Ixtirochilar tanlovi. Uzoq kutilgan tanlov boshlandi. Birinchi bo`lib, sahnaga Ibrohim ismli bola chiqdi.
- Men ko`p ixtirolar qilganman, -Ibrohim jiddiy ohangda gap boshladi. -Hozirda robotlarim qishloq xo`jaligida mehnat qilayapti.
- Xo`sh Ibrohim bus afar bizni nima bilan lol qoldirasiz? - deb so`radi hakamlarning biri.
Bolakay biroz hozirlandi. Uning ko`krak kerib turishidan biron olamshumul ixtiro qilganini payqash qiyin emas edi.
-Marhamat- Bog`bonrobot bilan tarnishing -dedi u qo`llarini ko`tarib.
Sahnaga to`rt g`ildirakli bir qarashda changyutgichni eslatadigan droid chiqib keldi. Bog`bonrobot sahna bo`ylab turli harakatlar qilib yurarkan, yosh ixtirochi g`oz turib unga ta`rif bera boshladi. Bog`bonrobot yirik bog`larda ishlash uchun yaratildi. Unga daraxtlarni sug`orish, hasharotlardan himoya qilish va hosilni yig`ib olish dasturi o`rnatilgan. So`ng Ibrohim bog`bonrobotga o`rnatilgan uskunalarni ham birma-bir tanishtirib chiqdi:
Bu qurilmaning qo`llari, - u robotning ikki yonidagi uzun-uzun qo`llarga ishora qildi. Ular bilan hosilni yig`ib olish mumkin. Temir qo`llar belkurak vazifasini ham bajaradi. Daraxt tagini yumshatish, uni sug`orish ham shu qo`llar bilan qilinadi. Robotning orqa tarafodagi maxsus naycha bilan dori purkaladi. Bu esa mevali daraxtni turli hasharotlardan himoya qilishi uchun zarur.
Tanlovga yig`lganlar bog`bonrobotni kuzatishardi. Ular ixtirochi Bolani “Otangga rahmat!”, “E, qoyil!” deb olqishlashardi.
Savollar:
Ibrohim sahnada o`zini qanday tutdi?
Ibrohim nima maqsadda robot yasagan edi?
Bog`bonrobot qanday ishlarni bajara oladi?
Ibrohimni o`rnida bo`lganingizda siz qanday robot yasagan bo`lardingiz?
(Galaktikada bir kun asaridan)
Teleskop
TELESKOP — Osmon jismlarini kuzatish uchun moʻljallangan optik asbob. Teleskop Oy, sayyoralar va yulduzlarning tasvirini kattalashtirib koʻrsatadi. Eng oddiy teleskop truba va ikkita maxsus shisha ya`ni linzalardan iborat bo`ladi. Linzalarning biri kuzatuvdagi jismni mo`ljalga oladi. Bu obyrktiv bo`lib, u orqali osmondagi jism teleskopda aks etadi. Ikkinchi linza okularning vazifasi esa yaqinlashtirib ko`rsatishdir. Linzalar kuzatilayotgan jism tasvirini yanada ravshanroq va kattaroq qilib ko`rsatishga yordam beradi .
Osmon jismlarini o‘rganishda buyuk vatandoshlarimiz Mirzo Ulug`bekning hissasi beqiyos. U 1420- yillarda Samarqanddagi rasadxonada eng yirik teleskopni yaratgan.
Mikroskop.
Mikroskop, zarrabin — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib ko`rsatadigan optik asbob.
Birinchi Mikroskopni 1609—1610 yillarda G. Galiley ixtiro qilgan . U mikroskop yordamida bakteriyalar va mayda kristallarni kuzatgan. Mikroskop meditsinada keng qo`llaniladi.