Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə998/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   994   995   996   997   998   999   1000   1001   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Masalan, pandemiya davrida aynan kommunikatsiya texnologiyalari yordamida 
barcha sohalar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Turli davlatlar ta’lim tizimlari masofaviy ta’limga 
tayangan holda vaziyatdan katta yo‘qotishlarsiz chiqish choralarini ko‘ra boshladi. Masalan, 
Xitoyda qisqa muddat ichida maktab o‘quvchilarini bepul o‘quv materiallari bilan 
ta’minlaydigan platforma ishga tushirildi. Frantsiyada “Mening sinfim uyda” platformasi 
orqali o‘quvchilarga masofaviy kurslarda ta’lim olish imkoniyati yaratildi.
Yurtimizda ham pandemiya davrida qisqa muddat ichida o‘quvchilar uchun onlayn ta’lim 
tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xalq ta’limi vazirligi “Onlayn maktab” loyihasini joriy etdi.
E’tiborli jihati 

yangi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga masofaviy ta’lim haqida modda 
kiritildi. Mazkur qonunning 16-
moddasiga ko‘ra, masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va 
dasturlariga muvofi
q ta’lim oluvchilar zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internetdan foydalangan holda masofadan turib 
olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Endilikda, masofaviy ta’limni tashkil etish tartibini 
O‘zbekiston hukum
ati belgilaydi. 
Aslida, masofaviy ta’lim uzoq tarixga ega. U 1728 yilga borib taqaladi, o‘shanda Bostonlik 
o‘qituvchi Kaleb Fillips o‘z o‘quvchilariga qisqa darslarni pochta orqali yuborgan. 
1840-
yillarning boshida Internet paydo bo‘lishidan ancha oldin, 
britaniyalik pedagog 
Isaak Pitman an’anaviy pochta va boshqa ijodiy vositalar yordamida sirtqi kurslarda 
stenografiya darslarini bergan. Va 1930-yillarda 25 dan ortiq davlat kengashlari, 200 ta 
maktab tizimlari va bir nechta kollej va universitetlar o‘zlar
ining radio-eshittirish dasturlarini 
taklif qilishni boshlagan.
Masofaviy ta’lim 20
-
asrning oxirida yanada ilg‘or
texnologiyalar va aloqa turlari paydo 
bo‘lishi bilan qadri osha boshladi.
Biroq, faqat 2000-
yillarning boshlarida Internet paydo bo‘lishi bilan masofaviy ta’lim 
dasturlarining vujudga kelishi va mashhurligi keskin oshdi. Internet va kompyuterlar 
masofaviy 
ta’limni tez, arzon va qulay qildi.
Bugungi kunda har bir ta’lim darajasida masofaviy ta’lim dasturlariga ro‘yxatdan o‘tish 
odatiy holdir va 
bular asosiy savodxonlikdan doktorlik dasturlariga qadar barcha ta’lim 
darajalarida mavjud. 
1996 yilda Jons xalqar
o universiteti akkreditatsiyadan o‘tib, onlayn format dasturini 
to‘liq ishga tushirgan birinchi oliy o‘quv yurtiga aylandi.
Keyingi yillard
a kollej va universitetlarning aksariyati tezda bu ta’lim turiga 
moslashishdi.
Dunyoning Garvard va Stenford kabi 
nufuzli universitetlari endi o‘z talabalari uchun 
to‘liq onlayn formatda masofaviy ta’lim dasturlarini taklif qi
lmoqdalar. Internet orqali onlayn 
ta’lim olish endi odatiy holdir.
Masofaviy ta’lim mavjudligi va qulayligi tufayli dunyo bo‘ylab ko‘plab odaml
ar orasida 
ta’lim 

ta’lim olishning afzal usuliga aylandi.
Ta’lim formati texnologiyadan foydalanish orqali an’a
naviydan farq qilsa-
da, ta’lim 
missiyasi va akademik standartlar an’anaviy ta’lim bilan bir xil: sifatli ta’lim berish. 
Masofaviy ta’lim juda qulay. Barcha ma’lumotlar va o‘quv materiallarni bir joyda to‘plash 
orqali disklar va boshqa axborot tashuvchi vositalardan foydalanishni istisno qilish mumkin. 
Bunday yondashuv ta’limni osonlashtiradi va ma’lumotlarni yo‘qotish ehtimolini kamaytiradi. 
Shuningdek, masofaviy kurslar nafaqat shaxsiy kompyuterlar, balki smartfonlar va 
boshqa qurilmalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Foydalanishdagi katta imkoniyatlar 
o‘quv jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.
An’anaviy ta’lim haqida so‘z ketga
nda, uy-
joy ijarasi, yo‘l harajatlarini hisobga olish 
kerak. Masofaviy ta’lim bu muammolarni minimal harajatlar b
ilan hal qiladi. Eng muhimi 


913

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   994   995   996   997   998   999   1000   1001   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin