Misol. Takrorlash operatorining ichma-ich joylashuviga misol sifatida 20 gacha bo‘lgan sonlarning tub son yoki murakkab son ekanligi haqidagi ma’lumotni chop qilish masalasini ko‘rishimiz mumkin:
#include
Takrorlash operatorida qavs ichidagi ifodalar bo‘lmasligi mumkin, lekin sintaksis ‘;’ bo‘lmasligiga ruxsat bermaydi. Shu sababli, eng sodda ko‘rinishdagi takrorlash operatori quyidagicha bo‘ladi:
for (;;)
cout <<”Cheksiz takrorlash…” ;
Agar takrorlash jarayonida bir nechta o‘zgaruvchilarning qiymati sinxron ravishda o‘zgarishi kerak bo‘lsa, takrorlash ifodalarida zarur operatorlarni ‘,’ bilan yozish orqali bunga erishish mumkin:
for(int i=10; j=2; i<=20; i++; j=i+10) {...};
Takrorlash operatorining har bir qadamida j va i o‘zgaruvchilarning qiymatlari mos ravishda o‘zgarib boradi.