KIRISH
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
“Atrof muhitni sifat analizi va monitoringi” fani talabalarda atmosferaning tuzilishi,
atrof muhitga ta’sirni baholash bosqichlari, o‘tkazish uslublari va ekspertizasi,
qonun, qaror va talablari hamda maqsadi haqida chuqur bilim berishdir. “Atrof
muhitni sifat analizi va monitoringi” tartibga solish amaliyoti nazariy asoslarini va
ularni ishlab chiqarish amaliyotida qo‘llash mexanizmini amalga oshirishga
o‘rgatishdan iborat.
Talabalarga hozirgi paytda davlatimizda, shuningdek rivojlangan davlatlar
tajribasi bilan tanishtirib, atmosfera havosini himoya qilishning yangi
texnologiyalari, shuningdek himoya qilish tartibi va asboblarini ishlatish tartibini
tushuntirib, bu qanchalik dolzarbligi va zarurligi uqtirish vazifalarini bajaradi.
Fannig maqsad va vazifalari
(fan dasturidagi maqsad va vazifalar bilan bir xil bo’lishi kerak)
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar
quyiladi:
- Atrof muhitni muhofaza qilish muammolariga uning moxiyatini tushungan xolda
qiziquvchanlik va katta ma’suliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat va
jamiyatning o‘zaro dialektik bog‘liqligini, hozirgi zamon ekologiyasini, uni
rivojlantirish yo‘nalishlarini va muammolarini asosiy aspektlari haqida tasavvurga
ega bo‘lishi;
-
Tabiatdan samarali foydalanish va tabiiy muhitni muhofaza qilishning ilmiy
asoslari va amaliy usullarini o‘zlashtirishi, atrof muhitga tejamkorlik va
ehtiyotkorlik munosabatida bo‘lishning umumiy tushunchalaridan sanoat
tarmoqlari ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlari sababini aniqlash va
ularni bartaraf etishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
-
Ishlab
chiqarishning
ekologizatsiyalash
yo‘llari,
jarayonlarni
ekologizatsiyalash yo‘llari, xom ashyoni to‘g‘ri tanlash ikkilamchi xom ashyolarga
asosiy e’tiborni qaratish, jarayonning foydali ish koeffitsientini oshirish, energiya
manbaini to‘g‘ri tanlash, koeffitsienti yuqori bo‘lgan va ekologik xavfsiz bo‘lgan
isitish-sovitish usullarini qoidalarini aniq bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
2020-2021 o’quv yilining kuzgi semestrini ON1 muddati oralig’ida “Atrof
muhitni sifat analizi va monitoringi” fanining asosiy qonuniyatlari qismi o’qitiladi. ON2
muddati oralig’ida esa biosfera va hayot qobiqlari qismi o’qitiladi. Ushbu ishchi
o’quv dasturi fanning umumiy qismi uchun tuzilgan.