www. kokanduni.uz ayollari, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2,3 baravar ko‘paygan. «Ayni paytda ayollarning oliy
ta’lim darajasi kasbiy mashg‘ulligiga mos kelmaydi, –
deb yozadi D. Bobojonova,
–
Shu
narsa kishini ranjitadiki, ayollarning kam malakali yoki malakasiz mehnat bilan
mashg‘ulligi erkaklarga nisbatan ortiq. Respublika sanoati, qurilishi, qishloq xo‘jaligida qo‘l
mehnati bilan band bo‘lgan ayollar ulushi sobiq Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lgan.
Respublika sanoatida qo‘l mehnatining salmog‘i 35,3 % bo‘lgani holda, ayollar orasida
42,5 %ni tashkil qilgan. Akademik M.Sharifxo‘jaev yozganidek,«totalitar dunyo
«bozori»dan bizga boqimandalik va taqsimotga asoslangan iqtisodiy «qadriyat» meros
qoldi. Odamlar ongi, dunyoqarashi, ko‘nikmalari mutlaqo buzib yuborildi, shaxssizlik holati
butun jamiyatning illatiga aylandi. Ko
mmunistik mafkura bu borada o‘z manqurt
siyosatining samarasiga to‘la erishgan edi». Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida
O‘zbekiston xotin
-qizlarining ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
-madaniy hayotdagi
ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tarixiy ahamiyatga molik o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Birinchidan, ayollar ijtimoiy-
iqtisodiy faolligini ta’minlashning huquqiynormativ bazasi
shakllantirildi;
Ikkinchidan, ayollarning iqtisodiy va ma’naviy
-madaniy hayotdagi ishtirokini
ta’minlaydigan i
jtimoiy tizim tashkil qilindi;
Uchinchidan, jamiyatda ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok qilishi
uchun demokratik qadriyatlarni qo‘llab
-
quvvatlovchi ijtimoiy va ma’naviy
Ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy
-falsafiy mohiyatini ochib berish, ayollarning ijtimoiy-
iqtisodiy faolligini yanada oshirish
yo‘llarini aniqlash muhim masaladir.Ta’kidlash joizki,
mamlakatda ayollar tadbirkorligini, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yuksaltirishga oid bir qator
tadbirlarni ama
lga oshirayotgan siyosiy partiyalar bo‘lsada, ularning ko‘lami, salmog‘i va
a
yollarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishga ta’siri hali davr talablari darajasida emas.
Hozirgi davrda siyosiy partiyalar faoliyatida qatnashayotgan ayollar 40-44 % ini tashkil etadi.
Hozirgi zamon ilm-
fanida «faoliyat», «faollik», «ijtimoiy faollik» tushunchalari keng
qo‘llaniladi. Aslida, ushbu tushunchalar negizida insonning yon
-atrofga, ijtimoiy
munosabatlarga, olamni anglashga oid tajribasi, ya’ni faoliyati
yotadi.
Demak, «ijtimoiy faollik» tushunchasi «faoliyat» va «amaliyot» tushu
nchalari bilan
bevosita bog‘liq, hatto genezisi va etimologiyasi nuqtai nazaridan ulardan kelib chiqadi.
Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish, mustahkamlashga,
shuningdek ularni huquqiy jihatdan har tomonl
ama qo‘llabquvvatlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning 16 mamlakatida O‘zbekistonning biznes elchilari
tayinlangan. Tarixiy taraqqiyotga nazar solsak, yurtimiz tarixida tadbirkorlik qadim
zamonlardan buyon alohida o‘rin egallab
kegan. Jumladan, O‘rta Osiyo ayollarining qadimgi
tarixiy davrlardagi ijtimoiy mavqei va ularning hayot tarzi haqidagi ba’zi bir ma’lumotlar
qadimgi yunon tarixchisi Gerod
otning “Tarix”, Strabonning “Geografiya”, Abu Rayhon
Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni
lug‘otut turk” asarlarida uchratish mumkin. Ayollar tadbirkorligini qo‘llab
-quvvatlash
borasida mamlakatimizda ti
zimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori 13.08.2019
-yilda
qabul qilindi.