Kirish Mavzuning dolzarbligi


Amir Temur qo'shining shakilanishi va qo'shinda olib borgan islohatlari



Yüklə 138 Kb.
səhifə5/6
tarix01.06.2023
ölçüsü138 Kb.
#121733
1   2   3   4   5   6
Saljuqiylar sulolasi

2.2 Amir Temur qo'shining shakilanishi va qo'shinda olib borgan islohatlari
Amir Temurning o'zi butun qo'shinlarning bosh qo'mondoni edi. U o'z navkarlari ichidan 313 kishiga amirlik (harbiy boshliq) raansabini bergan va ularning har biriga o'rinbosar («amirlikka nomzod»-muntazir-ul-amorat) tayinlagan. 313 kishidan 4 nafarini beklarbegi, bir kishini amir ul-umaro etib tayinlagan. Amir ul-umaro bevosita amirning o'rinbosari bo'lib, uning hukmi amirlar va sipohiylar uchun majburiy bo'lgan. Yuqoridagilardan tashqari, yana 12 kishi amirlik darajasiga ega bo'lgan. Bulardan birinchisi ming kishilik askarga, ikkinchisi ikki ming kishilik, uchinchisi uch ming kishilik va hokazo askarga, o'n ikkinchisi o'n ikki ming kishilik askarga amir hisoblangan1. Amirlik tartibiga qarab biri ikkinchisiga noib bo'lgan. Masalan, birinchi amir ikkinchi amirga, ikkinchi amir uchinchi amirga va hokazo noib etib tayinlanganlar. O'n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi bo'lgan. Amir ul-umaro Amir Temur noibi hisoblangan. 313 kishidan yuztasi - o'nboshi, yuztasi - yuzboshi, yuztasi -- mingboshi bo'lib, jang paytida amir ul-umaro - amirlarga, amirlar -mingboshilarga, mingboshilar - yuzboshilarga, yuzboshilar - o'nboshi-larga boshliq edi. Jang vaqtida amirning birinchi yordamchisi - amir ul-umaroga qo'shinlarning amirlari bo'ysunganlar. Qo'shinlar yetti korpusga ajralganlar: qorovul (old qism), chapovul (hujum qiluvchi qo'shin), shiqpvul; (q.o'shinning so'l qanotini qo'riqlab turuvchi bo'linma), chindovul (armiyaning orqa qismi), gul (markaz), barong'or (qo'shinning o'ng qanoti) va jarong'or (qo'shinning so'l qanoti). Bundan tashqari qorovullar (qo'shinning oldida boruvchi xabarchi qism) ham mavjud bo'lgan2. Temurga sodiq bo'lgan jangchi va lashkarboshilar mukofotlanganlar. Jang vaqtida birinchi marta botirlik va mardlik qilgan bo'lsa - o'nboshi, ikkinchi marotabasida - yuzboshi, uchinchisida - mingboshi qilib tayinlangan. Agar mingboshi dushmanning birorta harbiy bo'linmasini mag'lubiyatga uchratsa, birinchi amir etib tayinlangan. Birinchi amir dushman lashkari safini buzib, tarqatib yuborsa, ikkinchi amirlik darajasiga ko'tarilgan. Shu tariqa, xizmat ko'rsatgan amirlar o'z martabasidan yuqori ko'tarilaverganlar. Agar sipohiy mardlik ko'rsatsa, maoshi oshirilgan. Bundan tashqari unga in'om tariqasida chumoq, qimmatbaho toshlar qadalgan o'tog'a (bosh kiyimiga taqiladigan belgi), qilich va ot berilib, o'nboshilik martabasiga ko'tarilgan. Agar o'nboshi dushman qo'shinlarini sindirsa, unga shahar hokimligi berilgan. Yuzboshi boisa, uni biror mamlakatga hukmdor etib tayinlangan. Mingboshilar ham bunday xizmatlari uchun mamlakat hukmdori lavozimini olganlar. Temur tuzuklariga asosan har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchilar tayinlangan. Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo'shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi. Shu bilan birga, ular armiyadagi holat, lashkarlarning jangovor tayyorligi va ma'naviy sifatlari to'g'risida ham axborot berib turganlar1. Bundan tashqari yana «mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, riling nafar tezyurar piyodani chopar etib tayinlangan». Yo'lda birortasining narsasi yo'qolsa, o'zi o'ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, hamma uchun javob berganlar. Temur arzbegi mansabini ta'sis etgan. U sipoh, raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim jshlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini hal qilgan. Temur hokimiyati ostidagi o'troq dehqon ommasi va shahar aholisini boshqarish viloyatlaming hokimlari - valilar, o'lkalar - beklar va shaharlar - hokimlar tomonidan amalga oshirilgan. Kentlar (uyezd) va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ular viloyat va okruglarning hokimlari tomonidan tayinlangan. Mahalliy hokimiyat boshliqlari asosan aholidan soliq va o'lponlarni yig'ishni va bularni davlat xazinasiga o'z vaqtida yetkazishni kuzatib turganlar. Har bir viloyat, tuman va shaharlarda moliya ishlarini 3 ta vazir yuritgan: 1) xiroj va miqdorini belgilashi va uni yig'ish bilan shug'ullanuvchi vazir; 2) navkarlar o'rtasida soliqlardan tushgan mablag'larni taqsimlovchi vazir; 3) egasiz mulklarni boshqaruvchi vazir. Ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholi ichida mahalliy hokimiyat tumanlar va uluslarning hokimlariga tegishli "bo'lgan. Bu yerlarda aholi orasida urug' - qabilachilik an'analari saqlanib qolgan bo'lib, u asta-sekin shariat normalari tomonidan siqib chiqarilgan. Temur davlatida sud ishlari qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Sudlar ochiq ko'rinishdagi toifaviy xarakterga ega bo'lgan. Aholi uchun, qo'shinlar uchun, ruhoniylar-dindorlar uchun va xizmatchilar uchun alohida sudlar (qozilar) mavjud bo'lgan. Umuman sud hokimiyati 3 xil ko'rinishga ega bo'lgan: 1) ma'muriy sudlar; 2) shariat qozisi, ya'ni shariat normalariga asoslanib ish yurituvchi sudya; 3) ahdos qozisi - odat huquqi asosida ish ko'ruvchi sudya. Diniy martabadagi kishilarni shayxul-islom sud qilgan. Barcha sudlarda qozilarga fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha xulosalarni mufti (qonunshunos yurist) bergan. Sud jarayoni juda sodda va oddiy bo'lgan. U tortishuv xarakteriga ega bo'lib, tomonlarning o'zlari ayblovchi va oqlovchi ma'lumotlarni, hujjatlarni to'plaganlar, guvohlarni keltirganlar. «Temur tuzuklari»ga asosan, qozilar, har kimni qilmishiga yarasha javobgarlikka tortishi, «asosli qarorlar va hukmlar» chiqarishi lozim edi. Tomonlar qozilarning hukmlari va qarorlaridan norozi bo'lsalar faqat amirga shikoyat qilishlari mumkin edi. Amirning hukmi vojib bo'lgan. Temur davlatida muxtasiblar (arabcha nazorat qiluvchilar) alohida mavqega ega edilar. Ular diniy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qilib turardilar. Butun imperiya bo'yicha odil sudlov holatiga qozikalon (oliy sudya) javob bergan. U raiyat qozilari faoliyati ustidan nazorat qilib turgan. Temur davlatida davlatni boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan hamda mansablarni suiiste'mol qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlar bo'yicha sud ishlarini yurituvchi maxsus organ - adolat devoni mavjud bo'lgan. Javobgarlikka tortishda va jazo berishda shaxsning ijtimoiy holatiga alohida e'tibor berilgan. Masalan: bosib olingan o'lkalarni idora etuvchi taxt vorisi markaziy hokimiyatga bo'ysunmasa, unga tan jazosi qo'llanishi mumkin emas edi. Bunday holda uni tergov tugaguncha qamoqda (zindonda) saqlash va amirga ma'lum qilish kerak edi. Uni ustidan sudni amirning o'zi amalga oshirgan. Temur juda ko'p davlatlarni bo'ysundirgan. U bosib olgan mamlakatlarning aholisining itoatkorligini, hukmron sinflarning yurish-turishlarini qattiq kuzatib turgan. Temurning maxfiy agentlari bo'lgan. Shu bilan birga har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushlarini, qilish-qilmishlarini kuzatib turish uchun voqeanavis (yurtda bo'ladigan voqealarni kunma-kun yozib boruvchi odam)lar tayinlangan. Voqeanavis maxfiy politsiya funksiyasini bajargan. U o'ziga tegishli hududdagi aholi orasida, harbiy boshliqlar va lashkarlar orasida nima voqealar bo'layotganidan doimo xabardor bo'lib turishi va bular haqida Temurga har kuni ma'lum qilib turishi kerak edi. Maxfiy politsiya funksiyasini mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan chopqunchilar, ming nafar choparlar amalga oshirganlar. Ular turli mamlakatlar va sarhadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib amirga yetkazib turganlar. Temur tuzuklarida yozilganidek, har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchi (xabarnavis)lar tayinlanib, ular hokimlar, raiyat, sipoh va begona lashkarning xatti-harakati haqida amirni xabardor qilib turganlar. Ular atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va chetga chiqqan yot kishilar har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar, qo'shni podsholar, ularning gaplari, ishlari va chekka o'lkalardan kelgan ulamo, fuzalo haqida batafsil xabarlarni to'g'ri yozib turishlari lozim bo'lgan. Maxfiy politsiya bilan birga jinoiy politsiya ham mavjud bo'lgan. Masalan, har bir shahar va qishloqqa kutvol (qal'a komendanti) tayinlanib, u sipoh va raiyatga soqchilik qilgan, o'g'irlik va bosqinchiliklarni oldini olgan. Bundan tashqari yo'l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar (boshqaruvchilar) tayinlanib, ular yo'llarni qo'riqlaganlar, o'tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarining daxlsizligini himoya qilganlar. Yana har bir shaharda qo'rchilar (qo'riqchilar, posbonlar) ham bo'lib, ular aholini qo'riqlab turganlar. Temur har bir mamlakatda mehnatga layoqatli gadolarni aniqlab, ularga vazifa yuklab ish berilishi haqida buyruq chiqargan.
Xulosa
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur davrida yaxlit davlatchilik konsepsiyasi yaratilgan bо‘lib, saltanat boshqaruvining barcha sohalari, ularda kechgan jarayonlar, tarmoqlararo aloqalar qonun yо‘li bilan tartibga solingan. Davlat boshqaruvida mavjud bо‘lgan mо‘g‘ul, fors va turkiy islomiy an’analarning ijobiy jihatlaridan foydalanilishi yangicha siyosiy an’analar kelib chiqishiga sabab bо‘ldi. Bu о‘zgarishlarni amalga oshirishda Amir Temurning davlat rahbari sifatida tutgan siyosiy mavqei ham katta ahamiyat kasb etadi. Davlatning ijtimoiy funksiyasi iqtisodiy, qonuniy va ma’naviy vositalar orqali bajarilgan. Amir Temur davlat boshqaruv idoralarining har tomonlama qulay, tezkor, yengil, sodda va iqtisodiy jihatdan tejamkorlik asosida faoliyat yuritishini ta’minlay olganligi katta yutuqlar eshigining ochilishiga imkon bergan. Saltanatda markaziy va mahalliy boshqaruv idoralarining о‘zaro aloqadorligi, bir-biriga bо‘ysunish qoidalari tartibga solingan, shakl va mazmun о‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangan. Bu esa mamlakatda yuksak kommunikatsiya tizimi yaratilishiga sabab bо‘lgan. Amir Temur bu tizimni salohiyatli, ilmli va ma’naviy jihatdan yetuk mutaxassislar bilan kuchaytirdi. Shuningdek, qurultoylar ham mamlakat boshqaruvi va taraqqiyotida muhim rol о‘ynagan. Amir Temur davrida sud va huquq tartibot sohalari ixtisoslashgan bо‘lib, bu soha davlat tayanchi vazifasini о‘tagan. Boshqaruvda mamlakat mudofaasiga juda katta e’tibor qaratilgan. Amir Temur tahdid solishi mumkin bо‘lgan ichki va tashqi xavflarni о‘z vaqtida bartaraf etgan, ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqqan. Saltanatning harbiy siyosati avvalo mudofaani kuchaytirishga qaratilgan. Uning tomonidan olib borilgan mudofaa, harbiy siyosat va diplomatiya yigirma yetti davlatni о‘z ichiga olgan yirik saltanatda barqarorlikni ta’minlashga, Osiyo mintaqasida о‘z maqsadlariga erishishga, integratsion jarayonlarni tezlashtirishga xizmat qilgan. Amir Temur tashqi yurishlarini avvalo zulm, adolatsizliklar, boshboshdoqliklarni tugatish maqsadida uyushtirgan, mintaqalarda el-ulus farovonligini ta’minlashga harakat qilgan hamda islom dini va shariat mustahkamligi uchun kurashgan. Saltanatning diplomatik aloqalarida insonparvarlik, dо‘stlik va hamkorlik g‘oyalari ustuvor bо‘lgan. Xorazm, Oltin О‘rda, usmonlilar, Misr kabi davlatlar bilan olib borilgan tashqi siyosatida ham diplomatiya qonun-qoidalariga doimiy ravishda amal qilingan. Xususan, Yevropa qirollari bilan dо‘stona diplomatik munosabatlarni о‘rnatilgan. Bu esa о‘sha davrning katta hodisasi edi. Amir Temur diplomatiyasi va tashqi siyosatida ilk marotaba «yagona makon» g‘oyasini ilgari surilgan. Bu esa barcha insonlarning yagona makonda faoliyat yuritishlari mumkinligi haqidagi dastlabki tushunchalarning kelib chiqishiga sabab bо‘lgan. Bu asoslar Amir Temur davlatchilik g‘oyalari baynalminalchilikka asoslanganligini kо‘rsatadi. Umuman olganda, Amir Temur davlatchiligi yuksak nazariy qoidalarga asoslangan holda boshqarilgan bо‘lib, undagi mezonlar amaliyotdan olingan tajribalar orqali shakllangan. Yuqoridagi tahlillar va dalillar asosida Amir Temur saltanatida umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, siyosiy tizimda yangicha, mustahkam, о‘z davrida mavjud bо‘lgan turli boshqaruv an’analarining maqbul jihatlarini о‘zida mujassamlashtirgan, hamda ularga muhim ijobiy о‘zgartirishlar kiritilgan davlatchilik asoslari barpo etilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Amir Temur davrida shakllangan davlatchilik tajribasi milliy siyosiy tarixdagi eng rivojlangan bosqichni tashkil etadi.


Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin