www. kokanduni.uz KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRISHDA MOLIYAVIY HISOBNING AHAMIYATI Elmurodov M.N. Qo‘qon universiteti talabasi , Tojiyeva M.M. Qo‘qon universiteti “Raqamli texnologiyalar
va matematika” kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy
masalalardan bo‘lib, tadbirkorlik sohalari faoliyatini tashkillashtirish muhimdir. B
u maqolada
bugungi kunda bizning mamalakatimizda yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik sohasi
haqida yozilgan. Pavloniya daraxti haqida va pavloniya plantatsiyalarini tashkillashtirish
qancha harajat va qancha daromadga erishish mumkinligi moliyaviy hisobi nazariy jihatdan
ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan kichik tadqiqot o‘tkazilib tegishli xulosala
r ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar: Iqtisod, ekologiya, pavloniya, talab, ehtiyoj, daromad, foyda.
Kirish: Mamlakatimiz aholisining iqtisodiy farovonligi va turmush sifatini oshirish
bugungi kundagi eng muhim masalalardan biridir. O‘zbekiston rivojlanayotga
n mamalakatlar
qatorida bo‘lib, iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy foydadan tashqari ekologik muhitni
ham inobatga olgan holda tadbirkorlik suby
ektlari faoliyatini shakllantirishga e’tibor qaratilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bugungi kunda rivo
jlangan mamlakatlarda yalpi ichki
mahsulot va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sishi bilan atrof
-muhitni
muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga davlat
xarajatlarining ko‘payishi kuzatilmoqd
a. Qancha chora- tadbirlar hamda mablag` sarflanishiga
qaramay ekologik vaziyat noqulayligicha qolmoqda.
O
ʻ
z taraqqiyotini oldindan uzoq
muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni o
ʻ
zgartirmasdan foydalana
oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.