2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta'limni rivojlantirish uchun o'tgan yili 19 ta yangi oliy o'quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli horijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko'p talaba o'qishga qabul qilindi.
2020 yil “ Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili da quyidagi ishlar ko'zda tutildi : Oliy ta'lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ta'lim yo'nalishlari va o'qitiladigan fanlar qayta ko'rib chiqish. Mutaxassislikka aloqasi bo'lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirish. Oliy ta'limda o'quv jarayonini kredit-modul tizimiga o'tkazish. Joriy yildan pedagogik ta'limning 6 ta yo'nalishi bo'yicha o'qish muddati 3 yil qilib belgilash Oliy o'quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik berish. Joriy yilda ularning 10 tasi o'zini o'zi moliyaviy ta'minlashga o'tadi. Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta'lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta'lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformasiya qilishni boshlash
Joriy yilda “El -yurt umidi" jamg'armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o'qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.