Bu so'zlar ishtirokida gaplar tuzib, kirish so'zlarning gap ma'nosiga ko`rsatayotgan ta'sirini aniqlang. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash. Bunda „Raqamlar tilga kirganda“ metodidan foydalanamiz. 3 ta guruhdan 3 ta o’quvchi parta oxiriga boradi. Berilgan savollarga to’g’ri javob uchun 1 qadam oldinga yuradi. Qaysi o’quvchi 1-bo’lib doskaga yetib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi. 1. Kirish so’z deganda nimani tushunasiz?
2.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
3.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
4.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
5. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
6. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
7.Undalma deb nimaga aytiladi?
8.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.
9.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?
10.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.
11.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?
12. Kirish so’zlarda qanday tinish belgilari ishlatiladi?