Kirish Tóxtasin Jalilov hayoti va ijod yoʻli T. Jalilov ijodiga mansub musiqali dramalar Tohir va Zuhra musiqali dramasi tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 32,82 Kb.
səhifə5/7
tarix03.06.2023
ölçüsü32,82 Kb.
#124166
1   2   3   4   5   6   7
Tóxtasin Jalilov

Musiqali komediya - kulgili, hajviy mazmun asosida (frans. vodevil, neminiatura zingshpil, ital. buff opera, operetta kabi) yaratilgan musikaviy sahna asari. Tarkiban muyeshali dramata yaqin boʻlsada, lekin undan musiqiy tili va hajviy mazmuni bilan ajralib turadi. Bu janrning ildizlari qadim zamonlarga, Sharq va Gʻarb xalqlarining ogʻzaki ijodiyoti, qiziqchi va masharabozlar sanʼatlariga borib taqaladi. Oʻzbekistonda Musiqali komediya yuzaga kelishi, musiqali dramaning jadal rivoji, mavzu doirasining kengayishi bilan uzviy bogʻliq. Dastlab (1920 yillar oxirida) hajviy syujetga asoslangan musiqali spektakllar qoʻyilib, ularga musiqalarni rejissyor (baʼzan dramaturg)lar oʻzbek xalq kuy va qoʻshiq (xususan lapar, yalla)laridan tanlashgan. Hamzaning "Qarmoq" va "Maysaraning ishi", K. Yashinning "Aji-aji", Xurshidning "Yomon oʻgʻil", "Tullak", "Bahor", B. Xalilning "Oshiqlar", S. Abdullaning "Uzunquloqli qazrat" kabi asarlari shu tarzda sahnalashtirilgan. 1940-yillar oxirida oʻzbek Musiqali komediyasi mustaqil janr sifatida shakllandi. Asardagi mavzu va gʻoya hajviy-yumoristik vaziyat, xrlat, harakterlar bilangina emas, balki ularga monand musiqa (yakka qoʻshiq, ashula, xor va raqsbop kuylar) vositasida ifodalandi: xalq teatri xususiyatlari, dialoglarda askiya anʼanalariga keng tayanildi. Uygʻun va MINIATURA Leviyevning "Oltin koʻl" (1949) asari Musiqali komediyaning ilk yuksak namunasidir. 50—60-yillarda Musiqali komediyaga eʼtibor kuchayib, mazkur janr oʻzbek bastakor va kompozitorlari ijodidan mustahkam oʻrin egalladi. Mac, H. Gʻulom pyesalari asosida MINIATURA Leviyev "Toshbolta oshiq", "Ajab savdolar", Gʻ. Gʻulom pyesasi asosida "Zamonali va Omonali", H. Muhammad pyesasi asosida "Toshkentning nozanin malikasi", J. Jabborov pyesalari zaminida Ik. Akbarov "Oʻjarlar" va "Yillar oʻtib", Turob Toʻla pyesasi asosida "Qizbuloq", K. Shangʻitboyev asari asosida A. Muhammedov "Jon qizlar" Musiqali komediyalari yaratilgan. Keyinchalik MINIATURA Tojiyev ("Chol va kampir"), MINIATURA Mahmudov ("Hiylai shaʼriy", "Toʻylar muborak"), MINIATURA Bafoyev ("Yettinchi jin"), F. Olimov ("Soyibxoʻja operatsiyasi", "Superqaynona") kabi kompozitorlar Musiqali komediya janrida muvaffaqiyatli ijod qilishdi.

Yüklə 32,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin