Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1022/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   1018   1019   1020   1021   1022   1023   1024   1025   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Yana bir holatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Ta’lim dargohlaridagi poraxo‘rlik 
kasalligi aynan yuqoridag
i kabi “ta’lim muassasalari xodimlarining” salbiy xatti
-harakatlari 
ta’sirida, hatto hali g‘o‘r bo‘lgan o‘quvchilarga ham o‘tmoqda. Bu tabiiy hol, albatta. Chunki 
“Ustozim shu ishni qilgandan keyin, men qilsam nima bo‘libdi”, degan f
ikr hali ongi-shuuri 
to
‘la shakllanmagan bolaning xayolidan o‘tadi
-da. 
Bir misol, Chilonzor tumani tibbiyot kolleji 1-bosqich talabasi F. Esonov mazkur kollejda 
o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi D. Malikov orqali fuqaro D. Malikovani 2
-mutaxassislik 
bo‘yicha ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga undan 500 AQSH dollarini pora 
tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 
Endi oliy ta’lim tizimida “o‘qishga kiritib qo‘yaman” degan firibgarlar haqidagi aniq 
ma’lumotlarni keltirib o‘
tamiz. 
Departament xodi
mlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A. To‘laganova va 
G. Toshpo‘latova Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori yordamchisi lavozimida 
ishlovchi Umid ismli tanishi orqali mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yam
iz, deb fuqaro N. 
Mirza
abdullayevadan 15000 AQSH dollarini “qurtday” sanab olayotgan vaqtida ashyoviy 
dalillar bilan qo‘lga olindi.
Bu kabi yana bir holat poytaxtimizdagi nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri —
Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida sodir bo
‘lganligini qanday baholash 
mumkin?! 
Jumladan, ushbu oliy ta’lim muassasasining laboranti Sh. Babayev fuqaro U. Nurullayevni 
mazkur universitetning Jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga olib kirishni va’da qilib, undan 8 
ming AQSH dollarini olgan vaqtda us
hlandi. Xuddi shu universitetning yana bir o‘qituvchisi, 
dotsent vazifasini bajaruvchi S. Ahmadaliyev ham fuqaro A. Salimovadan xohlagan fakultetga 
o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishi evaziga 4 ming AQSH dollari so‘raydi. Pulni
ng teng 
yarimini olayot
gan vaqtida u ham qo‘lga tushdi.
Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tadbirda fuqaro F. Xujaqulova K. 
Kamoliddinovni Toshkent davlat texnika universitetining Iqtisodiyot fakultetiga davlat granti 
asosida o‘qishga oli
b kirish bilan aldab, undan 8 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida 
ushlandi. 
Xudda shunday holat Chirchiqda ham qayd etildi. Chirchiq davlat pedagogika 
institutining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi K. Alikulov fuqaro U. Nurullayevni tanishlari orqali 
O‘zbek
iston Milliy universite
tiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 ming AQSH dollarini olgan 
vaqtida qo‘lga olindi.
E’tibor bersak, yuqoridagi holatlarning 3 tasida universitetdagi poraxo‘ru firibgarlar 8 
ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga tushyapti. Xuddi savdo do‘konidagi
ma’lum bir 
mahsulotning narxi belgilab qo‘yilganidek. Bu oliy dargohlarda ta’limning narxi 8 ming AQSH 
dollarimi? Yoki u yerdagi ayrim nopok kishilar vijdoni bahosimi bu?! 
Qoraqalpog‘istonda ham oliy ta’limdagi yana bir firibgar mul
ozim faoliyatiga chek 
q
o‘yildi. Tezkor tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi 
fakultetining dekani X. Abdullayev fuqaro Nurimbetovani universitetning turkman tili va 
adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha o‘tkaziladigan ijod
iy imtihonlardan yuqori 
baho qo‘yib, shu 
orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi hamda buning evaziga 4500 AQSH dollari so‘raydi. 
Poraning bir qismini, ya’ni 200 AQSH dollarini olayotgan bu mansabdor jinoyat ustida 
ushlandi. 

Departament organlari tomonidan 2018 yilning 
birinchi yarmida ta’lim tizimi bilan 
bog‘liq korrupsiya, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi holatlar bo‘yicha jami 
83 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, —
deydi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga 
qarshi kurashish departament
ining bo‘lim katta inspektori Adham Ismoilov. —
Ushbu 
jinoyatlarning 16 tasi umumta’lim maktablarida, 31 tasi oliy o‘quv yurtlarida, 36 tasi o‘rta 


935

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   1018   1019   1020   1021   1022   1023   1024   1025   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin