Internet xizmatlari Internet fazosida juda ko`p serverlar mavjud va ular o`zaro aloqa yo`llari bilan bog`langan. Serverlarni shaharlarga o`xshatsak, aloqa tarmoqlari esa shaharlararo yo`llarga o`xshaydi. Shaharlararo yo`llar orqali har xil katta va kichik yuklarni jo’natish, tashish, qabul qilish mumkin. Yuk tashishda turli mashinalar xizmatlari mavjud, masalan: taksi, avtobus, yuk mashinasi va hokazo. Shunga o`xshab internetda ham har xil xizmatlar mavjud.
E
Asosiy qism -mail. Elektron pochta (elektronic mail) Internetda eng ko`p tarqalgan xizmatlardan biri. Bu oddiy pochtaga o`xshaydi, faqat jo`natiladigan xabarlar elektron ko`rinishda bo`ladi va quyidagi afzalliklarga ega:
* elektron xat masofadan qat`iy nazar bir necha soniyada manzilga yetib boradi.
* Internetda elektron xizmat bepul, foydalanuvchi faqat internetda vaqt o`tkazgani yoki trafik (ma’lumot tortgan hajmi) uchun to`laydi.
* elektron xabarlarga boshqa turli fayllarni qo`shish mumkin. Masalan: rasmlar, musiqa,video va hokazolar.
* elektron manzillar oddiy pochta manzillariga qaraganda qisqa va aniq.
* kelgan va jo`natilgan xatlarni saqlash, saralash va boshqa xizmatlari mavjud.
Foydalanuvchiga ma’lumot to’g’ridan-to’g’ri emas, balki oraliq elektron quti yordamida yetkaziladi. Elektron quti serverda joy hosil qilib, foydalanuvchi pochtasini saqlaydi. Pochtani olish uchun egasi nomi (login) va maxfiy so’zi (password) yordamida serverga ulanib, elektron qutidan maktublarini oladi. Serverga kirish maxsus kliyent dasturlari (Outlook, The Bat va boshqalari) yoki veb brauzerlari orqali amalga oshiriladi.
E lektron qutini veb brauzerlari orqali bepul ochish va foydalanish quyidagi manzillar bo’yicha mumkin:
1) http://gmail.com
2) http://mail.ru
3) http://doda.uz
Gmail.com
F TP Yuqorida ko`rilgan protokol kabi FTP nomli xizmat, tarmoqda bitta kompyuterdan ikkinchisiga fayllarni uzatish uchun qo`llaniladi. Uzatiladigan fayllar formati ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Tarmoqdan kerakli fayllarni olish uchun masofadagi FTP serverga ulanish zarur. Serverga kirish ikki xil bo`ladi: nom va maxfiy so`z yordamida yoki nomsiz (anonymous). Agar sizga foydalanuvchining nomi va maxfiy so`zi ma`lum bo`lmasa, unda nomsiz ulananish mumkin, lekin bu holda, server xizmatlaridan to’la foydalana olmasligingiz ehtimoli mavjud.
FTP xizmati bilan foydalanishni xodimlarsiz kutubxonaga o`xshatish mumkin, chunki serverdagi fayllarni ko’rish huddi kutubxonaning tokchadalardagi kitoblardan keraklisini qidirishga o’xshaydi: kerakligisini topish uchun navbatma-navbat, bittadan ko’rib chiqish kerak.