Kirish Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif


Bu oila vakillarining tarqalish



Yüklə 110 Kb.
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü110 Kb.
#119300
1   2   3   4   5   6
Soyabonguldoshlar oilasi

4.Bu oila vakillarining tarqalish
Bu katta oilaga o`t, chala buta va buta o`simliklari kiradi. Poyasi 4 qirrali but shaklida qarama-qarshi joylashdi. Yon barglari bo`lmaydi. Gullari zigomorf, ikki jinsli gultojisi 2 ta tojbargining qo`shilib o`sishidan vujudga kelgan bo`lib, qalpoqsimon yoki yassi shaklda bo`ladi.
Ostki 3 ta tojbargdan vujudga kelgan bo`lib, yotiq xolatda yoki pastga egilib turadi va aksariyat o`simliklarda bu tojibarglarning o`rtadagisi 2 ga ajralgan bo`ladi. Kosachalari besh tishli, barglari qo`shilib o`sgan bo`lib ba`zan ikki labli bo`ladi va lablarning ustki 3 ta tojbargdan, ostkisi 2 ta tojbargdan tuziladi changchilari 4 ta gultoj naychasiga qo`shilib o`sadi va oldingi 2 tasi keyingi 2 tasiga qaraganda uzunroq bo`ladi. Ba`zan 2 tagina changchi bo`lib qolgan changchilar reduksiyalangan urug`chilari 2 ta mevacha bargdan tuzilgan tugunchali ustki 4 uyalidir. Gullarning bandi juda qisqa bo`lib gullar uchki barglarining qo`ltig`ida oddiy to`pgullarga to`plangan bu kichik to`p gullar esa shingil boshcha yoki ro`vakga o`xshash murakkab to`pgullar hosil qiladi. Gulning changgi tumshuqchasidan oldin yetiladi. Gullar hashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevalari bir urug`li 4 ta yeng`oqchaga ochiladi.Urug`ida endosperm bo`ladi. Labgullilarning aksari turlari efir moyli o`simliklardir. Labguldoshlar oilasining 200 turkumi va 3500 turi bor. Ular butun yer yuzining deyarli hamma joyida uchraydi va o`rmon, dasht, sahro va tog`larda o`sadi. Gul formulasi Sa(5) So(2/3) A4 G( 2) Mavrak turkumi - (Salvia)
Ko`p yillik o`t chala buta o`simliklar. Uning Osiyoda 20 dan ko`p turi uchraydi. Ular tog`li rayonlarda ko`p tarqalgan. Sofficinalis turi dori tayyorlashda ishlatiladi.
Yalpiz turi (Mentha) - Ko`p yillik o`t o`simliklari bo`lib efir moylidir. Bu oilaning vakillari asosan zax yerlarda, ariq va kanal bo`ylarida tarqalgan O`zbekiston florasida Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. CHo`l yalpiz (M. Arvensis) va jingalak yalpizlar (M. crispa) ekiladi. Oddiy rayhon-(Acimum basilicum).
Bir yillik o`t o`simlik, uning oq rayhon, qora rayhon, osh rayhon, turlari ma`lum. Ular ziravor va xushbo`y o`simlik sifatida ekiladi.
Yasnotkalar turkumi - Lamium-. Bir va ko`p yillik o`t o`simliklar. O`zbekiston florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o`t sifatida o`sadi.L.alla dori tayyorlashda ishlatiladi. Ular asal beruvchi o`simlik hisoblanadi.
Kiyiko`tlar turkumi - Ziziphora.
Bular tarkibida efir moylari bor bir yillik va ko`p yillik o`tlardir.
Tog` jambili (origanum)- Faqat bir turi (O.tythantum) O`zbekiston florasida tarqalgan.
Lavanda turkumi - Lavandula. -Asl lavanda L.vera.bu gullari ko`p yoki to`q binafsha rangli juda xushbo`y hidli chala butadir. Efir moyi olish uchun Qrimda, Kavkazda va Moldaviyada ekiladi. Efir moyidan adikalonlar tayyorlanadi. Quritilgan gullari kiyimlarni kuyadan saqlash uchun sepiladi.
Labguldoshlarning xo`jalikdagi ahamiyati.

Bu oila vakillari efir moyiga boy bo`lgandan ularning ko`pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Mas. Mavrak(muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa sanoatida, ovqat va likor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo`llaniladi. Bir necha turlari mas. tog` jambuli, lagaxirus, limon o`ti, jingalak nano, dori mavrak, arslonquyruq va boshqalar meditsinada ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambul va boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi. Astradoshlar oilasi - Asteraceae (Murakkabgullilar Compositae oilasi).


Murakkabgullilar-eng katta o`simliklar oilasi bo`lib, 800 dan ortiq avlodni va 14 mingdan ko`proq turni (ba`zan sistematiklar xisobicha xatto 25 ming turni) o`z ichiga oladi, bu oilaning ko`pchilik vakillari o`tlar, ba`zilari yarim butalar, butalar va xatto kamdan kam daraxtsimon o`simliklardir. Ko`pchiligining barglari navbatma navbat joylashgan yon bargsiz. Bu oilaning nomi savatchasimon to`pgullarga qarab qo`yilgan, ularning to`pguli sirtdan qaraganda alohida-alohida guldek bo`lib ko`rinadi. Gul savatchalari o`z navbatida talaygina vakillarda murakkab supurgisimon, qalqonsimon to`pgullar hosil qiladi va xokozo. Savatchaning asosida (past tomonida) mayda mayda bargdan tuzilgan va to`pgulga zich taqalib turgan o`rama bor, bu tuzilmani hosil qilgan barglar talaygina vakillardan cherenitsaga o`xshab joy oladi va yashil yoki boshqa rangda bo`ladi, ular turmushda yanglishib gulkosacha deb o`ylaydilar. Gul o`rni yassi tarelkaga o`xshaydi. Yoki bo`rtgan yo bo`lmasa botiq bo`ladi:ba`zan avlodlarda gul o`rin yalang`och, boshqalarda esa tokchalar yeki tukchalar bilan qoplangan. Gullari 4 doirali, 5 a`zoli (genetsiydan boshqasi), ko`pchiligida mayda-mayda bo`ladi: ba`zilarida savatchadagi gullaring hammasi bir xil, boshqalarda esa tashqi gullari ichki gullaridan farq qiladi. Tipik gul kosachasi yo`q: ba`zi vakillarida tugunchasining uchida gul kosachabargida to`g`ri keladigan 5 ta pardachasimon o`simta bor, ko`pchiligida (lekin hammasida emas) Gulkosachaga to`g`ri keladigan bir talay sodda yoki murakkab tukchalar, goho qilchalar bo`ladi: ular mevada saqlanib qoladi va o`sib, popuk yoki qanotchaga aylanadi, bular mevalarning shamol yordamida tarqalishiga yordam beradi. Gulotjbarglari xamisha qo`shilib o`sadi, har xil shakilda, aktinomorf yoki zigomorf bo`ladi. Eng ko`p tarqalgan gultoj shakli naysimon yoki tilsimon.
Bo`tako`zlar -(Centaurea ) degan kattagina avlodning ko`pchilik turlari o`rta dengiz oblastlarida uchrasa 100 yaqin turi boshqa joylarda uchraydi. Ularning savatchasi chetidagi gullari shaklan voronkaga o`xshaydi va jinsiz bo`ladi.
Sikoriylar-( Cichorium) degan kichkina avloddan sobiq ittifoqning o`rta va janubiy mintaqasida yalangliklarda, yo`l chetlarida yovvoyi holda o`sadigan (C.titybus) ko`proq tarqalgandir. Bu ko`p yllik o`simlik chiroyli havo rang gullar chiqaradi va yo`g`on ildizli xillari bir yillik ekin tariqasida ekiladi. Uning ildizlari qovurilib surogat kofe o`rnida ishlatiladi, shunigdek tabiiy kofega qo`shiladi (10-20%)shunda kofe ancha qorayadi va mazasi taxirroq bo`lib qoladi. (Glikozid intibit).
\
Xulosa
Xulosa qilib aytganda: Bu avlodning endiviy degan boshqa turi sabzavot qatorida ekiladiKattaligini qoqio`tlar avlodidan hamma joyda uchraydigan juda polimorf yig`ma turdir. Uning ildizlari meditsinada va surrogat kofe tayyorlash uchun qo`llaniladi, ba`zi xillari esa taxirroq barg, beradigan sabzavot o`simligi qatorida ba`zan ekiladi. Bu oila vakillari efir moyiga boy bo`lgandan ularning ko`pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Mas. Mavrak(muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa sanoatida, ovqat va likor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo`llaniladi

Adabiyotlar:





Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin