w www.oriens.uz November 2021 Podiumda aftunkor, nozik qaddi-qomatli modellar
etak qismi keng, bel qismi esa kamar, belbog’ va
tasmalar bilan noziklikni aks ettirgan nafis liboslar
to’plamini namoyish etgan. Bunday siluet moda
olamida revolyutsiya bo’lishiga sabab bo’ldi.
Kolleksiyada Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy
yoki mehnat liboslarida yashiringan ayollarning
nozikligi va jozibasiga urg’u berilgandi. Trapetsiya
shaklidagi pastki qismi oqshom libosidek keng, bel
qismi ingichka qilib bichilgan liboslarni kiygan
ayol o’zini alohida bilib quvonsa, bejirim libosdagi
go’zal sarvqomat atrofidagilar ko’zini ikki karra
ko’proq quvontirgan. Urushning dahshatidan
go’zallik nimaligini unutib qo’ygan insonlar
“Orzular dizayneri” ning ishlaridan estetik zavq olgan. Ushbu to’plamda
tomoshabinlarga belni ta’kidlaydigan korset va belbog’li bekamu-ko’st liboslar
taqdim etildi. Podiumga chiqqan barcha modellar ko’ylaklar va kostyumlar
kiyishgan, nozikbeli esa mahkam bog’langan edi. Qattiq ramkali yaltiroq yubkalar
teskari o’ralgan gulli idishga o’xshardi. Dior ularni mutlaq uyg’unlik va go’zallik
ramzi deb bildi. Chiroyli uslub fransuz dizayneriga misli ko’rilmagan muvaffaqiyat
keltirdi. Amerikaning "Harper’s Bazaar" jurnali birinchi marta Christian Dior
uslubida mustahkam o’rnashgan"New look" nomini yangratdi. Shu yilda "Harper’s
Bazaar" jurnali bosh muharriri Karmel Snou o’z hayratini bildirib, o’z fikrini taqdim
etdi: "Bu haqiqiy inqilob, aziz nasroniy, sizning liboslaringiz yangi yo’nalishni
anglatadi,"deya Diorga yuzlandi. 1947- yil, qanday og’ir yillar, yaqinda urush tugadi,
bu butun insoniyat uchun qayg’u va yo’qotishlarni keltirib chiqardi. Kambag’al va
eskirgan kiyimlardan keyin ayollar yana haqiqiy ayol bo’lishni orzu qilishdi. Shu
paytda bellari nozik, egri chiziqlari va dabdabali keng yubkalari bo’lgan Dior
to’plami katta burilish bo’ldi. Bu esa ko’p ayollarning orzulariga to’g’ri keldi.
Deyarli har bir ayol o’zini oxirgi marta qachon shunday kiyinganini eslay olmasdi.
Har bir ayol eskirgan, harbiy ruh ufurib turgan liboslarni, eng nazokatli kiyimlarga
o’zgartirib, hayotda baxtni his qilishni xohlardi. Harper’s Bazaar amerikalik nashri
bosh muharriri Karmel Snou bu to’plam va boshlangan uslubni "Yangi ko’rinish" deb
nomlagach Diorga qarata: “Siz to’ntarish qildingiz! Sizning ko’ylaklaringiz haqiqiy
ko’rinishga ega!” deya ta’kidladi. Ko’rinishidanto’plamdagi liboslar o’tgan asrlardan
kelib chiqqan bo’lib, faqat davr talablariga muvofiq ozgina o’zgargan edi. Go’yo