“Millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”… KIRISH. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI
Reja:
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
Fanning predmeti
Fanning predmeti
Mintaqamizda sodir bo’lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o’rganishdir.
Fanni o’rganish obyekti
O’zbekiston tarixida sodir bo’lgan barcha voqea va hodisalardir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan fanning maqsadi, vazifasi, yo’nalishini belgilaydi.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning vazifalari– mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.