Annotatsiya: Ushbu tezisda O‘
zbekistonda kichik korxonalari va ularga yaratilgan
sharoyitlar va ularning bu sharoyitlardan foydanalangan holda YAIM ga qo‘shayotgan
ulushlari va shu korxonalarni turlalari boyicha qay darajada ulush qo‘shayotgani kays
i
sohalarda yaxshi ishlayotgani va q
aysi sohalarda ish ulushlari kamligini yoritib o‘tamiz.
Kalit so‘zlar ; kichik korxona, tadbirkorlik, YAIM, iqtisodiy islohotlar, foizlar
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan uning tarkibiy qismi
sif
atida kichik korxonalar taraqiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni qo’llab
quvvatlash va yanada rivojlantirish tizimi ham uni doiymi takomillashtirib borishni talab
qilmoqda. Jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yangi
boshlayotgan, mablag’lari yetishmayotgan korxona va tadbirkorlikni yuritish uchun yetarli
bilim va malakaga ega bo’lmagan tadbirkorlar uchun davlatimiz ko’p shart
-sharoitlar yaratib
kelmoqda. Bizning Respublikamizda kichik korxona va xususiy tadbirkorlik soni va ular
ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar
O
‘zbekiston Respublikasining “korxonalar to’g’risida”, “mulk to’g’risida”,”erkin tadbirkor
lik
faoliyati kafolatlari to’g’risida ”gi qonunlari Prezident
farmonlari va Vazirlar mahkamasining
qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.
O
‘
zbekistonda ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy
maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor
rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar otkazildi,
uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-meyoriy hujjatlar, tadbirkorlarga komaklashuvchi
nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O
‘
zbekistonda xususiy tadbirkorlik
va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. O
‘
zbekistonda
kichik korxonalarni moliyaviy qo’ll
ab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikka xizmat korsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sugurta
tashkilotlarining faoliyatlarini ragbatlantirish yonalishida olib borilishi lozim. Xorijiy
mamlakatlardagi kabi O
‘
zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida
(yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bolsa,
imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq
muddat berilishi
–
qarz berishdagi asosiy shartlardandir.Mamlakatimizda kichik biznesning
rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot
qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol
tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar
hisoblanadi. Kichik biznesning mamlakat iqt
isodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini,
kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi,
kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini