Kiruvchilar uchun kimyo fanidan


Eritmalarni aralashtirishga doir masalalar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə19/61
tarix28.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#59918
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
To\'garak kitobi 1

23. Eritmalarni aralashtirishga doir masalalar

1. Zichligi 1,065 g/ml bo’lgan o’yuvchi kaliyning 8% li 5 l eritmasini tayyorlash uchun, 40% li eritma va suvdan necha grammdan olish kerak?


2. Zichligi 1,09 g/ml bo’lgan nitrat kislotaning 16% li 200 ml eritmasini tayyorlash uchun, 63% li eritma va suvdan necha grammdan olish kerak?
3. Zichligi 1,15 g/ml bo’lgan xlorid kislotaning 30% li 600 ml eritmasini tayyorlash uchun, 40% li eritma va suvdan necha grammdan olish kerak?
4. 300 ml zichligi 1,84g/ml bo’lgan 98%li sulfat kislotaga qanday massa(g) suv qo’shilganda 24% li eritma hosil bo’ladi?
5. 250 ml zichligi 0,9g/ml bo’lgan 26% li ammiakka qanday massa (g) suv qo’shilganda 10% li eritma hosil bo’ladi?
6. 500 ml zichligi 1,2 g/ml bo’lgan 26% li ortofosfat kislotaga qanday massa (g) suv qo’shilganda 15 % li eritma hosil bo’ladi?
7. 35 g 25 % li eritmadan 32 % li eritma tayyorlash uchun unga 70 % li eritmadan qancha qo’shish kerak?
8. 500 g 10 % li eritmadan 50% li eritma tayyorlash uchun unga 90 % li eritmadan qancha qo’shish kerak?
9. 220 g 40 % li eritmadan 65 % li eritma tayyorlash uchun unga 80 % li eritmadan qancha qo’shish kerak?
10. 600 g 60 % li eritma tayyorlash uchun 75% li va 25% li eritmalardan qanchadan (g) kerak bo’ladi?
11. 320 g 50 % li eritma tayyorlash uchun 98% li va 5% li eritmalardan qanchadan (g) kerak bo’ladi?
12. 400 g 25 % li eritma tayyorlash uchun 63% li va 12% li eritmalardan qanchadan (g) kerak bo’ladi?
13. 200 g 40 % li eritmaga 400 g 10% li eritma aralashtirildi. Aralashmaning massa ulushini (%) topimg.
14. 500 g 35 % li eritmaga 250 g 60% li eritma aralashtirildi. Aralashmaning massa ulushini (%) topimg.
15. 260 g 90 % li eritmaga 230 g 30% li eritma aralashtirildi. Aralashmaning massa ulushini (%) topimg.
16. 20% li 300 g xlorid kislota eritmasiga qanday hajm (n.sh.l) vodorod xlorid yuborilganda 35% li eritma xosil bo’ladi?
17. 15% li 450 g ammiak eritmasiga qanday hajm (n.sh.l) ammiak yuborilganda 25% li eritma xosil bo’ladi?
18. 18% li 80 g sulfid kislota eritmasiga qanday hajm (n.sh.l) vodorod sulfid yuborilganda 33% li eritma xosil bo’ladi?



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin