Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə970/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   966   967   968   969   970   971   972   973   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
tushunish. Ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat 
bildirish qobilyati demakdir. 
“Ona tili darslarida eshitib tushunishga alohida etibor qaratish shartmi?” degan fikir 
ko‘plab o‘qituvchilarni o‘ylantirishi mumkin, chunki inson o‘z ona tilisida eshitib tushunishga 
malakasi avtomatik ravishda shakllanadi deb qaraladi. Biroq hammamiz yaxshi bilamizki, bir 
ma’lumotni hamma bir xil eshitsa
-da, har kim har xil tushunadi. Mazkur holatlar eshitish 
jarayoni passiv -shunchaki signalni qabul qilish emas, balki nutqiy signalni qabul qilib, uni 
qayta ishlab, ya’ni gapning strukturasini to‘g‘ri razbor qilish –
gap bo‘laklarining vazifasini 
to‘g‘ri anglash va ular birgalikda bildirayotgan ma’noni tushunish demakdir.
Eshitib tushunish malakasini shakillantirish uchun mazkur jarayonning tafsilotlarini 
bilish muhimdir. Bu o‘rinda bizga psixolingvistik tadqiqotlar yordam beradi. I.Azimovaning 
“O‘zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepseyasining psixolingvistik tadqiqi” nomli 
monografiyasi matnni eshitib tushunish bo‘yicha tajriba bayoni berilgan. Tajribada “O‘z 
MUning O‘zbek filologiyasi fakultetining 1
-
kursida o‘qiyotgan 60 ta talaba ishtrok etgan. 
Ularga 
matn to‘rt marta o‘qib eshitirilgan. 60 ta talabadan 4 tasi matnni to‘liq tushungan. 26 
tasi matnni yaxshi tushungan, biroq ayrim ma’lumotlar tinglovchining e’tiboridan chetda 
qolgan. 17ta ishtrokchi matnda qo‘llangan so‘zlarning kontekstual ma’nosini tush
ungani 
holda, ayrim gaplarni to‘liq tushunmagan. 13 ta ishtrokchi matndagi so‘zlarni tushungan, 
biroq aksariyat gaplarni tushunmagan. Mazkur holat ona tilini o‘rganish jarayonida ham 
eshitib tushunish malakasiga alohida etibor qaratish kerakligini bildiradi. Haqiqatdan ham 
yuqoridagi olimning fikrlariga qo‘shilamiz, chunki biz tadqiq etgan ishda ham audiomatn bir 
marta qo‘yib berilgandagi o‘quvchilarning matnni tushunish darajasi quvonarli emas.
Filologiya fanlari bo‘yicha falshafa doktori I. Azimova shunday deydi: “Tushunish 
jarayoni o‘rgatilganda shu narsa ma’lum bo‘lganki, eshituvchining emotsionalligi va 
stereotiplari sabab eshituvchi berilgan matnni to‘liq eshitmasligi mumkin. Bu ham eshitib 
tushunishga xalal beradigan holat bo‘lgani uchun o‘rta maktabdagi mashg‘ulotlar alohida 
e’tibor talab qiladi. Bola tushunishda yo‘l qo‘ygan xatolari muntazam ravishda ko‘rsatilsa va 
xatoning asosi tushuntirib borilsa, bola tushunish jarayonini ongli ravishda boshqarishga 
o‘rganadi”.
Eshitib tushunish malakasini shakllantirish uchun, avvalo, eshitib tushunish jarayoni 
qanday kechishi xususida ma’lumotga ega bo‘lish zarur. Eshitib tushunishni “yuqoridan 
pastga” va “pastdan yuqoriga” yo‘nalishida kechuvchi jarayon sifatida talqin qilish mumkin. 
“Yuqoridan pastga” yo‘nali
shida nutqiy signalning katta birliklaridan kichik birliklariga qarab 
qayta ishlanishi nazarda tutiladi, ya’ni umumiy nutq oqimining ohangi, undan gaplarni 
ajratish, gaplarni ichidan sintagmalarni, sintagma ichidan so‘z birikmalarini, ulardan so‘zlarni 
ajr
atish kabi masalalar hal qilinadi. “Pastdan yuqoriga” yo‘nalishida fonemalardan 
bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlardan so‘zlarga, so‘zlardan birikmalarga, birikmalardan sintagmalarga, 
sintagmalardan gaplarga, gapdan yaxlit nutqqa qarab mazmun tushunib boriladi. Mazkur ikki 
yondashuvning unisi yoki bunisi kechadi, deb qat’iy aytib bo‘lmaydi. Nutqni anglash 
jarayonida zaruratga ko‘ra ikkala yondashuv ham qo‘llanadi. Inson ongining nutqiy signalini 
qayta ishlashdagi ushbu ikki yo‘nalishi tabiatidan kelib chiqqan holda 
vazifa va topshiriqlarni 
belgilash mumkin. Masalan, “Yuqoridan pastga” yo‘nalishi uchun eshittirilgan nutq yuzasidan 
nutqning maqsadi va xarakterini aniqlash, nutq til uslublarining qaysinisiga xosligini 
belgilash, nutqning umumiy mazmuni haqida xulosa chiqarish kabi topshiriqlar berish 
mumkin. “Pastdan yuqoriga” yo‘nalishi uchun nutqda qo‘llangan so‘z va so‘z birikmalarini 
qayd etish, qandaydir xarakterli so‘zlarni (masalan, raqamlar yoki sifat turkumiga oid so‘zlar 
yoki notanish so‘zlar) eslab qolish uch
un yozib olish kabi topshiriqlar berilishi mumkin. 
Mazkur topshiriqlar ikkala yo‘nalishda ham diqqatni kerakli ob’ektga qaratish ko‘nikmasini 
shakllantiradi. 


886

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   966   967   968   969   970   971   972   973   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin