Kirish. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari


Ravishlarning yasalishi va tuzilishi turlari



Yüklə 27,4 Kb.
səhifə4/5
tarix28.09.2023
ölçüsü27,4 Kb.
#150014
1   2   3   4   5
Kirish. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari

Ravishlarning yasalishi va tuzilishi turlari.
O'zbek tilida ravish boshqa so'z turkumlari singari ikki xil usul bilan yasaladi: a) morfologik yoki affiksasiya usuli; b) sintaktik yoki kompozisiya usuli.
Morfologik yoki affiksasiya usuli bilan ravish yasash odatdagidek negizga yasovchi affiks qo'shish bilan ravish hosil qilishdir.
Ravish yasovchi affikslar ko'pincha otlarga, ba'zan esa son, olmosh, sifatga, fe'ning sifatdosh, harakat nomi, fe'llariga qo'shiladi. Bunday yo'l bilan ko'pincha holat ravishlari yasaladi: Bu affikslar:
-an: majburan, qisman, tamoman kabi.
-siz: to'xtovsiz, to'lovsiz kabi.
-lab: yaxshilab, aravalab, ko'plab kabi.
-cha: yangicha, o'zbekcha, chopganicha kabi
-larcha: do'stlarcha, qahramonlarcha kabi.
-n(in): kechin, qishin, yozin kabi.
-incha: yashirincha, ko'pincha kabi.
-ligicha: tirikligicha, butunligicha kabi.
-ona: shukurona, mardona, do'stona kabi.
-lay(-layin): butunlay, tiriklayin kabi.
-day(-dek): qushday, tuxumdek kabi.

Sintaktik yoki kompozisiya usul bilan qo'shma, murakkab va juft ravishlar yasaladi. Qo'shma ravish har birini ayrim, erkin qo'llab bo'lmaydigan ikki so'zning birikib ketishidan hosil bo'lgan va harakatning bitta belgisini ifodalaydigan yangi ravishdir.


Qo'shma ravish quyidagicha yasaladi;

    1. o'rin, payt ma'nosiga ega bo'lgan so'zlar yoki so'roq olmoshidan oldin -alla elementini qo'shish bilan: allaqayda, allanechuk, allaqachon kabi.

    2. Bir yoki oz so'zi bilan mustaqil ishlatilmaydigan so'zni biriktirish bilan: birmuncha, ozmuncha, birato'la, birvarakay, birpas kabi.

Murakkab ravish har birini ayrim va erkin qo'llash mumkin bo'lgan ikki so'z (yoki so'z formasining) birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan yangi ravishdir.
Murakkab ravish tubandagicha yasaladi:

  1. o'rin, payt ma'nosidagi so'zlar yoki so'roq olmoshi oldidan o'z ma'nosini, mustaqilligini va urg'usini saqlagan har, hech, bir so'zlarini keltirish bilan: har vaqt, har qachon, har dam, har gal, har zamon, bir lahza, bir oz, bir yo'la, bir zamon, bir zum, bir nafas, bir ёqqa, hech vaqt, hech qachon kabi;

  2. o'z leksik ma'nosini saqlagan so'z formalarining aniqlovchi-aniqlanmish munosabatidan, birikishidan ham murakkab ravish hosil bo'ladi: hamma vaqt, o'tgan kun(y), shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, shu yerda, bu yerga, bu ёqdan kabilar.

Juft ravishi ikki so'zning teng bog'lanishidan yasalgan ravishdir. Juft ravish quyidagicha yasaladi:

  1. ma'nodosh so'zlardan: asta-sekin, eson-omon, ochiq-oydin, uzil-kesil kabi.

  2. qarama-qarshi ma'noli so'zlardan: qishin-yozin, ostin-ustun, ochin-to'kin kabi.

  3. Juft ravishlarning ba'zilari otlarni, olmoshlarni o'rin kelishiklaridan birida takrorlash orqali yoki -ma, -ba elementi bilan takrorlash orqali ham yasaladi: ko'pdan-ko'p, yildan-yilga, shundan-shunga, yuzma-yuz, ko'chama-ko'cha kabi.

Bunday ravish harakatning bajarilish usulini, holatini anglatadi.
Ma'lum sintaktik sharoit tufayli ravishlarning ko'p qismi boshqa so'z turkumlaridan ko'chgan. Ravishga ko'chish hodisasi deyarli barcha mustaqil so'zlarda mavjud. Bunday so'zlarning ma'lum kelishik yoki egalik formasida «qotib qolib», o'z turkumi ma'nosini yo'qotishi, ma'lum bir sintaktik vazifa bilan (hol vazifasi bilan) cheklanib qolishi katta rol o'ynaydi. Jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi III shaxs egalik formasi anna shunday xususiyatga ega. Shu yo'l bilan otlar (kunda, kuniga, kunduzi, olg'a, orqaga kabi), sifatlar (yangidan, yaqindan kabi), sonlar (birdan, birga kabi), fe'llar (o'ta kabi) ravishga ko'chgan-ravish bo'lib qolgan.
Ravishlarda modal forma yasalishi.

Qiyos qilinmagan harakat (yoki predmet) belgisining odatdagi miqdordan kam ekanligi, noaniqligi, belgiga munosabat kabi modal ma'nolar -roq, -gina(-kina,-qina) affikslari orqali ifodalanadi: Masalan: ko'proq, ozroq, sekinroq, ko'pgina, andakkina kabi.


Qiyos qilinmagan belgining kuchliligi, takrorlanib turishi, sifatlarda bo'lganidek, juda, nihoyatda, behad, g'oyat kabi daraja ravishlarini boshqa ravishlarning oldidan keltirish bilan yoki ravishlarni takrorlash bilan ifodalanadi. Bunday ravishlar kuchaytirma ravishlar deyiladi.
Masalan: juda ko'p, juda oz, juda tez, nihoyatda sekin, behad jim, g'oyat sekin, kam-kam, tez-tez, ko'p-ko'p kabi.
Xulosa.
Ravishlarning uzoq davrlar mobaynida so‘z turkumlari sirasida o‘z o‘rnini topa olmagani va hanuz bu borada fikrlar qat’iy emasligining asosiy sababi “ravishlashish” yo‘llarining ko‘pligidir. Ayni paytda mavjud darslik va qo‘llanmalarda so‘z turkumi sifatida umumiy grammatik ma’nosi “Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z” deb berilayotgan ravishning ta’rifiga tushadigan sof ravishlar o‘zbek tilida sanoqli. Ravish faqat affiksatsiya yoki kompozitsiya yo‘li bilan emas, balki katta miqdorda ko‘chish — reduplikatsiya, konversiya, morfologizatsiya hisobidan kengayib bormoqda.

Shuningdek, ravishlardagi diaxronik (tarixiy) yasalishlarning (qishin-yozin, birin-ketin, oldin, ochin-to‘qin, ostin-ustin kabi) ham savollarga tortilishi boshqa mavzuga doir savollarga javob berishda muammolarni keltirib chiqaradi



Yüklə 27,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin