Kitob o`qishni tashlamang
Ichki olamingizni hech narsa kitobchalik benazir boyita olmaydi. Ruhiyatingizni hech narsa kitobchalik, o‘qish o‘rganish, meh-natchalik muvozanatga, to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi. Intellektual rivojlanishda kitob asosiy o‘rinni tutishi haqida juda ko‘p eshitgansiz, albatta. Chunki kishining o‘zini o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o‘zingizni ko‘rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma’lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Dugonalaringizning ayrimlari bir kechada bir romanni «tu-shirib» kelganlari haqida maqtanib gapirishadi. Buning nimasi yaxshi? Nima o‘rganishdi? Nima bilishdi? Shu kitobning qahra-moni bo‘lgan «yigit» + «qiz»ning muhabbat yo‘lining «boshlani-shi» va «tugashini» kuzatishdi, xolos.
Hayotda odam yolg‘iz o‘zi yashay olmaydi-ku! Odamlar, muhit, tabiat bilan munosabatda bo‘ladi. Ana shu munosabatlarda qiynalgan, to‘g‘ri yo‘l izlagay paytda suygan kitobimizga, ruhiyatimizga ruhi yaqin bo‘lgan qahramonlar kechinmasiga murojaat qilamiz. Ba’zan ulardan quvvat olib, hozir bizga ogir bo‘lsa ham, ular tutgan yo‘lni tutamiz. Negaki, bilamiz, shu qahramon boshida qiyinchilik kurgan bo‘lsa ham, uni iroda bilan yengib o‘tgach, yuragi ancha halovat topadi. Demak biz undan iroda, sabot, ma’lum darajada kechirimli bo‘lishni, chekinishni o‘rgandik, evaziga halovat topdik, ya’ni ruhiy muvozanatimizni to‘g‘riladik. Haligi, kitobdan faqat «qiz» + «yigit»ning muhabbat chizig‘ini kuzatgan dugonangiz shu chiziqning nima bilan tugaganini bildi, xolos. Ertalab qahramonlarning «topishishgani» yoki «ajralishgani» haqida sizga xabar berdi. U hatto qahramonlarni «oqlash» yoki «qoralash»ga ham ojiz. Chunki ularni boshqalar bilan munosabatda, ya’ni insonning ichki va tashki murakkabligi jarayonida ko‘rmadi-da. Ularning u yoki bu harakati zaminida nima yotganini bilmaydi.
Kitobni bunday o‘qigan qizlar — hayotni, atrofii, odamlarni kuzata bilmaydigan, mushohada qila bilmaydigan, hayotda ham mustaqil fikriga, irodaga, mulohazakorlikka ega bo‘lmagan in-songa aylanib qolishlari oson. Ayrim shunday dugonlaringiz haqida «yengil uchib yurgan kapalakka o‘xshaydi» deyishganini ham eshitgandirsiz. Bu sizning yoshingizda eshitish nojoiz bo‘lgan sifat. Lekin, shunday uchib kelib, hayot ustidan uchib ketadiganlar toifasi ham borda. O‘qiydigan kitoblaringizda ular obrazi ham juda ko‘p.
Kitob bizga ulkan ta’sir ko‘rsatib, juda katta, chuqur hayotiy tajriba berishini qayd etar ekan, akademik D. S. Lixachev quyi-dagilarni ta’kidlaydi: «U kishini ziyoli qiladi, unda guzallik tuyg‘usinigina emas, hayotni, uning butun murakkabliklarini tushuntirish kabi qimmatli tuyg‘uni rivojlantiradi, boshqa davrlar va boshqa xalqlarni tushunishda yo‘lboshchilik qiladi, sizga kishilarning qalbini ochib beradi. Bir so‘z bilan aytganda, sizni donishmand qiladi». Shuning uchun kitob o‘qishni tashlamang. Yoshliqsa, hozir undan olgan barcha yaxshi fazilatlarni bir umr qalbingizda saqlab qoling.