www. kokanduni.uz MULKCHILIK INSTITUTI VA MULKIY MUNOSABATLARNING XO‘JALIK YURITISHDAGI O‘RNI Reymbaeva Zuxra Almaz qizi Berdaq nomidgi Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti Annotatsiya: Ushbu maqolada institut va normalar, institutsional
o‘zgarishlar,
institutsional muhit, shartnoma, mulkchilik institutlari mazmun va mohiyati bo‘yicha
fundamental nazariy va ilmiy asoslari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar : Institut, mulkiy huquqlar, mulkiy munosoba
tlar, shirkat xo‘jaligi, fermer
xo’jaligi, dehqon xo‘jaligi.
Barqaror bozor iqtisodiyotiga ega huquqiy-demokratik jamiyat qurishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri chuqur institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunda nafaq
at
eski markazlashgan iqtisodiyot institutlarini isloh qilish, balki iqtisodiy munosabatlarning
o‘zagini tashkil etuvchi mulkchilik va shartnomaviy munosabatlarni ham bozor iqtisodiyotiga
mos ravishda takomillashtirish talab etiladi.
Mulkchilik huquqi
–
iqtisodiy nuqtai nazardan u
yoki bu mulk ob’ekti uchun undan
foydalanishning taqiqlanmagan turlaridan birini tanlash huquqidir. Ya
’ni mulkchilik
ob’ektining tabiiy xususiyatlari emas, balki uning qanday ishlatilishi muhimdir. O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-
moddasiga binoan mulk huquqi shaxsning o‘ziga
qarashli mol-
mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish,
undan
foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan
bo‘lmasin, har qan
day buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Demak,
qonunchilikda mulk huquqi mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish
funksiyalarining majmui sifatida qaraladi. Lekin amaliyotda ushbu huquqlarni har doim ham
bir sh
axsda to‘la mujassam bo‘lavermaydi. SHu bois mulkning haqiqiy egasi –
mulk ob’ektidan
foydalanish bo‘yicha shartnomadagi shartlar bajarilganidan so‘ng iqtisodiy faoliyatning
qolgan qismiga egalik qiladigan shaxsdir. Boshqacha aytganda mulkiy huquqning mutlaq
egasi, ushbu mulkni taqdirini belgilab beradi.
Mulkiy huquqlar nafaqat bo‘linish, balki ma’lum uyg‘unlikda birlashish xususiyatiga ham
ega. Ushb
u huquqlar xo‘jalik jarayoni ishtirokchilarida ularning ma’lum faoliyat yo‘nalishidagi
ustunliklariga qarab t
o‘planadi. S
h
u bois xo‘jalik jarayoni ishtirokchilari ma’lum huquqlardan
foydalanish bo‘yicha ixtisoslashadilar.
Misol tariqasida dehqon
xo‘jaligi
ning er uchastkasi va
agrofirma
traktorini olaylik. Ushbu aktivlarga nisbatan ma’lum mulkiy huquqlar mavjud.
Lekin ushbu aktivlarga egalik qilish, tasarruf qilish va foydalanish huquqi dehqon va
agrofirma
o‘rtasida taqsimlangan. Dehqon xo‘jaligi traktorga
egalik qilish huquqini
agrofirmadan sotib olishi mumkin. Lekin u bunday qilmaydi. Chunki bu unga iqtisodiy
jihatdan samarali emas.
Mulkiy munosabatlar mol-
mulk bilan bevosita bog‘
liq. Mulkiy huquqlar esa ijtimoiy
munosabatlar bo‘lib, ushbu mol
-
mulkka bo‘lgan har qanday tajovuz holatlarini himoyalovchi
me’yorlardan iborat bo‘ladi. Bu o‘z navbatida resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq
hodisadir. Resurslar cheklanmagan holatda i
nstitutsional me’yorlar ham zarur bo‘lmagan
bo‘lar edi.