Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə706/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   702   703   704   705   706   707   708   709   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
mo‘ljallangan:o‘quvchi sha
x
sini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o‘qishga qiziqish, 
o‘rganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; ma’naviy
-axloqiy va estetik tarbiya; turli 
tadbirlarni amalga oshirishda bilim, ko‘nikma, tajriba tizimini o‘zlashtirish; bolalarning 
jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini 
saqlash va qo‘llab
-quvvatlash. 
Jahon ta’lim tizimini kuzatar ekanmiz, har bir rivojlangan davlatning boshlang ‘ich 
ta’limida alohida ustivorlikka ega jihatlar mavjud

Jumladan, Xitoyda 6 yoshga to‘lgan bolalar 
boshlang‘ich maktab yoki o‘rta maktabga kiradilar va u yerda 6 yil o‘qiydilar. Boshlang‘ich 
maktabda bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar jismoniy 
tarbiya darslariga ko‘p
vaqt ajratadilar, cholg‘u asboblarini chalishni o‘rganadilar, ingliz va rus 
tillaridagi bilimlarini oshiradilar. Darslar 7:00 da boshlanadi. Har kuni ertalab barcha 
o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan birgalikda jismoniy mashqlar qiladilar. Keyin soat 8.00 da

12.00 gacha tabiiy va matematika fanlari o‘rganiladi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik 
tanaffusi mavjud bo‘lib, unda bolalar maktabda uxlashlari mumkin, tushdan keyin esa 
gumanitar fanlar bo‘yicha yana uchta dars o‘tkaziladi. Keyin bolalar uy vazifala
rini bajaradilar 
va faqat soat 16.00 da uyga qaytishlari mumkin.
Turkiya boshlang‘ich ta’lim tizimida ekologiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 
2005-
yilda joriy qilina boshlagan boshlang‘ich maktab o‘quv dasturida u yoki bu tarzda 
ekologik muammola
rga ta’sir etuvchi mavzular “Hayot xavfsizligi (atrof
-
muhit)”, “Tabiiy 
fanlar va texnologiya” fanlari materiallariga kiritilgan. Ta’lim muassasasi qoidalariga ko‘ra, 
ushbu fanlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: o‘z
-
o‘zini bilish, tabiat va unda sodir bo‘
layotgan 
jarayonlarni tushunish qobiliyati, hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini topish, tabiiy 
resurslardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish.
Finlandiya 2014-
yilda asosiy ta’lim bo‘yicha yangi milliy tayanch o‘quv dasturini ishlab 
chiqdi va u 2016-yil avgust oyidan boshlab Finlandiya maktablarida amaliyotga joriy qilina 
boshlandi. O‘quv dasturini isloh qilishdan maqsad o‘qituvchilar va pedagoglarga bolalar va 
yoshlarning hayotida zarur bo‘lgan narsalarni o‘rgatishda yordam berishdir. (Sahlberg 2015.) 
Finl
andiya ta’limining oliy maqsadi farzandlarimizni hayotga tayyorlashdir. Biz 
farzandlarimiz kelajakda ularning hayotida yordam beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat va
qadriyatlarni o‘rganishlarini xohlaymiz. Shuning uchun biz bugungi tez o‘zgaruvchan
duny
oda ularga qanday muhim kompetensiyalar kerak bo‘lishi haqida o‘ylashimiz kerak.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi 
yaratilgan “Milliy o‘quv dasturi” asosida chiqarilgan darslikda o‘quvchilarning og‘zaki
bilim 
ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratilgan.O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari 
o‘quv rejasidagi adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri 
va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kit
obxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil 
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda 
badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, 
balki bolani qurshab olgan 
hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro 
bog‘liq bo‘lishi lozim. O‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. 
O‘qish darslari bolalarda go‘zallikka m
u
habbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa 
beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, 
estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi 
kerak. O‘qish, musiqa va
tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at 
asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining shaxs sifatida 
ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.


642

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   702   703   704   705   706   707   708   709   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin