Terminologik leksika. Terminologik leksikani ikkiga ajratish mumkin.
-adabiy tilga mansub terminologik leksika;
-dialektal terminologik leksika.
Fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohalariga xos leksik birlik va so‘z birikmaci termin deyiladi. Maxsus leksika deganda ma’lum bir sohaga tegishli lug‘aviy birlik va ularga tenglashgan birikma tushuniladi. Bunday maxsus leksika terminologiya ham deb yuritiladi: lingvistik terminologiya, fizik terminologiya.
Terminlarning chegaralangan qo‘llanishga egaligi ularning boshqa soha vakillari uchun tushunarsiz bo‘lishi degani emas. Masalan, [to‘g‘ri chiziq], [gap], [so‘z turkumi], [tezlik] atamalari ko‘pchilik uchun tushunarli, soha kishilaridan boshqalar nutqida kam iste’molli.
Terminlar, ko‘pincha, umumiste’mol leksikadan ma’lum bir ma’nolarining maxsuslashuvi asosida hosil bo‘ladi. Ammo ilmiy terminologiyada ham shunday leksema mavjud. Ma’lumki, ko‘pgina omonim leksemalar aslida ko‘p ma’noli leksema ma’nocidan birining boshqalaridan uzilishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, [yoz] (“fasl”), [yoz] (“tasvirlamoq”) va [yoz] (“yoymoq”) leksemalari aslida bir polisemantik leksemaning turli ma’nolari asosida hosil bo‘lgan omonimik birliklar. Ularning etimologik ildizi bitta. Bunga Koshg‘ariy lug‘atidan olingan Yoy qish bila qarishti misrasini keltirish asosida amin bo‘lish mumkin. Xat yozmoq birikuvidagi (yozmoq) fe’lining asl etimologik ma’nosi «fikrni qog‘ozga yoymoq»dir.
Shunday ekan, terminga qo‘yiladigan bir ma’nolilik talabi ham asos bo‘ladi. Demak, termin va umumiste’mol leksema bir narsaning ikki qirrasi, bir leksemaning ikki ma’noda qo‘llanilishi emas.
Kasb-hunar terminlari turli kasb-hunar egalari nutqida qo‘llanuvchi leksemalar. Kasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo‘lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Masalan, Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan atama Buxoro shevasida bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun kasb-hunar leksemasi ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu leksika, birinchidan, ma’lum bir sheva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shevada so‘zlashuvchi ayrim kishilar nutqiga xos.
Ilmiy terminlar ko‘p holda tarjimasiz bo‘lganligi tufayli dunyo fanini bir butunlik sifatida ushlab turadi. Masalan, [fonetika], [morfologiya], [sintaksis] kabi termin dunyo tilshunosligi uchun umumiy.
Turli soha termini o‘xshash bo‘lishi mumkin. Masalan, [morfologiya] atamasi tilshunoslikda ham, zoologiyada ham ishlatiladi. Ularni omonim leksemalar sifatida qarash maqsadga muvofiq.
Termin ma’lum bir tilga xos yoki baynalmilal bo‘lishi mumkin. Masalan, tilshunosligimizdagi [gap kengaytiruvchisi], [gap markazi] atamalari faqat o‘zbek tiliga xos, [atom], [vodorod], [natriy], [leksema], [semema] atamalari baynalmilal. Baynalmilal atamani tarjima qilishga, ularga muqobil variant qidirishga urinish ma’qul emas.
Terminologik leksika. Terminologik leksikani ikkiga ajratish mumkin.
adabiy tilga mansub terminologik leksika;
dialektal terminologik leksika.
Fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohalariga xos leksik birlik va so‘z birikmaci termin deyiladi. Maxsus leksika deganda ma’lum bir sohaga tegishli lug‘aviy birlik va ularga tenglashgan birikma tushuniladi. Bunday maxsus leksika terminologiya ham deb yuritiladi: lingvistik terminologiya, fizik terminologiya.
Terminlarning chegaralangan qo‘llanishga egaligi ularning boshqa soha vakillari uchun tushunarsiz bo‘lishi degani emas. Masalan, [to‘g‘ri chiziq], [gap], [so‘z turkumi], [tezlik] atamalari ko‘pchilik uchun tushunarli, soha kishilaridan boshqalar nutqida kam iste’molli.
Terminlar, ko‘pincha, umumiste’mol leksikadan ma’lum bir ma’nolarining maxsuslashuvi asosida hosil bo‘ladi. Masalan, [fojia], [ega], [ot], [qo‘shish], [ayirish] leksemalari umumiste’mol birlik. Ammo ilmiy terminologiyada ham shunday leksema mavjud.
Ma’lumki, ko‘pgina omonimlar aslida ko‘p ma’noli leksema ma’nocidan birining boshqalaridan uzilishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, [yoz] (“fasl”), [yoz] (“tasvirlamoq”) va [yoz] (“yoymoq”) leksemalari aslida bir polisemantik leksemaning turli ma’nolari asosida hosil bo‘lgan omonimik birliklar. Ularning etimologik ildizi bitta. Bunga Koshg‘ariy lug‘atidan olingan Yoy qish bila qarishti misrasini keltirish asosida amin bo‘lish mumkin. Xat yozmoq birikuvidagi (yozmoq) fe’lining asl etimologik ma’nosi «fikrni qog‘ozga yoymoq»dir. Terminga qo‘yiladigan bir ma’nolilik talabi ham asos bo‘ladi. Demak, termin va umumiste’mol leksema bir narsaning ikki qirrasi, bir leksemaning ikki ma’noda qo‘llanilishi emas.
Kasb -hunar terminlari turli kasb-hunar egalari nutqida qo‘llanuvchi leksemalar. Kasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo‘lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Masalan, Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan atama Buxoro shevasida bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun kasb-hunar leksemasi ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu leksika, birinchidan, ma’lum bir sheva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shevada so‘zlashuvchi ayrim kishilar nutqiga xos.