Kiruvchilar uchun


Berilgan so'zlardan nechtasi modal so'z hisoblanmaydi? xayriyat



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix30.01.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#81716
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Тест био-хим

14. Berilgan so'zlardan nechtasi modal so'z hisoblanmaydi?
xayriyatxalosxullasavvalbirdanafsuskihaqiqatdanbarakallo 
A) beshtasi B) uchtasi C) oltitasi D) to'rttasi 
15. Quyida berilgan gaplarning qaysilari aralash murakkab qo'shma gap 
sanaladi?
1. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetsagina, 
olam tinch, dunyo farovon bo'ladi. 2. Tabiatga bunday mehrni mening 
qalbimga onam solib qo'ydi va menda go'zallikni sevish, xushfe'l, 
xushtabiatli bo'lish, ozoda yurish kabi xislatlar uyg'ondi. 3. Havo ochiq, 
quyosh tuzukkina ko'tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta'siri yo'q, bu 
kungi qora sovuq quyosh kuchini-da kesgan edi. 
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 3 
16. Qaysi javobdagi juftlik o'zaro bir umumiy ma'noni ifodalay olmaydi? 
A) ganch-boylik B) gangimoq-esankiramoq C) norg'ul-barzangi D) 
tanti-mard 
17. Yer uzra qo'ndi oqshom, oy shu'lasi bir mayin,
Kel, oppog'im, kel,erkam, men seni allalayin.
Dudog'ing guldan xushbo'y, yuzlaring undan xushro'y,
Kel oppog'im, bag'rimga jajji boshginangni qo'y.
She'riy parchadagi vergullarning qo'llanishi haqidagi hukmlardan qaysilari 
to'g'ri?
1. Vergul undalmalarni ajratish uchun qo'llangan. 2. Uyushiq ega 
qatnashganligi uchun vergul qo'llangan. 3. Ajratilgan bo'laklar mavjudligi 
uchun vergul qo'llangan. 4. Vergul qo'shma gap qismlarini ajratish uchun 
qo'llangan 
A) 1, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 4 D) 2, 3 
18. Kesim haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang.
1) gapning markazi hisoblanadi; 2) barcha bo'laklar unga bevosita 
bog'lanadi; 3) tasdiq yoki inkor ma'nosini ifodalaydi;
4) zamon, mayl, shaxs -son ma'nolari bilan shakllanadi 
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 
19. Vositasiz to'ldiruvchi yasama fe'l bilan ifodalangan vositasiz to'ldiruvchiga 
tobelangan gapni aniqlang. 
A) Dangasaning nonni yeyishini ko'r. 
B) Radiodan taralayotgan kuy qalblarga orom bag'ishlar edi. 
C) Nonni ta'riflashga har qanday so'z ojizlik qiladi. 
D) Bolalar ota-onani, ustozni hurmat qilishlari kerak. 
20. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasini bajargan fe'l tarkibida nisbat qo'shimchasi 
qo'llangan? 
A) Poyonsiz dalalaringni, olamdagi bor go'zallikni o'z bag'rida yashirib 
yotgan bog'laringni sevamiz, jonajon Vatan! 
B) Amu bilan Sirdan suv ichgan, Zarafshonni loylatib kechgan 
Chavandozlar bordir bu elda. 
C) Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko'ylagiga qadaladigan o'n-
o'n beshta tugma sochilib yotibdi. 
D) Yomg'irdan keyin paydo bo'ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni 
yettita ipga tortib tuzganga o'xshaydi. 
21. Kesim haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang.
1) gapning markazi hisoblanadi; 2) barcha bo'laklar unga bevosita 
bog'lanadi; 3) tasdiq yoki inkor ma'nosini ifodalaydi; 4) zamon, mayl, shaxs 
-son ma'nolari bilan shakllanadi 
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 4 D) 2 
22. Quyida berilgan qaysi so'zlarning yetakchi morfemasi va yasalish asosi bir 
xil shaklda bo'ladi?
1) salomlash; 2) temirchilik; 3) kulochilik; 4) ustachilik; 5) atama 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin