Kirish Pedagogik faol



Yüklə 325,89 Kb.
səhifə2/9
tarix01.12.2022
ölçüsü325,89 Kb.
#71742
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI

Sub’ekt – bu tarbiyalanuvchiga ta‟sir etuvchilar, ya‟ni pedagog, ota–onalar, jamoa. O‟quvchiga ta‟sir o‟tkazuvchi asosiy vosita bu o‟qituvchi, uning bilimi va qobiliyati. Agar o‟quvchilar o‟qituvchi shahsini tushunmasa, uning bilimi va hulq– atvoriga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‟lishsa, uning hatti–harakatlariga qarshilik ko‟rsatadilar. Haqiqiy tarbiyachi o‟quvchi shahsiga ijobiy ahloqiy ta‟sir ko‟rsatadi. Bu esa o‟qituvchidan o‟zini ahloqiy jihatdan muntazam takomillashtirib borishni talab etadi.
Tarbiyaning asosiy vositalari – faoliyatining turli ko‟rinishlari bo‟lib, o‟quvchilar unda bevosita ishtirok etadilar. Bular: mehnat, muloqot, o‟qish, o‟yin. Masalan, taniqli pedagog A.S.Makorenko tarbiya tizimi markazida ijtimoiy mehnat turgan. Buyuk mutasavvuf olim Bahovuddin Naqshband tarbiya tizimi markazida ham mehnat, hunar turgan. U kishi qo‟lidan hech ish kelmaydigan, biror hunari bo‟lmagan kishini o‟z maktabiga qabul qilmaganlar. Ba‟zi pedagoglar ijodiy ish orqali o‟quv tarbiya ishlarini tashkil etadilar.
Alalhusus, biz pedagogik faoliyatni pedagogik mahoratning doyasi sifatida birma – bir tahlil qilib chiqdik. Haqiqiy o‟qituvchi maqsadni aniq belgilab, sub‟ektni faollashtirib, vositalarni tanlab turib pedagogik faoliyatning bu komponentlarini boshqara olish lozimligini chuqur anglaydi. Aynan shu o‟rinda biz pedagogik mahoratning mohiyatini anglay boshlaymiz. U bizning nazarimizda muntazam shakllantirib, takomillashtirib borilishi lozim bo‟lgan butun bir tizim sifatida namoyon bo‟ladi.
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‟stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san‟at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta‟sir ko‟rsatadi.
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‟zaro hamkorlikning ta‟sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta‟minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadigan muhitdan himoya qilish.
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma‟naviy-tarixiy an‟analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.

Yüklə 325,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin