Kirish reja: Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi


Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o`rni



Yüklə 241,2 Kb.
səhifə6/16
tarix16.10.2023
ölçüsü241,2 Kb.
#156101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ilhom kurs ishi 6 mavzu

2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o`rni
Хalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish, jahon xo`jaligi alokalarining rivojlanishi, moliyaviy resurslarning mamlakatlararo okib yurishi, iqtisodiy tarakkiyotning asosiy shart-sharoitlariga aylanib koldi. Mustakil davlat sifatida jahon hamjamiyatida ishtirok etish orqali, rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasi 60-70 yillardan e’tiboran xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishga intilib kelmoqda. Ularning xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish zaruriyati tayyor maxsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha narsalarni yetishtirish imkoniyatiga ega emasligi bilan asoslanadi. Хozirgi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar deyarli sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun xom – ashyo yetishtirib beruvchi hamda nisbatan arzon ishchi kuchi manbai bo`lib qolmoqda.
Хalqaro mehnat taqsimotida xo`jalik faoliyatining barcha shakllari jamlangan. Eng muhimi, xalqaro savdoning asosini tashkil etuvchi xom – ashyo va tayyor maxsulotlarni ishlab chiqarish barcha rivojlanayotgan mamlakatlar bilan dunyoning boshqa rivojlangan davlatlari o`rtasidagi tovar almashinuvini ta’minlaydi. Хalqaro savdo eng kambag`al rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham tashqi daromadning eng muhim manbai bo`lib hisoblanadi. Ammo, material va energiya sig`imining keyingi yillarida kamayishi munosabati bilan rivojlangan mamlakatning o`sishida tabiiy xom - ashyolarning xalqaro savdodagi tutgan o`rni pasayib borish tendentsiyalari namoyon bo`lmoqda. Shunga muvofiq u 2017 yilda jahon eksporti umumiy ulushining 25% ni tashkil etgan edi. Jahon iqtisodiyotida 70-90 yillarda Afrikaning rivojlanayotgan mamalakatlarini umumiy eksport hajmidagi ulushi qisqarib borganligi qayd etiladi. Osiyo mamlakatlaridan jo`natilayotgan sanoat va qishloq xo`jalik mollarining doimiy o`sib borganligiga qaramasdan u 2 barobarga pasayib ketgan edi. Eksportini asosini tashkil etuvchi xom- ashyolardan iborat bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda, ularning jahon bozorida egallab turgan pozitsiyalarining yomonlashuvini tuxtatish imkoniyatiga ega bo`lgan kushimcha eksport resurslarini izlab topishga bo`lgan kuchli extiyoj sezilmoqda. Buning uchun, eksportning xilma-xilligini ta’minlashga, ya’ni chiqariladigan xom-ashyolarni qayta ishlash, boshqa turdagi sanoat maxsulotlarni jahon bozoridagi erkin xarakatini ta’minlash, eng muhim ustuvor yo`nalishlardan biri bo`lib qolmoqda. An’anaviy tovarlar eksporti hajmini kengaytirish borasidagi ko`pchilik muammolarga qaramasdan, rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon eksportidagi umumiy ulushi asta-sekinlik bilan o`sib bormoqda. Shuningdek, u 2017 yildagi 22% o`rniga 2018 yilga kelib 24,7% ga yetgan edi. 2019 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning eksportini fizik hajmi, sanoati rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,2 % ga qisqarganiga qaramasdan, yana 10% ga ortgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda jami eksportni tarkiblashtirish jarayonlari ham sodir bo`lmoqda. Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar eksportidgi sanoat mollarining ulushi (rangli materiallarni hisobga olganda) 2020 yilda 57,74% ga yetgan edi. Erkin savdo - bu ikkita nazariyaning soddaligi (a laissez-faire yondoshuvi), savdoda hech qanday cheklovlarsiz. Asosiy g'oya shundaki, global miqyosda ishlaydigan talab va taklif omillari ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlaydi. Shuning uchun savdo va o'sishni himoya qilish yoki rivojlantirish uchun hech narsa qilish kerak emas, chunki bozor kuchlari buni o'z-o'zidan amalga oshiradilar.
Protektsionizm - xalqaro savdoni tartibga solish bozorlarning to'g'ri ishlashini ta'minlash uchun muhimdir. Ushbu nazariya tarafdorlari bozorning samarasizligi xalqaro savdoning afzalliklariga xalaqit berishi mumkin va bozorni shunga mos ravishda yo'naltirishni maqsad qiladilar.

Yüklə 241,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin