Kokanduni uz


) otlarda son(otlarni birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) bilan tanishtirish



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə679/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   675   676   677   678   679   680   681   682   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
4)
otlarda son(otlarni birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) bilan tanishtirish;
 
5)
otlarda egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini sha
kllantirish;
 
6)
o‘quvchilarda otlarda kelishik qo‘shimchalari va otlarni kelishik qo‘shimchalari 
bilan turlanishi haqida malaka hosil qilish; 
 
7)
o‘quvchilar lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli 
foydalanish malakasini o‘stirish;
 
8)
so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
 
4-
sinf o‘quvchilariga ot so‘z turkumini yoritishdagi mavzular kesimi shuki, ot so‘z 
turkumining ma’no turlarini takrorlash, otlardagi egalik qo‘shimchalari, ko‘plikdagi otlarning 
turlanishini 
o‘rgatish, har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o‘rgatish va u bilan bog‘liq 
holda kelishik 
qo‘shimchalarining yozilishi haqida tushunchalar berish hamda ot yasovchi 
qo‘shimchalar kabi mavzularni tushuntirish. Bizning dastlabki vazifamiz o‘quvchi
larga 
otlarning ma’nosiga ko‘ra turlarini haqidagi tushunchalarni yodga oldirishdan iboratdir. Bu 
quyidagicha amalga oshadi:
Otlar ma’nosiga ko‘ra atoqli va turdosh otlarga bo‘linadi.
Bir turdagi predmet, shaxs va hodisalarni alohida nomlab ko‘rsatadigan 
otlar atoqli otlar 
deyiladi. Atoqli otlarga quyidagilar kiradi: kishilarning ismi, sharifi va taxall
usi (A’zam, Alisher 
Navoiy), hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar (Mosh, Olapar), joy nomlari (Toshkent, Beshariq), 
tashkilot va muassasa nomlari (Qo‘qon Universiteti, “Lazzat” oshxonasi), tarixiy nom va 
bayram nomlari (“Navro‘z” bayrami, Mustaqillik kuni),
kitob, gazeta, jurnal va kino nomlari 


615
www.
kokanduni.uz 
(“O‘tkan kunlar” asari, “G‘uncha jurnali”, suv havzalari va inshoat nomlari(Orol dengizi, 
Amudaryo), planeta, yulduz, sayyoralarning nomlari (Yer, Yulduz, Mars), yuqori mansab 
nomlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezident
i) shular jumlasidandir. Atoqli otlar bosh harflar 
bilan yoziladi. Va bu atoqli otlar nomlar deb yuritiladi. 
Bir turdagi predmet, hodisalarning umumlashtiruvchi nomini bildirgan otlar turdosh 
otlar deyiladi. Turdosh otlarga quyidagilar kiradi: aniq otlar (daftar, qalam, stol, muzqaymoq), 
mavhum otlar (baxt, bolalik, quvonch) kabi. Turdosh otlar guruhiga kiruvchi so‘zlarni otlar 
deb yuritamiz.
Ma’lumot sifatida shuni ham aytib o‘tish joizki, o‘quvchilarga sifat, fe’l va boshqa so‘z 
turkumidan yasalgan mavhu
m ma’nodagi (yaxshilik, go‘zallik, ishonch, qo‘rqinch, tayanch) 
kabi so‘zlar ham ot so‘z turkumiga mansub ekanligini haqida ma’lumotlar berish,muhim 
jarayondir. 
O‘quvchilar otlarni ma’nolariga ko‘ra ajratishni tushunganlaridan so‘ng, mavzuni 
mustahkamlash maqsadida mashqlar bajartiramiz. Jumladan, otlarning nutqda katta 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatish uchun 4
-sinf ona tili darsligida ot 

so‘z turkumi 
ma
vzusida berilgan “Tangabaliq” nomli hikoyadagi ot so‘z turkumiga oid bo‘lgan so‘zlarni 
topishlarini 
buyuramiz. So‘ngra, matnni shu so‘zlarsiz o‘qishlarini so‘raymiz. O‘quvchilar 
matndagi otlarni tushurib qoldirib o‘qiganida, matn mazmunini tushunib bo‘lmas
liligini 
anglaydilar. Hamda o‘quvchilarga xulosa chiqariladi: o‘z atrofimizni o‘rab olgan shaxs va 
n
arsalarning barchasi ot so‘z turkumiga doir ekan. Biz bu so‘zlarsiz bir
-
birimizga o‘z 
fikrimizni tushuntira olmaymiz. Shundan so‘ng biz o‘quvchilarga darsli
kda berilgan
Xudoyberdi To‘xtaboyev qalamiga mansub “Davronjonning uyiga kelgan mehmonlar” 
haqidagi mashqmizni bajartiramiz. Bu mashqni quyidagicha bajartirishimiz, mumkin. Dastlab, 
o‘quvchilarga mashq shartini tushuntiramiz. Ya’ni, o‘quvchilar hikoyadagi
ot so‘z turkumiga 
oid so‘zlarni shaxs nomlari, narsa nomlari va joy nomlariga ko‘ra ajratib yozishl
ari kerak 
bo‘ladi. Biz o‘quvchilarni kitoblarini yoptirgan holatda, hikoyani o‘zimiz o‘qib beramiz yoki 
hikoyani audio holatida eshittiramiz. Bu jarayondan 
o‘quvchilarda bir paytda ham eshitish, 
ham yozish ya’ni tinglab tushunish ko‘nikmalari shakllanadi.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifalaridan yana biri, fikrlarni bayon qilishda 
otning kelishik qo‘shimchalaridan ongli foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri 
yozishga o‘rgatish hisoblanadi. 
O‘quvchilarga kelishik qo‘shimchalarini o‘rgatishda quyidagi rejaga asoslanib o‘rgatsak, 
o‘quvchilar ongida kelishiklar mavzusida tartibli ma’lumotlar hosil bo‘ladi:
-
kelishikning grammatik ma’nosi;
-
so
‘roqlari;
-
qo‘shimchasi;
-
gapdagi vazifasi.
Otlardagi -ning, -ni, -ga, -da, -
dan qo‘shimchalari kelishik qo‘shimchalaridir. Otlarda oltita 
kelishik bor. 
Bosh kelishik shakli.
Bosh kelishikning xususiyatlarini o‘rganish mobaynida, o‘quvchilarga otning kelis
hik 
qo‘shimchasi yo‘q holati bosh kelishik hisoblanishi, bosh kelishikdagi ot boshqa so‘zni o‘ziga 
tobe qilishi, kim? nima? kimlar? nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi, gapda ega vazifasida 
kelishi haqida ko‘nikmalar hosil qilinadi. Lug‘atlarda otlar bosh
kelishik shaklida berilishi va 
bosh shakl deb yuritilishi tanishtiriladi.
Qaratqich kelishigi shakli.
Biz qaratqich kelishigi mavzusida o‘quvchilarga quidagilarni tushuntirishimiz kerak:
Qaratqich kelishigida turlangan ot biror obyektga qarashlilik ma’n
osini bildiradi. 
Gap
larda boshqa otlarga bog‘lanadi. U bo‘langan ot egalik qo‘shimchasi bilan 


616

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   675   676   677   678   679   680   681   682   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin