Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar
Aholi yashash joylari ko’chalarining tasnifi
Tezkor ko'chalar —transport oqimlarining eng intensiv yo'nalishi ho'ylab, markaziy hududga urinma qilib quriladi. Harakat qismi to'la izolatsiyalangan mahalliy o'tish joylari mavjud bo'lib, barcha kesishmalar har xil darajada. Shuning uchun ular yuqori harakatlanish tezligiga va o'tkazish qobiliyatiga ega. Tashqi avtomobil yo'llariga io'g'ridan- to'g'ri chiqadi. Turar-joylar harakat qismidan kamida 50 m uzoqlashtiriladi. Tezyurar avtomobil yo'llariga talab nisbatan yaqinda paydo bo'ldi.
Beto ‘xtov magistral ko 'chalar. Bular tezyurar ko'chalaiga o'xshash, ammo bunga qo'yiladigan talablar kuchliroq, tezligi kamroq. Masalan, harakat qismi izolatsiyalanmagan bo'ladi. Tezyurar yo'llarining va beto'xtov magistral ko'chalarning eni - 80—140 m. Hisobiy tezlik 120 km/soat, burilish radiusi — 400-600 m.