Kirish Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish



Yüklə 45 Kb.
səhifə10/10
tarix13.05.2023
ölçüsü45 Kb.
#113129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi tizimi va ichki

nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir;

  • korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi - tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir;

  • nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.

    Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi jiddiy xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.
    Nazorat muhiti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi.
    Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat:

    • siyosat va boshqaruv uslublari;

    • korxonaning boshqaruv tuzulmasi;

    • direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati;

    • boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari;

    • nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit;

    • kadrlar siyosati va amaliyot;

    • tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati).

    Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, hujjatlarni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’liq muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar teztez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar tomonidan bajarilishiga olib keladi. Shuning uchun ham buxgalteriya xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt deb baholanadi.
    Ichki nazorat tizimi samarali bo’lishi uchun funktsional mas’uliyatlar yoki xizmat vazifalarining etarli darajada taqsimlanishi juda muhimdir. Bu nazorat amallari samaradorligining muhim sharti hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat:

    • xo’jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etish. Bu vazifani xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirish huquqiga ega xodimlar bajaradilar. Ruxsat etish ma’lum turdagi muomalalar (masalan, barcha turdagi sotish)ga taalluqli, umumiy, yoki maxsus (masalan, muhim aktivni sotishga ruxsat etish) bo’lishi mumkin.

    • xo’jalik muomalalarini ro’yxatga olish. Ko’pchilik korxonalarda xo’jalik muomalalarini yozish (hisob yuritish) va hisobot ishlari kompyuter yordamida bajariladi;

    • xo’jalik faoliyatida korxona mablag’larining saqlanishini ta’minlash. Bunda korxonaga tegishli aktivlarga haqiqatda egalik qilish yoki ular ustidan nazorat o’rnatish nazarda tutiladi;

    • schyotlarda aks ettirilgan summalarni va haqiqatda mavjud aktivlarni vaqtivaqti bilan taqqoslab turish. Bu erda aktivlarni muntazam inventarizatsiya qilish va tafovutlar aniqlangan hollarda tegishli choralarni qo’llash tushuniladi.

    Xizmat vazifalarining mos kelmasligi - bu shunday kombinatsiya bo’lib, unda xatoga yo’l qo’ygan yoki axborotni buzib ko’rsatgan xizmatchi o’zining oddiy faoliyati chog’ida bu faktlarni yashirishi mumkin. Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, xizmatchilardan hech biri yuqorida sanab o’tilgan to’rtta funktsiyaning ikki yoki undan ortig’ini bajarmasligi lozim. Birinchi va to’rtinchi funktsiyalar boshqaruv, ikkinchi funktsiya hisob, uchinchisi esa saqlash funktsiyasi hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida taqsimlash ikkita afzallikka ega.

      1. ishlarni muvofiqlashtirish (bitta xo’jalik muomalasining turli jihatlarini ko’rib chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va to’g’rilash osonlashadi.

      2. axborotlarni buzib ko’rsatish qiyinroq bo’ladi, chunki bu ikki yoki undan ortiq ishchi shaxslarning til biriktirishini talab etadi.

    Xulosa
    Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda, xoʻjalik yurituvchi subyektning maʼmuriy axborotida ichki nazorat boʻyicha majburiyatlarni tartibga solish va mustahkamlash zarur degan xulosaga kelish mumkin. Afsuski, bugungi kunda barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ayniqsa, kichik biznes segmentidagi kompaniyalar ichki nazorat xizmatlariga ega emas. Shu bilan birga, ichki nazorat tashkil etilgan kompaniyalarda koʻpincha uning samaradorligi tahlil qilinmaydi [19-32]. Ichki nazorat boshqaruvning asosiy funksiyalaridan biri boʻlib, u boʻlmaganda xoʻjalik yurituvchi subyektni samarali boshqarish mumkin emas. Resurslardan samarali foydalanish uchun yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradigan ichki nazoratdir. Har qanday xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqaruv tizimi buxgalteriya hisobi va nazorat tizimlari bilan uzviy bogʻliqdir. Boshqaruvda buxgalteriya hisobi va nazoratning mavjudligi iqtisodiy hayotning har bir haqiqati, shu jumladan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq maʼlumotlarni yaratish zarurati bilan izohlanadi, bu esa xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beradi. Shuni taʼkidlash kerakki, barcha foydalanuvchilar guruhlari ichki nazorat va buxgalteriya xizmatlari tomonidan yaratilgan maʼlumotlarga teng kirish imkoniyatiga ega emaslar. Odatda, maʼmuriyat axborotdan cheksiz foydalanish va unga kirish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin. Shuning uchun ichki nazorat iyerarxiyaning turli darajalarida, uning toʻliqligi, shakli va mazmuni boʻyicha turli talablar bilan boshqaruv maqsadlari uchun zarur axborotni taqdim etish imkoniyatini amalga oshirish uchun tashkil etilishi kerak. Xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqaruv tizimidagi ichki nazorat faqat boshqa boshqaruv funksiyalari bilan birgalikda samarali faoliyat koʻrsatishi mumkin. Nazorat, buxgalteriya va analitik jarayonlarning aloqasi boshqaruvning axborot taʼminoti muammosini eng yaxshi hal qilish imkonini beradi.
    Nazorat qilib turish nazorat muhitining muhim elementi hisoblanadi. Korxonada hisob funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va kompyuter tizimi bajarishi mumkin. Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini ta’minlash e’tiborga molik. Kreditlash bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi nazoratchi, masalan, debitorlar schyotlaridagi saldolarni nazorat schyoti ma’lumotlariga vaqti-vaqti bilan taqqoslab turishi mumkin. Bo’linmalar rahbarlari yoki nazoratchilari xizmatchilar tomonidan topilgan xatolarni tuzatishlari, shuningdek, korxonadagi hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va ruxsat etishi mumkin. Nazorat o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki nazorat tizimi faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi.
    Tomonlar o’rtasida kelishilgan dastur bajaradigan ishlar (xizmatlar) hajmi va qiymatini aniqlashda asos bo’lib, quyidagi shakldagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi:
    ADABIYOTLAR RO’YXATI

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent sh., 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475-sonli.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»”gi qarori. Toshkent sh., 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli.
    3. Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonuni. Toshkent sh., 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli.
    4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi.
    5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori. Toshkent sh., 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611 sonli.
    6. Sarvarbek Rasuljonovich Abduazizov (2021). DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI. Scientific progress, 2 (8), 250-256.
    7. Abduraximov, Boburjon Umarjon Oʻgʻli, Qudbiyev, Nodir Tohirovich, & Mominov, Ikromjon Luxmonjon Oʻgʻli (2021). AYLANMA MABLAGʻLARNI BOSHQARISH TIJORAT KORXONASI MUVAFFAQIYATINING ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 724-733.
    8. Qudbiyev, N. T. (2021). Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga oʻtish dolzarbligiRelevance of the transition to international financial accounting standards. SJ international journal of theoretical and practical research, 1(2), 56-64.
    9. Durdona Adashboy Qizi Razzaqova (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2 (8), 243-249.
    10. Tohirovich, Q. N. (2021). International financial accounting standards in Uzbekistan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 328-333.
    11. Shaxrinoz Avazxonovna Kurbonova (2021). MAHSULOT TANNARXI HISOBIGA OLISHDA BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Scientific progress, 2 (8), 603-607.
    12. Ugli, A. B. U., Tohirovich, Q. N., Khatamovna, R. S., & Nigoraxon, M. (2021). Current Assets and Their Role in Company Activity. Journal of Marketing and Emerging Economics, 1(7), 25-30.
    13. Давлятшаев, А. А. (2021). Процессы Интернационализации и Их Роль в Развитии Межвузовских Отношений. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 48-55.
    14. Kunduzova, K. I. (2020). Ways to attract investment and improve its accounting. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 216-221.
    15. Shokiraliyevich, G. I. (2021). Role of information and communication technologies in accounting and digital economy. South Asian Journal Of Marketing & Management Research, 11(5), 17-20.
    16. Abduxalimovna, A. Z., & Nabiyevich, I. I. (2021). Organization of Long-Term Asset Accounting on the Basis of International Standards. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 86-92.
    17. Кудбиев, Д. (2021). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УЧЕТА АРЕНДОВАННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 119-124).
    18. Akbaralievich, P. E. A. (2021). Theoretical Bases Of The Organization Of Private Capital Accounting In The Republic Of Uzbekistan. EFFLATOUNIA-Multidisciplinary Journal, 5(2).
    19. Якубов, В. Г. (2021). ПОВЫШЕНИЕ КАЧЕСТВА ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(7), 37-40.
    20. Kumrikhon, K., & Azizhon, K. (2021). Issues of Improving the Audit of Insurance Organizations. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 25-30.
    21. Исманов, И. Н., & Савинова, Г. А. (2021). Сопоставление Некоторых Аспектов Национальных Стандартов Бухгалтерского Учета и МСФО. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 14-19.
    22. Kadirov, A. M. (2018). The role of labor resources in ensuring the economic sustainability of oil and gas industry companies in Uzbekistan. Экономика и предпринимательство, (11), 398-402.
    23. Kadirov, A. (2018). INTERNAL FACTORS AFFECTING THE ECONOMIC SUSTAINABILITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES. SCIENTIFIC RESEARCHES FOR DEVELOPMENT FUTURE, 47.
    24. Кадиров, А. М. (2021). МОДЕЛЬ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ НА ОСНОВЕ СИСТЕМЫ КОНТРОЛЛИНГА.
    25. Кадиров, А. (2021). САНОАТ КОРХОНАЛАРИНИНГ ИҚТИСОДИЙ БАРҚАРОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА КОНТРОЛЛИНГ ТИЗИМИ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ. Иқтисодиёт ва таълим, (3), 152-158.
    26. Juraboevich, B. N. (2021). Products in Manufacturing Enterprises the Essence of Quality Management. International Journal of Development and Public Policy, 1(5), 117-118.
    27. O’g, B. O. T. N. (2021). THE ROLE OF QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN INCREASING PRODUCT QUALITY IN ENTERPRISES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(12), 228-233.
    28. Гуломхасанов Э. М., Каримов К., Лазизова М. РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ НА ТЕРРИТОРИИ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ ПОСЛЕ КРИЗИСА COVID-19 //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 474-478.
    Yüklə 45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin