www. kokanduni.uz davlatlar -
Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmanistondan mehmonlar kelishgan edi.
Mazkur tadbirda 150 nafar gulchilik bilan shug‘ullanuvch
i tadbirkorlar, shuningdek, 300 dan
ortiq havaskor gulchilar ishtirok etib, festival tarixida ilk bor 10 million
tup gul ko‘chatlari
ekildi. Festival 2018 yilda xalqaro maqom oldi. Unda O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan gul
yetishtiruvchilar ishtirok etmoqda. Bayram mahalliy aholi va sayyohlar orasida katta qiziqish
uyg‘otmoqda.
Namanganda joriy yilning 21-maydan 4-
iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib
o‘tadi. Oltmish ikkinchi bor o‘tkaziladigan festivalga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar tashrifi
kutilmoqda. Tadbir Madaniyat va turizm vazirligi, Namangan viloyati hokimligining
Madaniyat va turizm boshqarmasi
hamkorligida tashkil etiladi. Ta’kidlash kerakki, festival o‘z
tarixida ikkinchi bor ikki hafta (joriy yil may oyining so‘nggi haftasi va iyun
oyining birinchi
o‘n kunligida) davom etadi. 2022 yilda festivalga 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar
t
ashrif buyurgan bo‘lsa, bu yil 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Ular
orasida diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar
mutasaddilari, hamkor qo‘shma korxonalarning chet ellik rahbarlari ham qatna
shishi
rejalashtirilgan. Qolaversa, bayramda ishtirok etadigan gulchilar geografiyasi ham kengaydi:
o‘tgan yili Janubiy Koreya, Hindistondan gulchilar ko‘rgazmada ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil
Germaniya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va
Italiya gulchilari qatnashadi.
Bundan tashqari, festival bo‘lib o‘tadigan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad
Bobur nomli istirohat bog‘ida 15 million, shahar ko‘chalarida 10 million, jami 25 million gul va
ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, shahar ko‘chalari turfa xil shaklda bezatiladi.
Hozirgi kunda Namangan viloyatidagi 25 ta mehmonxona, 9 ta xostel, 526 ta oilaviy mehmon
uylari, 6 ta yotoqxona, 18 ta sanatoriy va 4 ta dam olish maskani 8,5 mingdan ortiq mehmonni
qabul qilish imkoniyatiga ega. Festival arafasida esa yana 5 ta mehmonxona ishga tushiriladi.
Shu bilan birga, festival mehmonlariga xizmat ko‘rsatish uchun jami 80 kis
hidan iborat
volontyorlar guruhi shakllantirilmoqda. Xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan yoshlar shaharning
mo’jaz xaritalari va bukletlar bilan ta’minlanadi. Festivalning madaniy dasturi ham boy va
qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomli istirohat bog‘i,
«Afsonalar vodiysi» tematik parkida o‘rnatiladigan sahnalarda shoir va yozuvc
hilar, sirk
ustalari, o‘zbek estradasi yulduzlari va folklor ansambllari chiqishlari namoyish etiladi.
Xulosada shuni aytish mumkinki O‘zbekisto
ndagi festevallar turizimni rivojlantirish va
o‘zimizni milliyligimizni kuchaytirish uchun katta ro‘l o‘ynaydi hamda o‘z navbatida xalqlarni
o‘rtasidagi ummum milliy yangiliklar an‘analarni o‘rganish. Shuningdek mamlakatlar o‘rtasida
chambarchas bir ko‘prikni bog‘lash va xalqaro jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ko‘rsatib
o‘tmoqda hamda milliy madaniyatni ko‘rsatilinganligi ularni o‘z malakasiga yetarli bo‘lgan
mutaxasislar ishlab chiqganligini. Zamonaviy dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va o‘z millatnin
g
o‘z merosini saqlaganligi bu juda quvonarli holat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan yuqoridagi bari
ma‘lumotlarda.