www. kokanduni.uz -
er-xotin munosabatlaridagi nizolar,
о‘zaro tushunishning quyi darajasi, oilaviy
qiymatlarga b
о‘lgan munosabatlarning turlicha ekanligi;
-
er-xotin munosabatlaridagi madaniyatning quyi darajasi;
-
oilaviy hayotdan qoniqishning
bir tomonlamaliligi, ya’ni maxsus maktab bitiruvchilari
foydasiga;
-
jinsiy munosabatlardagi nouyg‘unlik;
-
maxsus maktab bitiruvchilarining oilada psixoterapevtik funksiyalarni bajarishga
tayyor emasliklari.
Oilaviy hayotga tayyorgarlikni aniqlashning eng yaxshi usuli kishining oiladagi vazifasini
aniqlash hisoblanadi.
Maxsus maktabning quyidagilarga e’tiborni qaratishi maqsadga muvofiq:
-
о‘quvchilarni bо‘lajak oilaviy hayotga tayyorlashda alohida о‘quvchilar oilasining о‘
ziga
xosliklarini, bola nuqsonining xususiyatlarini inobatga olish va “Etika va oilaviy hayot
psixologiyasi” darslari bilan chegaralanmaslik. Maxsus maktabda о‘quv
-tarbiyaviy jarayon va
korreksion ish о‘quvchini umuman hayotga va xususan oilaviy hayotga ta
yyorlashga
qaratilgan bо‘lishi kerak;
-
“Etika va oilaviy hayot psixologiyasi” darsini о‘tkazishda tarbiyalanuvchilarning
millatini inobatga olib, boy milliy va madaniy urf-odatlardan foydalanish lozim;
-
oilaviy hayotga tayyorlashda о‘quvchilarning alohida e’tiborini nikoh oldi omillarga va
ularning oila qurishga bо‘lgan ta’siriga qaratish;
- maxsus maktabda korreksion-
tarbiyaviy ishning va “Etika va oilaviy hayot
psixol
ogiyasi” fanining asosiy vazifalaridan biri muloqot madaniyatini va oilada
psixoterapevtik vazifalarni shakllantirish hisoblanadi. Bunda muhabbat, muloyimlik,
xushmuomalalilik hislarini, e’tiborlilik, ochiq kо‘ngillilik, о‘zgalarni tushunish, hamdard bо‘l
a
bilish, birga qayg‘urish kabi shaxs sifatlarini ifodalay olish kо‘nikmalarini shaklla
ntirishga
alohida e’tiborni qaratish lozim.
Oilaviy hayotning (“oilali kishining” vazifalari) umumiy vazifalarigi quyidagilarni kiritish
mumkin:
-turmush uchun adekvat sharoitlarni yaratish (mazkur jarayonda ishtirok etish);
-
oila a’zolarni hissiy qо‘llab
-
quvvatlay olish va ulardan yordamni sо‘rash;
-
kasbiy bandlik va oilaviy hayot о‘rtasidagi mutanosiblikni topa olish;
-
oilani moddiy ta’minlashda ishtirok etish.
Matndagi oilali kishining vazifalari, oilaviy hayotga tayyorlash tushunchalari bolani
oilada ya
shashga о‘rgatishni, ya’ni nafaqat kelajakka qaratilgan ishni, balki bolaning dolzarb
ehtiyojlariga qaratilgan aralashuvni nazarda tutadi. Bundan tashqari oilaviy hayotga
tayyorlashning mazkur tarkibiy qismi eng ahamiyatlidir, chunki u boshqa barcha oilaviy
rollarni о‘zlashtirishning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Oilaviy hayotdagi rollarning repertuarini ikki jihatdan bayon etish mumkin: pozitsion
rollar (turmush о‘rtoq, ot
a-ona va b.) va psixologik rollar (masalan, yetakchi, mutaxassis va
b.). Har ikki pozitsiya oilaviy hayotga tayyorlashning normativini aniqlash uchun birday
muhim. Pozitsion rollar kishining burchlarini, boshqa kishilar tomonidan unga bо‘lgan
talablarni be
lgilaydi. Rollarning mazkur tizimi turg‘un bо‘lib, unga ma’lum formallikni beradi.
Psix
ologik rollar о‘zaro faoliyatning boshqa nisbatan formal tomonini ifodalaydi. Biroq oilaviy
tizimning funksionalligini baholashda aynan mazkur rollarning egiluvchanlik darajasi (har bir
oila a’zosining mazkur rollarning har birini amalga oshirishga bо‘lgan
tayyorgarligi va
imkoniyatiga kо‘ra aniqlanadi) oiladagi psixologik muhitning sog‘lomlik darajasini belgilaydi.
Insonning oilaviy hayotda bajaradigan rollari repertuar
ini ma’lum ma’noda oilaviy
hayotga tayyorgarlik normativlari belgilaydi. Yaxshi turmush
о‘rtoq va ota
-
ona bо‘lish uchun
nimani bilish va nimani qila bilish kerak? Zamonaviy tadqiqotlar mazkur normativga