Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1021/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   1017   1018   1019   1020   1021   1022   1023   1024   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
Kalit sozlar: 
ta’limdagi korrupsiya, sohadagi islohotlar, korrupsiya sababi va yechimlari.
Sohadagi islohotlar 
sabab vaziyat tubdan o‘zgardi, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati 
bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois endilikda 
ta’limdagi korrupsiyani tag
-
tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgan. Bu boradagi 
dastlabki qadam test imtihonlarini topshirish jarayonini tartibga solish bilan boshlandi. 
Prezidentimizning joriy yil 4 iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston 
Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”
gi qaroriga 
asosan, mam
lakatimiz oliy ta’lim dargohlariga qabul uchun kvotalar soni o‘tgan yildagiga 
qaraganda qariyb 8 yarim mingtaga ko‘paydi. Barcha jarayon nafaqat davlat organlari, balki 
keng jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda o‘tadigan bo‘ld
i. 
Qisqasi, hujjat qabu
l qilishdan boshlab, test imtihonlarini o‘tkazish jarayonigacha 
abituriyentlar uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratilyapti. Asosiysi, haqqoniylik va 
ochiqlik tamoyiliga amal qilinayotir. 
Lekin korrupsiyaga qarshi kurash tobora qat
’iy bo‘lib borsa
-da, ajiriq kabi uning ildizlari 
hali-
hanuz saqlanib qolgan ko‘rinadi. Astoydil ta’lim olib, ne
-
ne orzular bilan o‘qishga 
topshirgan yoshlar manfaatini hatlab o‘tib, harom luqma bilan kun kechirishni o‘ziga odat 
qilgan ayrim nopok insonlar hozir ham uchrab turgan
i jamiyatimizdagi sog‘lom muhitga 
salbiy ta’sir qilmoqda. Ayniqsa, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida bu kabi qing‘ir amaliyot 
u yer, bu yerda urchiy boshlashi ham bor gap. Bunday holat nafaqat oliy ta’lim dargohlarida, 
balki litsey va kollejlarda, hat
to umumta’lim maktablarida ham ko‘zga tashlanayotgani 
achinarli hol, albatta. 
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 
tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani XTBga qarashli 247
-
umumta’lim 
maktabi direktori S. Tulametova fuqaro S. Almasovadan farzandini maktabning 1-sinfiga 
o‘qishga qabul qilishi evaziga 500 ming so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yoki Toshkent milliy hunarmandchilik kasb-
hunar kolleji direktorining ma’nav
iy-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D. Vahobova o‘qishini oilaviy sharoitlar tufayli tamomlay 
olmagan O‘. Koraboyevga mazkur kollejni bitirganlik to‘g‘risidagi diplomni rasmiylashtirib 
berish evaziga undan 400 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ma’navi
y-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘la turib, yoshlarimizni qing‘ir yo‘lga boshlagan 
Vahobovaning qilmishini qanday tushunish mumkin? 


934

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   1017   1018   1019   1020   1021   1022   1023   1024   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin