Yozma nutq. Boshlang‘ich sinf ona tili darsligidagi mashqlarda keltirilgan
topshiriqlarni
bajarish o‘quvchining yozma nutq haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi va yozma
nutqning charxlanishiga xizmat qiladi.Boshlang‘ich
sinflarda ta’limiy diktant turlari
o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.Ta’l
imiy diktantning sakkiz turi
darsning o‘tgan mavzuni takrorlash va yangi mavzuni mustahkamlash bosqichlarida o‘z
o‘rnida foydalanilsa, o‘quvchidagi mavjud
bilimni yozma ifodalash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Masalan, erkin diktant turi o‘quvchilar nutqini o‘stirish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga
xizmat qiladi. Erkin diktant o‘quvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi. Bayon va insholar
o‘quvchilarni
ng ijodkorlik qobiliyatini, badiiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quv
chilarida nutqiy kompetensiya elementlarini shakllantirish uchun dars
mashg‘ulotlarida har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini inobatga olish lozi
m.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning
aksariyati ko
‘p narsalarga noadekvat munosabatda bo‘lishadi, buning asosiy sababi bola
yetarli darajada shaxslararo munosabatga kira olmaydi. Chunki bolaning birinchi
tarbiyachilari birinchi galda televizor, zamonaviy gadjetlar ekanligi oqibatida bola shaxsida
boshqa odamlarning his-
tuyg‘ularini e’tiborsiz qoldirish holatlari uchrab turibdi, o‘z his
-
tuyg‘ularini boshqarishga harakat qilmaydilar. Natijada kichik yoshda
gi maktab bolalarida
jonli muloqat yetishmaydi,
rivojlanishi yetarli bo‘lmay qolmoqda, buning oldini o
lish uchun
turli xil og‘zaki nutqni rivojlantiruvchi o‘yin, metod yoki texnologiyalardan foydalanish
maqsadga muvofiq.