Bu esa o‘z-o‘zidan tilshunosligimizda har tomonlama qulay, zamonaviy elektron lug‘atlar, kompyuter dasturlari, onlayn darsliklar, maxsus platformalar yaratish vazifalari dolzarb masalalardan bir ekanligini ko‘rsatib turibdi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli ma’lumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim” Bundan tashqari, Yangi O‘zbekistonda hozir har birsoha raqamlashtirilmoqda. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Davlatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar tilshunoslar oldiga o‘zbek tilining lug‘at tizimini, so‘zlardagi ma’no torayishi, kengayishi, omonimiya, sinonimiya, antonimiya, paronimiya, graduonimiya, ko‘p ma’nolilik hodisalarini, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan tushuncha va terminlarni chuqurroq tadqiq etish vazifalarini qo‘ymoqda. Texnika taraqqiyoti tufayli qator davlatlarning o‘z milliy korpuslari yaratildi.

Iboralarning quyidagi xususiyatlari mavjud:
1. Iboralar ahamiyati va qo‘llanishi jihatidan, odatda, so‘zga tеng kеladi: kapalagi uchib kеtdi (cho‘chidi), og‘zing qani dеsa qulog‘ini ko‘rsatadi (lapashang)
2. Iboralar ko‘chma ma'no ifodalaydi va ta'sirchanlikka, obrazlilikka ega bo‘ladi. Masalan, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan iborasani o‘qigan odam o‘t yeb turgan qo‘y, uning og‘zidagi cho‘p kabi timsollarni ko‘z oldiga keltiradi. Yuvosh so‘zida esa bu kabi xususiyatlar yo‘q.
3. Iboralar gap tarkibida yaxlit ko‘rinishda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: yulduzni benarvon uradigan (yigit)- qanday (yigit)
4. Ayrim iboralar tarkibiga boshqa so‘zlarni kiritish yoki tarkibidagi so‘zlarni o‘zgartirish mumkin: ko‘zi tushdi - ko‘zi mеnga tushdi; burni ko‘tarilgan - burni ko‘tarilib kеtibdi - burni ko‘tarilibdi va h.
5. Iboralar ko‘proq so‘zlashuv va badiiy uslubda ishlatiladi. Ulardan unumli foydalanish nutqning ta'sirchanligini oshiradi.
6. Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: ishtahasi ochildi, dili siyoh bo’ldi. Iboralarning barchasi ko’chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik so’zga nisbatan kuchli bo’ladi.