Xulosa:
Ta'kidlash joizki, kasanachilikka asoslangan sermehnat ishlab chiqarishlar, xalq
hunarmandchiligi korxonalarini qurish ham aholini ish bilan ta'minlashga yordam beradi.
Fikrimizcha, hududlarda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va shu orqali
aholining ish bilan bandligini ta'minlash uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
-hunarmandchilik va kasanachilik faoliyatini rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajribalarni,
ya'ni telefon orqali uyda xizmatlar bajarish, advokatlik, dasturiy mahsulotlar yaratishni
o'rganish va joriy etish;
-aholi o'rtasida kasanachilik faoliyati, uning afzalliklari, kasanachilikni rivojlantirish
bo'yicha xukumatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar, yengilliklar to'g'risida keng targ'ibot
ishlarini olib borish; omma o'rtasida kasanachilik imidjini oshirish;
-norasmiy faoliyat bilan band bo'lgan hunarmandchilik va kasanachilarni rasmiy
faoliyatga o'tkazishga imkon beradigan iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish;
-o'zgaruvchan bozor sharoitlariga mos yangi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan hunarmandchilik faoliyati turlarini o'zlashtirish.
195
www.
kokanduni.uz
Shu bilan bir qatorda, mahalliy xududlarning tarixiy-madaniy va me'morchilik obidalari
asosida turistik xizmatlarni, shuningdek qo'shni mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni va
chegarabo'yi savdosini rivojlantirish ham aholining ish bilan bandlik darajasining ortishiga
yordam beradi.
References:
1.
Abdullayev Y., Karimov F.
“Kichik
biznes va tadbirkorlik
asoslari”
T.: Mehnat, 2000
2.
Xodiyev B.Y. va b.q.lar.
“Kichik
biznesni
boshqarish”
Toshkent, O'qituvchi, 2008 y.
3.
O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlari (2000-2015 yillar).
4.
https://www.artcraft.uz/uz/content
«HUNARMAND»
UYUSHMASI Namangan viloyat
boshqarmasi rasmiy sayti ma'lumotlari.
|