroq Akbarxon chaqqonlik ila Maknotenni o'ldiradi va shundan so'ng boshsiz qolgan inglizlar orasida haqiqiy sarosima boshlanadi. 1842-yil 6-yanvarida Kobuldan chekinib Qandahorga qarab yo‘lga chiqqan 4500 nafardan ziyod ingliz askar va zobitlari hamda 12 ming nafardan ortiq xizmatkorlar46 yo‘l davomida qo‘zg‘olonchilar va partizanlik harakati ishtirokchilari tomonidan qo‘yilgan pistirmalar, doimiy ta’qib va qo‘qqisdan uyushtirilgan hujumlar natijasida butkul qirg‘in qilindi va faqat birgina odam (doktor Braydon) ro‘y bergan voqealami ingliz ma’murlariga yetkazishi uchun tirik qoldirildi. 1842-yil 7-mart kuni qo‘zg‘olonchilar G‘azna shahrini inglizlardan ozod qildilar hamda ulaming Qandahomi inglizlardan ozod qilish bo‘yicha harakatlari besamar ketdi. Chunki, ingliz ma’muriyati Hindistondan yangi kuchlami chaqirib o‘z saflarini birmuncha mustahkamlab olgan edi. Kobulda qolgan “qo‘g‘irchoq” hukmdor Shujoulmulk xalq qo‘zg‘olonidan sarosimaga tushib, qo‘zg‘olon rahbarlari va qabila yetakchilari bosimi bilan bosqinchi ajnabiylarga qarshi “muqaddas urush” e’lon qilishga va’da beradi. Biroq, 1842-yil 5-aprelida Kobuldan chiqib, yana inglizlar panohiga qarab qochib ketayotganida qo‘zg‘olonchilar tomonidan qo‘lga tushirilib o‘ldiriladi. Yuqoridagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati Afg‘onistonni ham Hindiston kabi mustamlakaga aylantirish uchun mas’ul etib belgilangan Ost-Indiya kompaniyasi faoliyatiga norozilik bildiradi. Shu sababli 1842-yil boshida Hindiston general-gubematori lavozimini egallab kelgan Oklend o‘z vazifasidan ozod etildi hamda uning o‘rniga Ellenboro tayinlandi. Afg‘onistondagi qo‘zg‘olonning Hindiston hududiga ham tarqalib ketishidan cho‘chigan Ellenboro inglizlaming Qandahor va Jalolobodda qolgan harbiy kuchlariga Hindistonga qaytish to‘g‘risida farmoyish beradi. Shu bilan birga, ingliz kuchlariga ortga qaytish chog‘ida qo‘zg‘olonchilardan shafqatsiz o‘ch olib, afg‘on xalqiga nisbatan qirg‘in uyushtirish buymg‘i berildi. 1842- yil sentabrida qo‘zg‘olonchilar va qabila yetakchilari orasidagi ba’zi kelishmovchiliklar hamda yakka qo‘mondonlikning yo‘qligi tufayli inglizlaming Qandahor va Jaloloboddagi harbiy kuchlari Kobul va G‘azna shaharlarini egallaydi. Inglizlar afg‘on xalqidan ayovsiz o‘ch olib Kobul va G‘azna shaharlarini butkul vayron qilib tashlaydi. Nihoyat, Afg‘onistonni to‘la nazoratda ushlab turish juda ham mushkulligini anglab yetgan ingliz ma’muriyati o‘z qo‘shinini Afg‘onistondan olib chiqadi. Biroq, ingliz qo‘shinining afg‘on zaminidan chiqib ketishi haqiqiy quvg‘inga aylanadi. Chunki, afg‘on qabilalarining partizanlik harakatlari tufayli ingliz qo‘shiniga katta talafot yetkazildi. 1843-yilning boshida ingliz ma’muriyati amir Do'st Muhammadxonga Hindistondan Afg'onistonga qaytishga ijozat beradi. Do‘st Muhammadxon Kobulga qaytadi hamda ikkinchi marta taxtni egallaydi. Shu bilan 1838-1842-yillarda davom etgan birinchi inglizafg‘on urushi yakuniga yetdi. Birinchi ingliz-afg‘on urushida Angliya harbiy jihatdan ancha ustun ekanligiga qaramay, muvafFaqiyat qozona olmadi. Chunki afg‘onlar ingliz bosqinchilariga qarshi milliy mustaqillik, umumxalq urushini olib bordilar. Urush natijalariga ko‘ra, 70 mingdan ortiq ingliz va afg‘on askarlari halok bo‘ldi. Angliya Afg‘oniston bilan sulh bitimi imzolashga va bu davlatning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boMdi. Urushda mag‘lub bo‘lishiga qaramasdan, ingliz hukumati Afg‘onistondan butunlay voz kechmagan edi va Afg‘oniston inglizlaming doimiy e’tiborida bo‘lib keldi. Shu bois, Buyuk Britaniya afg‘on davlati bilan bo‘ladigan munosabatlarda do‘qpo‘pisa qilish, faqat o‘z manfaatlari ustunligini ta’minlashga intilish, afg‘on davlatini butkul izolyatsiyada ushlashga harakat qilib keldi. Do‘st Muhammadxon Kobulga qaytib taxtni egallagan vaqtda uning qo‘li ostida hozirgi Afg‘onistonning chorak qismiga teng hudud qolgan edi, xolos. Qandahor, Hirot va mamlakat shimoli Do‘st Muhammadxonga bo‘ysunmas edi. O‘z o‘g‘illarini qo‘l ostidagi hududlarga, jumladan, Muhammad Afzalxonni Zurmat va Kattavozga, Sheralixonni Kurramga, Muhammad A’zamxonni Logarga, Muhammad Aminxonni Ko‘histonga, G‘ulom Haydarxonni G‘aznaga hokim etib tayinladi va davlatni qayta birlashtirish siyosatini boshlab yubordi.


Yüklə 55,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin