"Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda
qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga
monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs
manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada
ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi. Ayni vaqtda boshqa
odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l
quyilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga bo'ysunish bir vaqtning
o'zida amal qiladi, bir-birini to'ldiradi va bir-birini taqozo etadi.
Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro
huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha
odamlar qonunlarga so'zsiz rioya qilishlari shart".
Dostları ilə paylaş: