Misol. Takrorlash operatorining ichma-ich joylashuviga misol sifatida 20 gacha bo‘lgan sonlarning tub son yoki murakkab son ekanligi haqidagi ma’lumotni chop qilish masalasini ko‘rishimiz mumkin:
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
const int m=20;
int n[m];
int i,j,f;
for(i=0; i<=m; i++)
n[i]=1;
for(i=2; i<=m/2; i++)
{
if (n[i]==1)
{
for(j=i+1; j<=m; j++)
if (n[j]==1)
if (j%i==0)
n[j]=0;
}
}
for(i=2; i<=m; i++)
{
if (n[i]==1)
cout<
else
cout< }
return 0;
}
Natija:
Takrorlash operatorida qavs ichidagi ifodalar bo‘lmasligi mumkin, lekin sintaksis ‘;’ bo‘lmasligiga ruxsat bermaydi. Shu sababli, eng sodda ko‘rinishdagi takrorlash operatori quyidagicha bo‘ladi:
for (;;)
cout <<”Cheksiz takrorlash…” ;
Agar takrorlash jarayonida bir nechta o‘zgaruvchilarning qiymati sinxron ravishda o‘zgarishi kerak bo‘lsa, takrorlash ifodalarida zarur operatorlarni ‘,’ bilan yozish orqali bunga erishish mumkin:
for(int i=10; j=2; i<=20; i++; j=i+10) {...};
Takrorlash operatorining har bir qadamida j va i o‘zgaruvchilarning qiymatlari mos ravishda o‘zgarib boradi.
Xossa:
Shart takrorlashning keyingi qadami boshlanishidan oldin tekshiriladi, agar
u yolg‘on bo‘lsa takrorlash bajarilmaydi;
o‘zgartirish (sarlavhaning uchinchi qismi) takrorlashning navbatdagi qadamining oxirida bajariladi;
Agar shart yolg‘on bo‘lmasa takrorlash to‘xtovsiz ishlashi mumkin (takrorlash ichiga tushib qoladi)