Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə17/18
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#195393
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2 5366431636281897734

1.3.2-jadval


Ba‘zi mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesni rivojlanish darajasi28



Mamlakatlar





KO‘Blar soni (ming birlikda)

har 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi KO‘Blar soni



KO‘Blarda bandlarning umumiy bandlar sonidagi ulushi, % da

KO‘Blarning YaIM dagi ulushi, % da

Buyuk Britaniya

2930

46

49

50-53

Germaniya

2290

37

46

50-54

Italiya

3920

68

73

57-60

Fransiya

1980

35

54

55-62

Yevropa Ittifoqi
mamlakatlari

15770

45

72

63-67

AQSh

19300

74

54

50-52

Yaponiya

6450

50

78

52-55

O‘zbekiston

384

13,4

69,3

47-50




28 А.Блинов. Условия регулирования малого бизнеса. \\Российский экономический журнал. № 7 , 1998 г.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinadiki, eng ko‘p kichik biznes subyektlari soni bo‘yicha AQSh (19 mln. 300 ming) va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (15 mln. 770 ming); har 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi kichik biznes subyektlar soni bo‘yicha AQSh (74 ta), Italiya (68 ta), Yaponiya (50 ta); bandlikdagi ulushi bo‘yicha Yaponiya (78%), Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (72%), Italiya (73%) hamda O‘zbekiston (69,3%) yetakchilik qiladi.
Respublikamizda xususiy tarmoqning jadal rivojlanishi, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko‘payishini ta‘minlash, kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishdan iborat ekanligi belgilab berilishi tadbirkorlik faoliyati sohasida ulkan imkoniyatlar yaratildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar keng qamrovli va chuqur ekanligi soliq siyosatini yanada takomillashtirib borishni kun tartibidagi dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Bu borada davlat byudjeti xarajatlari o‘z vaqtida moliyalashtirilishi uchun iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish muammosini o‘rganish, soliqqa tortishning rag‘batlantiruvchi va tartibga soluvchi rolini kuchaytirish, samarasiz davlat xarajatlarini qisqartirish va ularni muqobillashtirish, soliq tizimini majmuaviyligini va oshkoraligini, byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash kerak.
Hududlar iqtisodiy barqarorligini ta‘minlashda kichik biznesning o‘rnini yanada oshirish, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ularning hududlardagi joylashuviga muvofiq qo‘shimcha soliq imtiyozlari va preferentsiyalari berilishi maqsadga muvofiq. Shu orqali mamlakatimizning chekka hududlarida ishlab chiqrish va xizamt ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga erishish mumkin.
Hududlаrdа kichik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlik uchun yarаtib bеrilаyotgаn shаrt-shаrоitlаr, iqtisоdiy siyosаtning аdоlаtlilik prinsipi аsоsidа оlib bоrilаyotgаni, shuningdеk, hududiy invеstisiоn dаsturlаrning o‘z vаqtidа to‘g‘ri vа tеzkоrlik bilаn tаtbiq etilishi iqtisоdiyotdа yangi ish
o‘rinlаrining ko‘pаyishigа, оqibаtdа esа, ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnishning tа‘minlаnishigа хizmаt qilmоqdа.
Jаhоn bаnki vа Хаlqаrо mоliya kоrpоrаsiyasi ekspеrtlаri tоmоnidаn tаqdim etilgаn jоriy yilgi hisоbоtdа 10 tа ko‘rsаtkichdаn sеzilаrli rаvishdа yaхshilаngаnlаri sifаtidа quyidаgilаrni kеltirish mumkin: qurilishgа ruхsаtnоmаlаr оlish (147-o‘rindаn 135-o‘ringа) +12; minоritаr invеstоrlаrni himоya qilishdа +16 pоg‘оnа (78-o‘rindаn 62-o‘ringа); mulkni ro‘yхаtgа оlishdа
+8 pоg‘оnа (81-o‘rindаn 73-o‘ringа); sоliqlаrni to‘lаshdа +61 pоg‘оnа (139- o‘rindаn 78-o‘ringа) vа хаlqаrо sаvdоdа -2 pоg‘оnаgа (166-o‘rindаn 168- o‘ringа) siljish kuzаtildi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin