www. kokanduni.uz xonalar soni
—
33,4 ming donani tashkil etayotgan bo‘lsa, undagi o‘rinlar —
71,2 taga
yetkazilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda yuzlab yangi mehmonxona loyihalari barpo
etilmoqda, ular yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
2022-
yil mart oyida O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va hos
tellarni
o‘rtacha band qilish bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatgan. 28—
30-mart kunlari
–
uch kunlik davrd
agi yuklama respublika bo‘yicha 70,8 foizdan ortiq,
Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpog‘i
stonda 93,9 foiz, Xorazmda
56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etgan. Bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘lib, turizm
industriyasining o‘sish
idan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan
darak beradi.
2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda
–
53,1 foizni,
pandemiyaning o‘tkir davrida –
22,1 foizni, o‘tgan yili bandlik ko‘rsatkichi 36,3 foizni
tashkil
etgan.
2019
−
2022-
yillarda O‘zbekistonda bo‘lgan sayyohlar sonining tahlili sezilarli tiklanish
dinamikasini
ko‘rsatmoqda, garchi 2022
-
yilda bu ko‘rsatkich 15 foizga ortda qolayotgan
bo‘lsa
-da, xonalar soni 2019-
yilga nisbatan 26 147 o‘rindan 33 411 tagacha, ya’ni 7264 ta
mehmonxona xonasiga (21,7 foiz) oshgan. O‘zbekiston mehmonlari orasida mahalliy
sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar
—
23,4 foiz, qozog‘istonliklar –
18,9 foiz, tojikistonliklar
–
14,4 foiz, turkiyaliklar
—
7,7 foizni tashkil etdi. Mehmonxonalarda
yashovchi barcha xorijliklar: qirg‘izistonliklar —
6,3 foiz, belarusliklar
—
4,6 foiz, xitoyliklar
—
3,2 foiz, fransiyaliklar
—
1,7 foiz. 2019-yilning pandemiyadan oldingi davrida 84,8 ming
nafar chet el fuqarosi yash
agan bo‘lib, umumiy ulushda eng ko‘p rossiyaliklar —
16,8 foizni,
qozog‘istonliklar —
15 foizni, tojikistonliklar
—
6,3 foizni, xitoyliklar
—
6,1 foizni,
afg‘onistonliklar —
5,7 foiz, turkiyaliklar
—
5,5 foizni tashkil etgan.
Ayni paytda O‘zbekiston chet el sayyohlari uchun to‘liq ochiq. Bu borada barcha
cheklovlar olib tashlandi. O‘zbekistonda turizm sohasining jadal t
iklanishida ijobiy
tendensiyalar kuzatilmoqda va yuqoridagi raqamlar 2022-yil oxiriga kelib 4,5 million
nafargacha xorijiy sayyohlar mamlaka
timizga kirib kelishini ko‘rsatmoqda.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki b
ugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi,
aholini turmush kechirish sharoitlarini yaxshilanishida, xalqaro maydonga chiqishi va unda
munosib o'rin egallashida barcha sohalar bilan bir qatorda turizm sohasini ham o'rni
salmoqlidir. Hozirda kishilar orasida turizmni keng targ 'ib qilish maqsadida yurtimiz
teleekranlarida O'zbekiston turizm salohiyatini, turli xil gadamjolarini, turistik maskanlarni,
markazlari, yurtimizning g'aroyib, afsonaviy joylarini kecha-yu kunduz targ'ib qiluvchi,
sayohatga doir turli xil ko'rsatuvlar namoyish etilmoqda, turizmni rivojlantirish bo'yicha
subsidiyalar va boshqa rag 'batlantirish vositalari ham qo 'llanilmogda. Xorij davlatlardagi
elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimiz targ'ibotchilari bo'lishi, bunga chet eldagi
vatandoshlarimiz ham hissa qo'shishlari zarur.